Jiyen jirov
Jiyen jirov (taxminan 1730-1784) - qoraqalpoq xalq baxshisi, shoir, XVIII asr xalq dostonlari ijrochisi[1]. Jiyen jirov (qoraqalpoqcha: Jiyen jıraw) nomi bilan koʻproq tanilgan. Uning folklor asarlari mavzu, uslub, realizm jihatidan alohida farq qiluvchi yozma adabiyot xarakteriga ega. Jiyen jirov Tagʻay oʻgʻli qoraqalpoq adabiyotining asoschisi hisoblanadi[1].
Jiyen jirov | |
---|---|
Tavalludi |
1730-yil Sirdaryoning oʻng irmogʻi — Jangadaryo boʻyida (Turkiston) |
Vafoti |
1784-yil Oqqamish qishlogʻi (Qoraqalpogʻiston janubi) |
Taxallusi | Jiyen jirov (qoraqalpoqcha: Jiyen jıraw) |
Kasbi | shoir, jirov |
Hayoti
tahrirJiyen jirovning hayot tarzi, turmush sharoiti toʻgʻrisida bizga yetib kelgan yozma maʼlumot yoʻq. Shoirning aniq tug‘ilgan va vafot etgan sanalari noma’lum[2].
Qoraqalpoq adabiyotshunosi A.Karimovning taxminlariga ko‘ra, Jiyen jirov Tagʻay oʻgʻli 1730-yilda tug‘ilib, 1784-yilda vafot etgan. U Sirdaryo (Turkiston) quyi oqimidagi muytenlar oilasidan chiqqan.
Ijodi
tahrirJiyen jirov qoraqalpoqlar orasida eng qadimiy jirovlardan biri edi[1]. Jirovlar qoraqalpoq xalqida chuqur hurmatga sazovor bo‘lgan[3].
Qoraqalpoq yozma adabiyoti yaratilishida Jiyen jirovning oʻrni boʻlib, demokratik va realistik yo‘nalishda ijod qilgan. Adabiy asarlarda ijtimoiy tengsizlik, boylarning o‘zboshimchaligi, ayollar huquqlarini himoya qilish, zulm, ruhoniylarning keskin muammolari ko‘tarilgan. Aynan mana shu g‘oyalar „Vayron qilingan odamlar“ (qoraqalpoqcha: „Posqan el“) she'rida o'z ifodasini topgan. Haqiqiy tarixiy voqealar asosida yaratilgan bu asar inqilobgacha bo‘lgan qoraqalpoq she’riyatida eng muhim asarlardan biriga aylangan[4]. Shuningdek, baʼzi amaldorlarning kirdikorlari fosh etilgan („Hoy, yigitlar, yigitlar“, „Ulogʻim“, „Yuragimda koʻp dogʻim“, „Ber, tuyamni“). „Darbadar el“, „Yuksak togʻ“, shuningdek, tarixga oid „Xonavayron xalq“ kabi dostonlarida qoraqalpoq xalqining qabilaviy hujumlardan saqlanish uchun Jangadaryo boʻylariga koʻchgan ogʻir davrlari aks etgan. U „Alpomish“, „Qirq qiz“, „Qoʻblon“, „Qurbonbek“ kabi xalq dostonlarini mahorat bilan kuylagan. Asarlari 1935-yildan toʻplana boshlangan. Qiyas jirov, Qurbonboy baxshi, Oʻteniyaz jirov kabi shogirdlar yetishtirgan[5]. Jiyen jirovning umri va ijodi qoroqolpoq xalqining XVIII asridagi turmishi bilan bogʻliq. Qoraqolpoq klassik poeziyasining eng yirik meʼroslaridan biri „Xonavayron xalq“ poemasi qoraqolpoq xalqining 1756-yili Turkistondan Xorazmga koʻchish voqeasi soʻz etiladi.
Uning bizga qoldirgan va bizgacha yetib kelgan „Ayircha“, „Qaytmasam bolmas“, „Aldi-artim biyik jar“, „Muytenlarning vatani“, „Xon yoninda toʼralar“, „Yuragimda koʻp dogʻim“, „Ulogʻim“, „Ber tuyamni“, „Ulugʻ togʻ“, „Xonovayron xalq“ kabi ijod namunalaridan iborat.
Mashhur asarlari ro'yxati
tahrirShuningdek qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 .Жиен-Жырау (XVIII в.) (Wayback Machine saytida 2023-05-08 sanasida arxivlangan)
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Низами Мамедов. Каракалпакская литература. Баку: Мутарджим, 2007.
- ↑ Значение и место каракалпакских жырау и баксы в
- ↑ „Читать 👀 онлайн 📲 Большая Советская Энциклопедия (ДЖ) | Джиен Жрау Тагай улы без регистрации“. 2023-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-may.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil