Joʻn kanali – Toshkent viloyatidagi kanal. Toshkent shimolining janubi sharqiy qismidan oʻtadigan Salor kanalining suv taqsimlagichidan boshlanadi. Tugash joyi Bo‘zsuv kanali. Kanalning Toshkent ichidan oqib oʻtuvchi qismi atrofida qadimgi Shoshtepa va Qovunchitepa xarobalari joylashgan.

Joʻn kanali
Tavsif
Uzunligi 54 km
Suv sarfi 32 m³/s
Suv oqimi
Boshlanishi Salor
Davlat Oʻzbekiston
Joʻn kanali

Tavsifi

tahrir

Uzunligi 54 km. Eng qadimgi kanallardan biri. Shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga egri-bugri boʻlib oqadi. Maksimal suv sarfi 32,0 m³/sek. Eni 4-9 m, chuqurligi 2—3,5 m. Atrofdagi yerlarni sugorish uchun kanaldan juda koʻp tarmoqlar chiqarilgan. Kanalning koʻp qismi jarlik va noqulay joylardan oʻtadi. 1927—28-yillarda kanal gidrotexnik inshootlar bilan toʻla taʼminlandi. Kanal rekonstruksiya qilindi va yoʻnalishi yildan yilga toʻgʻrilanib, uzaytirib borildi. Bosh qismi betonlashtirilgan. Joʻn kanali Yangiyoʻl tumanida 20 ming ga dan koʻproq yerni sugoradi. Shu tuman hududida ariqlarga boʻlinib tugaydi[1].

Kanal oqimi

tahrir
 
Joʻn kanalining Boʻzsuvga quyilish joyidan biroz yuriroq qismida oʻsayotgan oʻsimliklar

Joʻn, Boʻrijar kanalining Salor daryosiga quyilish joyi yaqinidagi, Joʻn-Salor suv ajratgichidan hosil boʻladi. Suv ajratuvchi qurilma Toshkent shahrining janubi-gʻarbiy chekkasida, Shoshtepa koʻchasi va Sergeli shossesi kesishmasida joylashgan.

Poytaxt ichida kanal Sergeli tumani hududidan, Shoshtepa koʻchasi va Salor kanali oraligʻidan oʻtadi. Shahar chegarasidan chiqib, Toshkent viloyatining Zangiota va Yangiyoʻl tumanlaridan oqib oʻtadi. M-34 va M-39 avtomobil yoʻllari (Katta Oʻzbekiston magistrali), Toshkent-Samarqand va Keles-Oʻzbekiston temir yoʻl liniyalarini kesib oʻtadi.

Yangiyoʻl tumani hududida Joʻn bir necha sugʻorish ariqlariga boʻlinadi. „Toshkent qadimiy madaniyatining kelib chiqishi“ asariga koʻra, kanal suvining bir qismi Bo‘zsuvga qoʻyiladi. Joʻn suvlarining oʻrta Boʻzsuvga oqib oʻtadigan joyi Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegarasida, Qumchuqkoʻl aholi punkti yaqinida joylashgan. Suvning bir qismi Qoraqulduq kanaliga qoʻshiladi[2].

Daryo boʻyi madaniyati

tahrir

Joʻn kanalining chap va oʻng sohillarida Shoshtepa xarobalari joylashgan boʻlib ulardan biri tik va baland, ikkinchisi yassiroq ulkan tepaliklardan iborat. Umumiy maydoni taxminan 25 ga. Ariqning chap sohilida joylashgan balandligi 18–19 m li tik tepa ilk istehkomli qishloq xarobasi boʻlib, uning ostki madaniy qatlamlaridan qadimiy dehqonchilik madaniyatining soʻnggi bosqichi (mil. av. VI-IVasrlar)da yashagan oʻtroq ziroatkor aholi turar joylarining qoldiqlari saqlanib qolgan.

Bundan tashqari daryo boʻyida Qovunchi madaniyatining bir qismi boʻlgan turar joy xarobalari topilgan. Tekshiruv davomida uylar asosan xom va pishiq gʻishtdan yasalgani aniqlangan, bundan tashqari qazishmalarda qabrlar, taqinchoq hamda qoʻl tegirmonlari topilgan[3].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. История Ташкента (с древнейших времён до победы Февральской буржуазно-демократической революции). Ташкент: Издательство «Фан» УзССР, 1988 — 11-bet. ISBN 5-648-00434-6. 
  3. Буряков, Юрий Фёдорович. Генезис и этапы развития городской культуры Ташкентского оазиса, 1000 экз, Ташкент: Издательство «Фан» Узбекской ССР, 1982 — 114-bet.