Joʻra Fozil
Joʻra Fozil (1949-yil Buxoroda tugʻilgan) — jurnalist, yozuvchi va tarjimon[1].
Joʻra Fozil | |
---|---|
Tavalludi |
5-oktyabr 1949-yil |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Kasbi | jurnalist, yozuvchi, tarjimon |
Hayoti
tahrirJoʻra Fozil 1949-yil 5-oktyabrda Buxoro viloyati Romitan tumani Musicha qishlogʻida muallim oilasida tugʻilgan. 1966-yil oʻrta maktabni tamomlagach, tuman bosmaxonasida harf teruvchi, adabiy xodim, musahhih vazifalarida ishlagan hamda armiya xizmatini oʻtagan (1968—1970).
Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini tugatgan. Romitan tuman gazetasida, „Buxoronoma“ gazetasida, Respublika „Mulkdor“ haftanomasida ishlagan. 2000-yildan „Romitannoma“ gazetasining bosh muharriri sifatida faoliyat yuritib keladi[2].
Asarlari
tahrirDastlabki hikoyalar toʻplami 1991-yilda „Muhabbatning bayramlari“ nomi ostida nashr etilgan. Keyinchalik „Barqut mavsumi“ (1992), „Buxoro elchisi“ (1996), „Baxt yulduzi“ (1997), „Mening qizil gulim“ (1998), „Bolalikning yolgʻiz yodgori“ (2000), „Buxoriyning qaytib kelishi“ (2004), „Ibtido va intiho“ (2005) nomli qissalari, „Ayriliq ostonasi“ (2006), „Tiramoh armonlari“ (2008) romanlari hamda „Biz lola termagan bahor“ (2010) nomi ostida hikoyalar toʻplami chop etilgan[3].
Tarjimalari
tahrirJoʻra Fozil tarjimon sifatida Konstantin Paustovskiyning „Sevgi“ romani va hikoyalarini, Viktor Astafyevning „Gʻamgin sarguzasht“ romani va „Munavvar yulduzlar“ qissasini oʻzbek tiliga oʻgʻirgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Рубрика: Жўра Фозил (1949)“. ziyouz.uz. Qaraldi: 13-sentabr 2024-yil.
- ↑ „Joʻra Fozil (1949)“. teletype.in. Qaraldi: 13-sentabr 2024-yil.
- ↑ „Jo’ra Fozil KICHIK HIKOYALAR VA BITIKLAR“. kh-davron.uz. Qaraldi: 13-sentabr 2024-yil.