Joʻyi odoq
Joʻyi odoq — Oʻzbekiston Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi qishloq.
„Joʻyi odoq“ „ariqning odogʻi — ariq oxiri“ maʼnosini beradi. Ariqning oxiri, poyonida joylashgan mavzega qarata qoʻlanilgan atama[1]. Odoqlar katta ariqlar yoqasida yastanib yotgan yulgʻunzordan iborat boʻlgan. Baʼzi yovvoyi qushlar bu yerda manzil qurgan. Chorva mollari uchun ozuqabop oʻsimliklar ham oʻsgan.[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Toʼrayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276-bet. ISBN 978-9943-7455-7-5.
- ↑ Adizova N. Buxoro tumani toponimlari. Toshkent: Navro’z, 2020 — 126-bet.