Joe Henry Engle

NASA astronavti

Joe Henry Engle – (1932-yil 26-avgust – 2024-yil 10-iyul) Amerikalik uchuvchi, aviatsiya muhandisi va NASA astronavti. U 1981-yilda STS-2 ni oʻz ichiga Space Shuttle missiyasining qoʻmondoni boʻlgan. Dastur ikkita parvozni oʻz ichiga olgan. U Shuttle dasturining 1977-yildagi raketalarni boshqarish va qoʻndirish sinovlari doirasida ikkita parvozni amalga oshirgan. Engle Havo kuchlari va NASA tomonidan boshqariladigan tajribaviy kosmik samolyot boʻlgan. Shimoliy Amerika X-15da parvoz qilgan oʻn ikki uchuvchidan biri edi.

Joe Henry Engle
Tavalludi
Jo Henry Engle

26-avgust 1932-yil
Vafoti 10-iyul 2024-yil(2024-07-10)
(91 yoshda)
Hyuston, Texas,
Fuqaroligi AQSh
Mukofotlari Hurmatli uchuvchi medali va NASAning"Buyuk xizmatlari uchun‟ medali
Kosmik karyera
Daraja Milliy havo gvardiyasida Mayor General
Kosmosdagi vaqt
9d 8h 30m
Tanlash NASA 5-guruh (1966)]]
Missiyalar
Missiya belgisi
Isteʼfo 28-noyabr 1986-yil

X-15 uchuvchisi sifatida Engle 50 mil (≈80km) dan yuqori balandlikda uchta parvozni amalga oshirgan va shu tariqa Amerika tomonidan belgilangan koinot chegarasi oid bitmga koʻra kosmonavt qanotlari koʻkrak nishonini olish muvaffaq boʻlgan. 1966-yilda u NASAning 5-kosmonavtlar guruhiga tanlanib, Apollon dasturiga qoʻshilgan. U Apollon 14 uchun Lunar Module Pilot (LMP) zaxirasida boʻlgan, va Apollon 17 uchun esa LMP sifatida Oyga qadam qoʻyishni rejalashtirgan. Ammo, keyingi parvozlarning bekor qilinishidan soʻng NASA Englening oʻrniga geolog-astronavt Harrison Schmittni Oy uchuvchisi sifatida tanlab olgan.

Hayoti va ijodi

tahrir

Shaxsiy hayoti va taʼlimi

tahrir

Engle 1932-yil 26-avgustda Kanzas shtatining Abilene shahrida tugʻilgan[1]. U Kanzas shtatining Chapman shahrida voyaga yetib, boshlangʻich va oʻrta maktabni shu yerda oʻqigan[2]. Engle 1950-yilda Dickinson okrugidagi oʻrta maktabni tamomlagan[3]. Joe Boy Scout sifatida faol boʻlib, birinchi darajali unvonga sazovor boʻlgan[4]. 1955-yilda Kanzas universitetida Aerokosmik muhandislik boʻyicha bakalavr darajasini olgan, u yerda Theta Tau professional muhandislik jamiyatiga aʼzo boʻlgan[5][6].

U Kanzas shtatining Mission Hills shahrida yashovchi Mary Catherine Lawrencega (1934–2004) uylangan. Ularning ikkita farzandi va bitta asrab olgan bolalari bor[1][7]. Mary Catherinening oʻlimidan keyin, u Texasning Hyuston shahridan boʻlgan Jeanie Carterga uylangan[1]. Engle aviatsiyaga (jumladan, Ikkinchi Jahon urushi qiruvchi samolyotlari), ov qilish, sayr qilishga va yengil atletika qiziqqan[8]. U Eksperimental Sinov Uchuvchilari Jamiyatining aʼzosi boʻlib, 2009-yilda ushbu jamiyatning faxriy aʼzosi darajasiga erishgan[9].

Joe Henry Engle 2024-yil 10-iyulda Texasning Hyuston shahridagi uyida 91 yoshida vafot etgan[10][11]. Joe Henry Engle bilan birga X-15 ni boshqargan barcha 12 uchuvchining hammasi vafot etgan[12].

Parvoz tajribasi

tahrir
 
Engle 1965-yilda X-15 A-2 samolyoti bilan
 
ARPS III sinf bitiruvchilari. Birinchi qatorda: Ed Givens, Tommi Benefield, Charlie Bassett, Greg Neubeck va Mike Collins . Orqa qatorda: Al Atvell, Neil Garland, Jim Roman, Al Uhalt va Engle

Engle AQSH Harbiy-havo kuchlaridagi oʻz lavozimini Kanzas universitetidagi Havo kuchlari zaxira ofitserlarini tayyorlash korpusi orqali qoʻlga kiritgan. Maktabdalik chogʻida Jo Theta Tau aʼzolaidan biri boʻlgan, shu sababli ham u koʻngilli uchuvchi boʻishga ahd qilgan. Yozda Cessna Aircraftda ishlab yurganida, hamkasbi Henry Dittmerdan uchish saboqlarini oʻrgangan[13][14].

Engle 1957-yilda aviatsiya maktabiga kirgan. 1958-yilda uchuvchi qanotlarini unvonini olishga sazovor boʻlgan. U F-100 Super Sabreni Kaliforniyadagi Jorjiya havo kuchlari bazasida 474- qiruvchi eskadron va 309-taktik qiruvchi otryad bilan birgalikda parvoz qilgan. Chuck Yeager Engleni USAF xavaskor uchuvchilar maktabiga tavsiya qilgan.

Engle,1963-yilning iyun oyidan boshlab Lyndon B. Johnson kosmik markazi (hozir Lyndon Johnson Kosmik Markaz)ga qabul qilinmagunicha Kaliforniya shtatidagi Edwards havo kuchlari bazasida koʻngili uchuvchi sifatida ish olib borgan. Engle ARPSning talabalari Charles Bassett va Micheal Collins bilan NASA kosmonavtlarining 3-guruhiga kirish uchun ariza bergan, ammo NASA havo kuchlari Englening arizasini rad etgan va Englening oʻrniga uning iltimosiga koʻra X-15 dasturiga Robert M. White tanlab olingan[15].

Englening ota-onasi 1965-yilning 29-iyun kuni X-15 parvoziga guvoh boʻlishgan; u 16 ta parvozlari davomida parvoz balandligini ikki marta 50 milga oshirilishiga muvaffaq boʻlgan[16][14]. 1965-yilning 14-oktyabrida boʻlib oʻtgan X-15 ning soʻnggi missiyasida, 153-sonli bepul parvozda (1-61-101) u X-15-da sub-orbital kosmik parvozni amalga oshirgan ikkita uchuvchidan biri boʻlgan[17]. Keyinchalik bu parvoz „dunyoning eng yaxshi parvozi“ deyilishiga qaramay, Engle oyga qadam qoʻyish maqsadida qayta NASAga murojaat qilgan[14].

Engle oʻz faoliyati davomida 185 dan ortiq turli xildagi samolyotlarda (25 xil qiruvchi) parvozlarni amalga oshirgan, 15 400 soatdan ortiq parvoz vaqtini qayd etishga sazovor boʻlgan, shundan 9 000 soati reaktiv samolyotlarda boʻlgan[1].

NASAdagi faoliyati

tahrir
 
Engle, STS-2 missiyasi qoʻmondoni, Truly, uchuvchi bilan

Engle 1966-yilning apreliga kelib NASA tomonidan tanlangan 19 ta astronavtdan biriga aylangan[18]. U Apollon 10 da yordamchi uchuvchi vazifasini bajargan. Keyinchalik Joe Apollo 14 missiyasida Oy modulining zaxira uchuvchisi sifatida xizmat qila boshlagan. U Apollo 17 uchun Oy moduli uchuvchisi sifatida Oyga qoʻnishi rejalashtirilgan, ammo Englening oʻrniga geolog Harrison Schmitt tanlangan. Chunki bu ilmiy tadqiqot geologiyani yuzaki biladigan uchuvchi-muhandis tomonidan emas, balki mutaxassis geolog tomonidan olib borilishi kerak boʻlgan[8].

Englening aytishiga qaraganda, Deke Slayton undan Skylab, Apollo-Soyuz yoki kosmik kemalarning qaysi birida uchishni afzak koʻrishini soʻraganida; Engle samolyotga oʻxshaydigan kosmik kemada uchishni afzal koʻrishini aytib oʻtgan[14].

 
Jo Engle Space Shuttle qoʻmondoni sifatida ikkita missiyani amalga oshirdi.
 
STS-51-I missiyasi ekipaji. Engle pastki chap tomonda.
 
General-mayor Jo Engle astronavt general Kevin P. Chilton bilan

Engle 1977-yilning iyunidan oktyabrigacha kosmik kemaning qoʻnish sinov parvozlarini amalga oshirgan ikki ekipajning qoʻmondonlaridan biri boʻlgan. Enterprise kosmik kemasi Boeing 747 yuk tashuvchi samolyoti yordamida 7,62 km balandlikka olib chiqilgan, soʻngra yerga qoʻndirish maqsadida pastga qoʻyib yuboriladi. Bu shoʻngʻish ikki daqiqa davom etgan. Ushbu parvoz sinovlari davomi Englega Orbiterni boshqarish va qoʻnish mahoratini yaxshilanishi uchun imkon yaratib bergan. U mahoratini Space Shuttledagi subsonik parvozida koʻrrsatib bergan. U kosmik kemasining birinchi orbital sinov parvozi boʻlgan STS-1 ning zaxira qoʻmondonlaridan biri boʻlgan. Uchuvchi, Richard Truly bilan STS-2 kosmik kemasining navbatdagi parvozida qoʻmondon sifatida parvoz qilgan. 2021-yilda Raja Charigacha SpaceX Crew-3 da kosmik parvozni boshqargan soʻnggi NASAning yangi xodimiga aylanib qolgan. U parvozlari davomida STS-51-I missiyasi qoʻmondoni boʻlgan va kosmosda 225 soatdan koʻproq vaqt davomida parvoz qilgani roʻyxatga olingan[14].

Engle ikki xil qanotli transport vositasi bilan kosmonga uchgan ikki kishidan biri boʻlgan: X-15 da Space Shuttle, STS-2 da esa (boshqa bir odam Frederick W. Sturckow). Engle Shuttle-da qayta kirish va tushish paytida katta miqdorda parvoz sinovlarini qoʻlda oʻtkazgan[14][19].

Joe 1982-yilning mart oyidan dekabrigacha NASA bosh markazi kosmik parvozlar boʻyicha maʼmuriy oʻrinbosari boʻlib ishlagan[1]. U oʻzing astronavtlik maqomini saqlab qolgan holda 1983-yilning yanvarida Johnson kosmik markaziga qaytib kelgan[1]. Shuningdek, u 1986-yilda Challanger falokatini tekshirishda ishtirok etgan va 1990-yillarda Shuttleda bir qator ishlarni amalga oshirgan[20].

NASAdan keyingi faoliyati

tahrir

Engle 1986-yilning 14-noyabrida polkovnik unvoni bilan USAFdan, 1986-yilning 28-noyabrida esa NASAdan nafaqaga chiqqan[21][22]. 1986-yilning 1-dekabrida u Kanzas gubernatori va Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy-havo kuchlari kotibi tomonidan Kanzas havo milliy gvardiyasi generali unvoniga sazovor boʻlgan. Keyinchalik, U general-ad’yutantning maxsus yordamchisi boʻlib ishlagan[21][23]. 1988-yilning 2-fevralida Harbiy havo kuchlari va Milliy havo gvardiyasi saflari oʻrtasidagi ziddiyat Senat tomonidan togʻirlangan[24]. Keyinchalik u Kolorado shtatidagi Peterson havo kuchlari bosh markazida, Amerika Qoʻshma Shtatlari kosmik qoʻmondonligida va Shimoliy Amerika havo mudofaasi qoʻmondonligida(NORAD) bosh qoʻmondon yordamchisi sifatida xizmat qilgan. Engle 1991-yilda Milliy havo gvardiyasidan general-mayor unvoni bilan nafaqaga chiqqan, bu lavozim Senat tomonidan 1989-yil 22-iyun kuni tasdiqlangan[25][26].

1992-yilda Joe Aerokosmik Faxriylari yoʻlagiga kiritilgan[27]. 2001-yilda esa Engle Milliy aviatsiya shon-shuhrat zaliga va AQSh astronavtlari shon-sharaf zaliga kiritilgan[28][29].

Mukofot va unvonlari

tahrir
 
Jo Engle Apollon 14 uchun zaxira Oy moduli uchuvchisi sifatida

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 „Astronaut Bio: Joe Henry Engle“. NASA (2009-yil iyun). 2019-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
  2. „Joe Engle Obituary - Houston, TX“. Dignity Memorial. Qaraldi: 5-noyabr.
  3. „Dickinson County's historical high school“. The Salina Journal (1989-yil 10-sentyabr), s. 33. 2017-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
  4. „Scouting and Space Exploration“. Boy Scouts of America (2016). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Alumni Hall of Fame Laureates“. Theta Tau. 2016-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
  6. „Maj. Gen. Joe H. Engle“ (en). engr.ku.edu. Qaraldi: 5-noyabr.
  7. „Mary Lawrence Engle Obituary“. The Kansas City Star (2004-yil 15-dekabr). Qaraldi: 5-noyabr.
  8. 8,0 8,1 8,2 NYT Staff. „Engle: From Childhood He Planned to be a Pilot“. The New York Times (1981-yil 13-noyabr), s. A30. 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
  9. „Fellow Classes“. The Society of Experimental Test Pilots. 2018-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
  10. Murphy, Brian. „Joe Engle, Last of the X-15 Test Pilots Who Touched Space, Dies at 91“. The Washington Post (2024-yil 12-iyul). Qaraldi: 5-noyabr.
  11. Burnett, Cameron. „Trailblazing Kansas astronaut General Joe Engle dies at 91“. KAKE-DT. Wichita, Kansas: ABC News (2024-yil 11-iyul). 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-noyabr.
  12. Pearlman, Robert. „Joe Engle, X-15 rocket plane and space shuttle astronaut, dies at 91“. collectSPACE (2024-yil 11-iyul). 2024-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  13. Nichols, Bruce „Joe Engle: From Rocket Ships to the Space Shuttle“. United Press International (1981-yil 30-oktyabr). 2019-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
  14. 14,0 14,1 14,2 14,3 14,4 14,5 „Joe H. Engle Oral History Interviews“. Johnson Space Center Oral History Project. Houston: National Aeronautical and Space Administration (2004). 2024-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
  15. Evans, Michelle. The X-15 Rocket Plane, Flight Log. Mach 25 Media, 2020 — 44-bet. Qaraldi: 5-noyabr. 
  16. Nichols, Bruce „Joe Engle: From Rocket Ships to the Space Shuttle“. United Press International (1981-yil 30-oktyabr). 2019-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
  17. Evans, Michelle. The X-15 Rocket Plane, Flight Log. Mach 25 Media, 2020 — 44-bet. Qaraldi: 5-noyabr. 
  18. Thompson, Ronald. „19 New Spacemen Are Named“ (1966-yil 5-aprel), s. 2A. 2019-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
  19. Jenkins, Dennis R.. Space Shuttle: Developing an Icon 1972–2013. Speciality Press, 2017. ISBN 978-1580072496. 
  20. „Engle, Joe Henry“. The National Aviation Hall of Fame. 2017-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
  21. 21,0 21,1 „Astronaut promoted to general“. The Olathe Daily News (1986-yil 2-dekabr). 2024-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
  22. Recer. „Senior NASA astronaut Joe H. Engle retires“. AP (1986-yil 2-dekabr). 2019-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
  23. „Veteran Astronaut Resigns“. Anderson Independent-Mail (1986-yil 3-dekabr). 2024-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
  24. „18 nominees for Air Force, 100th Congress (1987–1988)“. Congress.gov. 2024-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
  25. „14 nominees for Air Force, 101st Congress (1989–1990)“. Congress.gov. 2024-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
  26. „Astronaut to speak to Scouts“. The Springville Herald (1992-yil 29-yanvar). 2024-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
  27. „Former NASA astronaut Joe Engle Dies“. SPACE & DEFENSE (2024-yil 12-iyul). 2024-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
  28. „Joe Henry Engle“. National Aviation Hall of Fame. 2024-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
  29. 29,0 29,1 „Joe Engle inducted into the U.S. Astronaut Hall of Fame“. Astronaut Scholarship Foundation. 2023-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  30. Pearlman, Robert. „Former NASA X-15 Pilots Awarded Astronaut Wings“. Space.com (2005-yil 23-avgust). 2017-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
  31. Shayler, David. The Last of NASA's Original Pilot Astronauts: Expanding the Space Frontier in the Late Sixties. Springer, 2017 — 372-bet. ISBN 978-3319510149. 
  32. 32,0 32,1 32,2 32,3 32,4 32,5 32,6 Shayler, David. The Last of NASA's Original Pilot Astronauts: Expanding the Space Frontier in the Late Sixties. Springer, 2017 — 372-bet. ISBN 978-3319510149. 
  33. 33,0 33,1 33,2 „NASA Johnson Space Center Oral History Project: Biographical History Data Sheet“. NASA JSC (2015-yil 11-fevral). 2017-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
  34. „Lawrence Sperry Award Recipients“. AIAA. 2019-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
  35. „Haley Space Flight Award Recipients“. AIAA. 2019-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
  36. „Astronauts Joe Engle, Steven Hawley to serve as grand marshals for Homecoming parade“. University of Kansas (2017-yil 8-sentyabr). 2017-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
  37. „The Gen. Thomas D. White USAF Space Trophy“ (PDF). AIR FORCE Magazine. USAF. May 1997. 156-bet. March 6, 2022da asl nusxadan arxivlandi (PDF).
  38. „Walk of Honor“. City of Lancaster. 2017-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
  39. Halley, Blaine. „Ceremony Will Honor 5 Test Pilots“. The Los Angeles Times (1992-yil 19-sentyabr), s. B2. 2019-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
  40. Rust. „Two Space & Missile Pioneers selected for 2007“. USAF (2007-yil 6-iyul). 2017-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
  41. Sprekelmeyer, Linda, editor (2006). These We Honor: The International Aerospace Hall of Fame. Donning Co. Publishers. ISBN 978-1-57864-397-4.