Ob (mehnat faoliyati)

(Ov qilishdan yoʻnaltirildi)

Ob, ov qilish, shikor — yovvoyi hayvon va parrandani ovlash; odamning hayot kechirish jarayonidagi qad. mehnat faoliyatlaridan biri. Odamlar dastlab guruh boʻlib, keyin yakka holda ov qilishgan. Kadimda tosh, nayza, keyinroq pichoq, toʻr va boshqalardan ov quroli sifatida foydalanilgan. Kamon kashf etilishi ovchilikda katta ahamiyat kasb etgan. Osiyodagi koʻchmanchilar ot minib, iskovuch it va qush yordamida ov qilgan. Hozir koʻproq miltiq, qopqon va toʻr, it bilan ov qilinadi.

Hayvon va parrandalar qurol bilan ov qilinganda itlardan foydalaniladi. Bunda, asosan, moʻynali va tuyokli hayvonlar, oʻrmon va suv parrandalari ovlanadi. Qurolsiz ovda moʻynali hayvonlar va ilvasin tutiladi. Bunda qopq-ondan va tuzoqsan foydalaniladi, ular hayvonlar ini ogʻziga, yuradigan yoʻliga qoʻyiladi. It yordamida ov qilishda otliq, baʼzan piyoda ovchi ov itlaridan foydalanadi, bunda tez yuguradigan tozi it hayvonni ochiq maydonga "haydab" beradi, ovchi bilan ov iti esa uni quvlab borib tutadi. Ot va tez yuguradigan tozi it yordamida ov qilinganda hayvon itga oldiriladi, bunda it hayvonni quvib tutguncha ovchi otda yetib boradi va itdan uni ayirib oladi. Ovchi qushlar bilan ov qilishda hayvonlar, asosan, ochiq maydonlarda, burgut, lochin, qirgʻiy kabi qoʻlga oʻrgatil- gan qushlar yordamida tutiladi.

Ov shartli ravishda sano’at, sporthavaskorlik va ilmiy maqsadlardagi ovlarga boʻlinadi. Sanoat maqsadidagi ovda aholi va sanoat ehtiyoji uchun moʻynali, tuyoqli yov-voyi hayvonlar va suv qushlari tutiladi. Sport ovi dam olishning bir turidir. Ilmiy ov ovlanadigan hayvonlarni, yovvoyi hayvonlar kasalliklarini, ovchilik ishi va oʻlkani oʻrganish maqsadida ilmiy muassasalar topshirigʻi bilan olib boriladi.

Moʻynali hayvonlarning 100 dan ortiq turi, tuyokli yovvoyi hayvonlarning 20 dan ziyod va ovlanadigan parranda (qush)larning 150 dan koʻp turi mavjud. Ovning asosiy tovar mahsuloti — moʻyna, qoʻshimcha mahsuloti — goʻsht, yogʻ; qimmatbaxr xom ashyosi: teri, pat, par, jun.

Oʻzbekistonda 18 yoshga kirgan, ovchilar uyushmasi aʼzosi va ovchilik bile-ti boʻlgan fuqarolar ov miltigʻidan foydalanish huquqiga ega. Hayvonlarning qimmatbaho turlari maxsus rux-satnoma (litsenziya) bilan ovlanadi. Ov toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya qilish, ov muddatlari va usullarini belgilash ishlarini "Oʻzbekovchibaliqchi" uyushmasi va ovchilik nazorati xizmati bajaradi (qarang Ovchilik xoʻjaligi).

Bahodir Abdullayev.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil