Jome madrasasi (Qoʻqon)
Jome madrasasi (Madrasai Jomeʼ) — Qoʻqonda saqlanib qolmagan 2 qavatli madrasa. 1813-yilda oʻzbek hukmdori Umarxon donatorligida Qoʻqon xonligi poytaxtida bunyod etilgan.
Madrasa | |
Jome madrasasi
Madrasai Jomeʼ | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Fargʻona viloyati |
Shahar | Qoʻqon |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Madrasa turi | Katta |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Umarxon |
Homiylar | Umarxon |
Asosiy sana: | |
Maqomi | saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 97 |
Tarixi
tahrir1813-yilda Umarxon[1][2][3] (1810—1822) Qoʻqon shahrida hashamatli (2 qavatli, 73 ta katta-kichik hujrali va 2 darsxonali) madrasa barpo ettirgan[4]. Unga 30 ta doʻkon va Yaypan qishlogʻidagi bozor vaqf qilib berilgan[5].
Ibrat oʻzining „Fargʻona tarixi“ asarida Jome madrasasi poydevoriga gʻisht qoʻyish marosimi tavsifida shunday deb yozadi:
Umarxon asrinda madrasa qilmoq rasm oʻrninda boʻlub, xon oʻzi boshlab, Xoʻqanddagi madrasai Jomeni binosiga urunub, asosga tosh qoʻymoq boʻlganda, ulamo va fuzalo va umarolarni akobiri viloyati Xoʻqand jam boʻlganda, asosga tosh qoʻyadurgʻon kishiga balogʻatdan buyon tarki mustahab sodir boʻlmagan kishi bormu, tosh qoʻyodur deganda, hech kim qodir boʻlmay ojiz kelganda, xon oʻzi: „Alhamdulilloh, man tarki mustahab qilganim yoʻq ekan!“ — deb, asosga toshni oʻzi qoʻyganda, ulamoyi asr ittifoq ilan jannatmakon laqabini bergan ekanlar[6].
Qoʻqon xonligi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinmay turib, 1868-yilda, Turkiston general-gubernatorining amaldori A. P. Xoroshkin Qoʻqon xonligi bilan tanishgani borib, xotiralarini „Qoʻqon togʻrisida xabarlar“ nomli maqolasida eʼlon qilgan. A. P. Xoroshkin oʻz xotiralarida Qoʻqon shahri madrasalari toʻgʻrisida toʻxtalib shunday deydi:
Madalixon madrasasi va Jome madrasasi oʻzining ulugʻvorligi bilan yaqqol koʻzga tashlanadi. Ular pishiq gʻishtdan qurilgan va ularda mullalar, ari uyasidek, liq toʻlib yotibdi[7][8].
Manbalar
tahrir- ↑ Alixojiyev 2012, s. 76.
- ↑ Alimov 2017, s. 51.
- ↑ Alimov 2017, s. 59.
- ↑ Alimov 2017, s. 60.
- ↑ Alixojiyev 2012, s. 122.
- ↑ Alixojiyev 2012, s. 69.
- ↑ Alixojiyev 2012, s. 79.
- ↑ Alimov 2017, s. 61.
Adabiyotlar
tahrir- Alimov I. A.. Qoʻqon xonligi madrasa va maktablari tarixi. Toshkent: Fan, 2017 — 302-bet. ISBN 978-9943-19-405-2.
- Alixojiyev M. O.. Qoʻqon xonligining madaniy hayotida maktab va madrasalarning tutgan oʻrni (1800—1876-yy.). Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Toshkent: Qoʻlyozma huquqida, 2012 — 182-bet.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |