Anna Lenita Josefine Öqvist (1983-yil 23-iyulda tugʻilgan) — shvetsiyalik sobiq futbolchi, Fransiya 1-divizionining Monpelye klubi va Shvetsiya terma jamoasida oʻynagan[2]. U 86-daqiqada 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati yarim finalida Kanadaga qarshi oʻyinda muhim gol urib, Shvetsiyani finalga olib chiqgan[3]. Uni Jossan laqabi bilan ham chaqirishadi 2003-yilda Shvetsiyada yilning eng yaxshi yangi futbolchisi deb topilgan[4].

Josefine Öqvist
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Anna Lenita Josefine Öqvist[1]
Tavallud sanasi 23-iyul 1983-yil (1983-07-23) (41 yosh)
Tavallud joyi Uppsala, Shvetsiya
Boʻyi 1.69 m
Ampluasi Hujumchi
Mukofotlari

|- ! colspan="3" style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#eeeeee;" | Women's football

|- ! colspan="3" style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#eeeeee;" class="adr" | Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya vakili

|- ! colspan="3" style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#cccccc;" | FIFA Women's World Cup

|- | style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:silver" | Kumush|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | 2003 United States|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | Team

|-

| style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#cc9966" | Bronza|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | 2011 Germany|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | Team
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Storvreta IK
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1998 Danmarks IF
1999—2004 Bälinge IF
2005—2010 Linköpings FC
2011 Tyresö FF 19 (7)
2013 Kristianstads DFF 10 (4)
2013—2014 Montpellier 22 (18)
Milliy terma jamoa
2002—2013 Shvetsiya 80 (20)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(7-iyun uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (7-iyun uchun)

Uning asosiy pozitsiyasi hujumchi boʻlsa-da, u 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun yarim himoyachi sifatida tanlangan. Turnir davomida u jarohat oldi va uning oʻrniga Mariya Aronsson maydonga tushgan[5]. Karolin Yonsson bilan birga Oʻqvist 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati oldidan oldingi xochsimon bogʻlamini (ACL) jarohatlab olishdi natijada jarrohlik amaliyoti oʻtkazish va qayta tiklanish maqsadida jahon chempionatiga borishmadi[6].

Pin-up qizi Öqvist 2004-yil bahorida Slitz jurnalida fotosessiyada eʼtiborni tortdi[7]. U, shuningdek, 2011-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida erkak muhlisi bilan futbolkalarni almashtirayotgani tasvirga olingan[8].

Jamoalardagi faoliyati

tahrir

2008-yilgi mavsumdan soʻng shved gigantlari Umeå IK Öqvistni oʻz tarkiblariga qoʻshib olishni xohlardi. Buning oʻrniga u Linköping bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi. 2009-yil noyabr oyida Öqvist shaxsiy hayotida fojia yuz berdi 29 yoshli singlisi Karolin epilepsiya xurujiga uchradi[9]. 2011-yilda Öqvist Shvetsiyaning eng koʻp muhlislarga ega jamoasi Tyresö FF bilan shartnoma tuzdi. Tyresyo Braziliya va Gollandiya terma jamoalari oʻyinchilari bilan birga Shvetsiya terma jamoasining uch nafar aʼzosi bilan tarkibini kuchaytirgan edi.

2012-yil yanvar oyida Öqvist homilador ekanligi va butun mavsumni, shu jumladan 2012-yilgi London Olimpiadasini oʻtkazib yuborishi maʼlum boʻldi[10]. Qizi Stella tugʻilgandan soʻng, Öqvist 2013-yilda maydonga qaytdi, ammo Tyresö oʻrniga Kristianstads DFFga qoʻshilishga qaror qildi. U Malmö Redhawks jamoasida oʻynayotgan daniyalik professional xokkeychi sherigi Stefan Lassen bilan Malmyo yaqin atrofda yashagan[11].

UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro 2013 musobaqasida mezbon Shvetsiya terma jamoasi uchun maydonga tushganidan soʻng, Öqvist Fransiyaning Monpelye klubi bilan shartnoma imzoladi[12]. U Fransiyada yaxshi oʻynab keta oladi, lekin tez orada shaxsiy hayotda koʻngilsizlik roʻy berdi, Lassen Graz 99ers jamoasi uchun oʻynashga Avstriyaga koʻchib oʻtdi. U Öqvist va Stelladan uzoqda yashashni normal holat deb taʼrifladi[13]. 2014-yil may oyida Öqvist futboldan ketganini eʼlon qilib, u yaxshi saviyali futbolchi ekanligida futbolchilik faoliyatini yakunlamoqchi ekanligini aytgan[14].

Xalqaro karyera

tahrir
 
Öqvist 2011-yilgi jahon chempionatida Shvetsiya terma jamoasi safida o'ynagan

2002-yil 18-avgustda murabbiy Marika Domanski-Lyfors Shimoliy Koreya ustidan 1 – 0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda Öqvistni asosoiy tarkibda maydonga tushirdi va bu uning Shvetsiya ayollar terma jamoasiga debyuti boʻldi.

Öqvist 2011-yilgi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan Shvetsiya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan va barcha oʻyinlarda ishtirok etgan. 2011-yilning 16-iyulida u Fransiyaga qarshi 3-oʻrin uchun boʻlib oʻtgan oʻyinda Sonia Bompastor nisbatan qoʻollik ishlatganidan soʻng qizil kartochka olgdi, ammo Shvetsiya bir kishi kam boʻlib qolganiga qaramay, 2 – 1 hisobida gʻalaba qozondi[15]..Öqvist yarim finalda yakunida Yaponiyaga qarshi oʻyinda gol muallifiga aylangan, ammo Shvetsiya 3-1 hisobida magʻlub boʻldi[16].

2014-yilning fevralida Öqvist Shvetsiya terma jamoasida 12 yil oʻynaganidan soʻng xalqaro futboldagi faoliyatini yakunladi. U 80ta oʻyinda 20ta gol urgan[17].

Yevropa chempionati turnirlarida urilgan gollar

tahrir
Gol Oʻyin Sana Joy Raqib Start Daqiqa Natija Hisob Turnir
 2005-yilgi Yevropa Chempionati
1
2005-yil 5-iyun Blackpool Daniya 85-daqiqada maydonga tushgan Andoza:Sortfbs Guruh bosqichi
2
2005-yil

8-iyun

Blackpool Finlandiya 56-daqiqada maydonga tushgan Andoza:Sortfbs Guruh bosqichi
3
2005-yil 11-iyun Blackburn Angliya 90+3-maydonga tushdi Andoza:Sortfbs Guruh bosqichi
4
2005-yil 16-iyun Warrington Norvegiya 90+3-maydonga tushgan Andoza:Sortfbs Yarim final
 2013-yilgi Yevropa Chempionati
5
2013-yil 10-iyul Gothenburg Daniya 79-daqiqada almashgan Andoza:Sortfbs Guruh bosqichi
6
2013-yil 13-iyul Gothenburg Finlandiya 67-daqiqda almashgan Andoza:Sortfbs Guruh bosqichi
1
7
2013-yil 16-iyul Halmstad Italiya Toʻliq 57 3-0 Andoza:Sortfbs Guruh bosqichi
2
8
2013-yil 21-iyul Halmstad Islandiya 46-daqiqda almashgan 14 2-0 Andoza:Sortfbs Chorak final
9
2013-yil 24-iyul Gothenburg Germaniya 74-daqiqada almashgan Andoza:Sortfbs Yarim final

Yutuqlar

tahrir

  Linköpings FC

tahrir
 
  • Damallsvenskan : Gʻolib 2009
  • Svenska Kupen : Gʻolib 2006, 2008, 2009
  • Svenska Superkubogi : Gʻolib 2009, 2010

Mamlakat

tahrir

 Shvetsiya

tahrir
  • 2003-yil FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati : ikkinchi oʻrin
  • 2011 FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati : Uchinchi oʻrin
  • 2004-yil Afinadagi Yozgi Olimpiya oʻyinlari : Toʻrtinchi oʻrin
  • 2008-yil Pekindagi Yozgi Olimpiya oʻyinlari : Chorak final
  • UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2005 : Yarim final
  • UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 : Yarim final

Shaxsiy yutuqlar

tahrir
  • UEFA ayollar chempionatining yulduzlar jamoasi : 2013-yil

Manbalar

tahrir
  1. „Josefine Öqvist“. Sports-Reference.com. 17-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-avgust 2013-yil.
  2. „Josefine Öqvist player profile“. soccerway.com (2012-yil dekabr).
  3. „Budding Swedish star walks on the wild side“. FIFA (8-oktabr 2003-yil). 2-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2013-yil.
  4. „Övriga utmärkelser“ (shvedcha). Swedish Football Association. Qaraldi: 24-may 2014-yil.
  5. Sillén, Jakob. „Slut i förtid för Josefine Öqvist“ (shvedcha). Svenska Dagbladet (12-avgust 2008-yil). Qaraldi: 19-oktabr 2013-yil.
  6. „Öqvist injury shocks Sweden“. UEFA (9-iyul 2007-yil). Qaraldi: 23-may 2013-yil.
  7. Laul, Robert. „Öqvist viker ut sig i Slitz“ (shvedcha). Aftonbladet (23-mart 2004-yil). Qaraldi: 22-may 2013-yil.
  8. „Female Sweden pin-up Josefine Oqvist swaps shirts with Germany fan: Video“. Metro (15-iyul 2011-yil). Qaraldi: 7-iyun 2014-yil.
  9. Rylander, Johan. „Jossan: "Jag gråter varje dag"“ (shvedcha). Göteborgs-Posten (30-mart 2010-yil). Qaraldi: 18-avgust 2013-yil.
  10. Larsson, Johan. „Öqvist gravid – missar London-OS i sommar“ (shvedcha). Expressen (13-yanvar 2012-yil). Qaraldi: 22-may 2013-yil.
  11. Wall, Johan. „Därför valde Öqvist bort mästarlaget“ (shvedcha). Expressen (7-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 23-may 2013-yil.
  12. Lindbäck, Elisabeth. „Bomben: Josefine Öqvist lämnar KDFF“ (shvedcha). Expressen (4-avgust 2013-yil). Qaraldi: 17-avgust 2013-yil.
  13. Dahlkvist, Jens. „Dilemmat för Lassen och Josefin Öqvist“ (shvedcha). Expressen (24-aprel 2014-yil). Qaraldi: 7-iyun 2014-yil.
  14. Falk, Fredrik. „Öqvist lägger av“ (shvedcha). Aftonbladet (24-may 2014-yil). Qaraldi: 7-iyun 2014-yil.
  15. „Sweden beats France for third place“. ESPN.com (16-iyul 2011-yil).
  16. „Japan sink Sweden, reach first final“. FIFA (13-iyul 2011-yil). 3-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-may 2013-yil.
  17. „Josefine Öqvist slutar i landslaget“ (shvedcha). Swedish Football Association (12-fevral 2014-yil). Qaraldi: 7-iyun 2014-yil.