Joseph Nyumah Boakai (1944-yil 30-noyabrda tugʻilgan) —— Liberiyaning saylangan prezidenti boʻlgan liberiyalik siyosatchi[1]. Boakai 2006-yildan 2018-yilgacha prezident Ellen Johnson Sirleaf davrida Liberiyaning 29-vitse-prezidenti lavozimida ishlagan. 1983—1985-yillarda Liberiya qishloq xoʻjaligi vaziri boʻlgan. Boakai 2017-yilda ham prezidentlikka nomzodini qoʻyib, saylovda George Weahga yutqazgan edi. 2023-yilgi saylovda Weahni magʻlub etib, prezidentlikka saylandi.

Joseph Boakai

Boakai 2014-yilda
Liberiyaning saylangan prezidenti
Mansab davri
2024-yil 22-yanvar
Vitse-prezident Jeremiah Koung (saylangan)
Oʻtmishdoshi George Weah
Liberiyaning 29-vitse-prezidenti
Mansab davri
2006-yil 16-yanvar – 2018-yil 22-yanvar
Prezident Ellen Johnson Sirleaf
Oʻtmishdoshi Wesley Momo Johnson
Vorisi Jewel Taylor
Liberiya qishloq xoʻjaligi vaziri
Mansab davri
1983 – 1985
Prezident Samuel Doe
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 30-noyabr 1944-yil (1944-11-30) (79 yosh)
Vorsonga, Liberiya
Siyosiy partiyasi Birlik partiyasi
Turmush oʻrtogʻi Katumu Yatta (1972-yilda turmush qurgan)
Bolalari 3 oʻgʻil, 1 qiz
Alma mater Liberiya universiteti
Kanzas davlat universiteti

Manbalar

tahrir
  1. Mehnpaine, Tina S. „Liberia Election: Joseph Boakai Emerges as President-Elect“ (en). www.liberianobserver.com. 2023-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.