Joseph Erlanger
Erlanger Jozef (1874.5.1, San-Fransisko — 1965.5.12, Missuri shtati) — amerikalik fiziolog, elektrofiziologiya asoschilaridan. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi. Kaliforniya universitetini tugatgan (1895). Jons Xopkins universitetida (190006) ishlagan. Viskonsin shtati universiteti (1906—10), SentLuis (Missuri) Vashington universiteti fiziologiya boʻlimi boshligʻi va professor (1910—46). E. elektron ossillograf yordamida nerv hujayralari va tolalaridagi bioelektrik hodisalarni oʻrgangan, yuraktomir fiziologiyasi sohasiga munosib hissa qoʻshgan; "Yurak blokadasi" (miokard biror boʻlagining qoʻzgʻalishni oʻtkazish xususiyatining yomonlashuvi yoki toʻla yoʻqolishi) tabiatini tadqiq etgan. Nobel mukofoti laureati (1944)[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |