Joxor-baru
Joxor-baru — Malayziyadagi shahar. Johor shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 330 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Malakka yarim orol janubidagi port. Singapur sh. bilan temir yo'l orqali bogʻlangan. Kauchuk qayta ishlanadi, taxta tilish, mashinasozlik korxonalari mavjud. Rezinatexnika, teri buyumlari, poyabzal, kokos moyi, ananas konservalari ishlab chiqariladi. Botanika bogʻi bor.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |