Julia Ryjanova (shuningdek, Julia Galianina va Julia Galianina-Ryjanova nomi bilan tanilgan; ruscha: Юлия Рыжанова)[1] (1974-yil 15-mayda tugʻilgan) — ayol grossmeyster (WGM) unvoniga ega, asl millati rus va bugungi kunda avstraliyalik shaxmatchi. U 2001-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashgan[2].

Julia Ryjanova

Faoliyati

tahrir

Ryjanova 2000-yilda FIDE tomonidan ayol grossmeyster unvoniga 26 yoshida sazovor boʻlgan. Oʻsha yili u Elista shahrida shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi[3][4].

U 2000-yillar boshida FIDE tomonidan dunyodagi eng yuqori reytingga ega 50 nafar ayol shaxmatchi qatoriga kirgan. Uning eng yaxshi reytingi 2003-yil yanvarida 2415 ball bilan dunyodagi eng yuqori baholangan shaxmatchi ayol shaxmatchilar orasida 40-oʻrinni egalladi[5]. U 2001-yil shaxmat boʻyicha Jahon chempionatida qatnashdi, ammo medalga ega boʻlmadi.

Ryjanova 2003-yilda Qatarda shaxmat boʻyicha murabbiy sifatida ishlash uchun rasmiy musobaqalarda ishtirok etishni toʻxtatdi va 2008-yildan buyon Qatar ayollar shaxmat terma jamoasi sardori boʻlib kelgan[6][7][8][9].

2015-yil yanvar oyida Ryjanova shaxmat boʻyicha Avstraliya ochiq chempionatida[10] toʻrtinchi oʻrinni egalladi va Avstraliya ayollar ustalari musobaqasida gʻolib chiqdi[11]. 2017-yilda u Avstraliya terma jamoasini himoya qilish uchun federatsiyalarni oʻtkazdi[12]. U shu orqali jami 3 ta davlat sharafini shaxmatda himoya qilgan kam sonli shaxmatchilar tarixiga kirdi. Ryjanova hozirda Avstraliya terma jamoasi bilan birga oʻynab kelmoqda.

Manbalar

tahrir
  1. Julia Galianina FIDE rating history, 1996-2001 at Olimpbase.org
  2. World Chess Championship (Women) 2001-02 FIDE Knockout Matches. Mark Weeks.
  3. 64 — Shaxmatnoe obozrenie, 2000 No.5
  4. „The Week in Chess 291“. theweekinchess.com. Qaraldi: 2017-yil 25-sentyabr.
  5. Top 50 Women January 2003. FIDE.
  6. 38th Chess Olympiad Dresden 2008 Women. chess-results.com.
  7. 39th Chess Olympiad Khanty Mansiysk 2010 Women. chess-results.com.
  8. 40th Chess Olympiad Istanbul 2012 Women. chess-results.com.
  9. 41st Olympiad Tromso 2014 Women. chess-results.com.
  10. Shah. „Unstoppable Ni Hua crushes the Australian Open“. Chess News. ChessBase (2015-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 25-sentyabr.
  11. 2015 Asian Chess Federation Womenʼs Masters. Tournament report. FIDE.
  12. Player transfers in 2017. FIDE.

Havolalar

tahrir