Jumanji
Jumanji—1995-yilda rejissyor Joe Johnson tomonidan yaratilgan dark fentezi sarguzasht janridagi Amerika filmi. Film ssenariy mualliflari Jonathan Hensleigh, Jim Strain hamda Greg Taylorlar boʻlib, Chris Van Allsburgning 1981-yili bolalar uchun yaratgan rasmli kitobiga asoslangan. Ushbu film Jumanji seriali filmlarining dastlabkisi boʻlib, unda aktyorlardan Robin Williams, Kirsten Dunst, David Alan Grier, Bonnie Hunt, Jonathan Hyde va Bebe Neuwirth kabilar rol ijro etishgan. Film voqealari gʻayritabiiy stol oʻyini atrofida kechadi va ushbu oʻyin ishtirokchilari har bir yurish tufayli turli xil xavf-xatarlarga duchor boʻladilar.
Jumanji | |
---|---|
Film uchun ishlangan poster | |
Rejissyor(lar) | Joe Johnston |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) |
|
Hikoya |
|
Qaysi asarga asoslangan |
Jumanji –Chris Van Allsburg |
Rollarda | |
Bastakor(lar) | James Horner |
Kinematografiya | Thomas E. Ackerman |
Muharrir(lar) | Robert Dalva |
Studiya(lar) | |
Distribyutor | Sony Pictures Releasing |
Chiqarilgan sanasi | |
Davomiyligi | 104 daqiqa |
Mamlakat | AQSh |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $65 million[1] |
Daromadi | $262.8 million[1] |
Jumanji 1995-yilning 15-dekabrida Sony Pictures Releasing tomonidan taqdim etilgan. Tanqidchilar filmni turlicha baholashgan boʻlishsa-da, u kassa daromadi jihatdan muvaffaqiyat qozongan. Byudjeti 65 million dollarni tashkil etgan boʻlsa, kassa tushumi 263 million dollardan oshgan va 1995-yilning eng kassabop filmlari roʻyxatida 10-oʻrinni egallagan.
Filmdan ilhomlanib animatsion televizion serial yaratilgan hamda 1996-1999-yillar oraligʻida efirga uzatilgan. Shuningdek, keyinchalik Zathura: A Space Adventure(2005) spin-off filmi hamda Jumanjining mantiqiy jihatdan davomi boʻlgan Jumanji: Welcome to the Jungle(2017), Jumanji: The Next Level(2019) singari ikkita film yaratilgan.
Syujeti
tahrir1969-yil, Alan Parrish New-Hampshirening Brantford shahrida ota-onasi (Sam va Carol) bilan birga yashardi. Bir kuni u bezori bolalardan qochib, otasining poyabzal fabrikasiga borib qoladi. Doʻsti Carl unga oʻzi tikkan yangicha poyabzalni koʻrsatadi. Alan poyabzalni tasodifan notoʻgʻri joyga qoʻyib, unga zarar berib qoʻyadi, lekin Carl javobgarlikni oʻz zimmasiga olib, ishdan boʻshaydi. Bezorilar Alanni quvlab, velosipedini olib qochib ketishganidan keyin, Alan qurilish boʻlayotgan joydan kelayotgan gʻalati doʻmbira ovoziga qiziqib, u tomonga boradi. U ustiga Jumanji deb yozilgan eski oʻyin doskasini topib olib, uyiga olib keladi.
Mahalliy internat-maktabga borish boʻyicha Sam bilan boʻlgan kelishmovchilikdan soʻng Alan qochishni rejalashtiradi. Xuddi shu paytda uning doʻsti Sarah Whittle Alanning velosipedini olib keladi. Alan unga Jumanjini koʻrsatadi va birga oʻynab koʻrishni taklif qiladi. Har tosh tashlashdan soʻng oʻyin donachalari oʻzlari harakatlanishadi va yurishning natijasi doskaning oʻrtasidagi kristal sharda namoyon boʻladi. Alanning bexosdan tosh tashlab yuborishi natijasida oʻyin ishga tushib ketadi va xabar keladi. Unda aytilishicha, yana kimdir beshlik yoki sakkizlik toshni tashlamaguncha, Alan changalzorda jon saqlashi kerak boʻladi va oʻyin Alanni yutib yuboradi. Birozdan keyin esa Sarah koʻrshapalaklar toʻdasidan qochib, uydan chiqib ketadi.
Oradan yigirma olti yil oʻtgach, Judy va Peter Shepherd ota-onasi oʻtgan yil qishda Canadaga changʻida sayohat qilish jarayonida baxtsiz hodisa tufayli halok boʻlganidan soʻng xolasi Nora bilan birga ayni paytda sotuvga qoʻyilgan Parrishlar uyiga koʻchib oʻtishadi. Judy va Peter tomdan Jumanjini topib olishadi va oʻynab koʻrishadi. Ularning tashlagan toshlari oqibatida oʻyin ichidan bahaybat chivinlar va bir gala maymunlar chiqib kelishadi. Qoidalarida oʻyin tugagandagina hammasi oʻz holiga qaytishi aytilganligi sabab ular oʻynashda davom etishadi. Peter besh raqamini tushiradi va natijada oʻyin ichidan arslon hamda katta yoshli Alan chiqib keladi. Tashqariga chiqib ketayotganida Alanning koʻzi eski doʻsti Carlga tushadi, endilikda u politsiya xodimi boʻlib ishlardi. Xarobaga aylangan poyabzal fabrikasiga borganda, Alan, Peter hamda Judy shuni tushunib yetishadiki, Sam yoʻqolib qolgan oʻgʻlini topish uchun poyabzal fabrikasini yopgan va 1991-yili vafot etgunigacha Alanni qidirgan. Fabrikaning yopilishi natijasida Brantford iqtisodiy muammoga duch keladi.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Jumanji“. Box Office Mojo. 2019-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-noyabr.