Jungʻor qumsoʻtasi
Jungʻor qumsoʻtasi (lotincha: Cynomorium songaricum) — qumso‘tadoshlar oilasi sinomorium turkumiga mansub ko‘p yillik, parazit o‘simlik. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob,endemik tur sifatida kiritilgan. Qoraqalpog'iston hududida tarqalgan. Ko‘proq qumli va ola jinsli tuproqlarda o‘sadi. Sho‘rxok tuproqli yerlarda o‘sishga moslashgan[1]
Jungʻor qumsoʻtasi | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Gulli o‘simliklar |
Turkum: | Cynomorium |
Oila: | Qumso‘tadoshlar |
Tavsifi
tahrirBalandligi 7-20 sm, yog‘onligi 1,5-3 sm gacha yetadigan ko‘p yillik parazit o‘simlik. Sirti uzunligi 3-5 sm bo‘lgan tangachalar bilan qoplangan. Rangi qizil binafsharang. Xlorofili yo'qligi sababli fotosintez qila olmaydi. Hayotining katta qismini ildizpoya ko‘rinishida tuproq ostida o'tkazadi. U boshqa o‘simliklarning ildiziga yopishib olib parazitlik qiladi. Bahorgi va qishki yomg'irdan keyin unib chiqadi. To‘pguli tig'iz silndrsimon yoki to‘g‘nog‘ichsimon shaklda. Gullari juda zich joylashgan. Gulqo‘rg‘on bo‘lakchalarining uzunligi 2-4 mm, changchisining uzunligi changdoni bilan qo‘shib hisoblaganda 2,5 mm, urug‘chibargining uzunligi 2-3 mm. Gullari bir yoki ikki jinsli, ulardan shirin biroz karamga o'xshash hid taraladi. Chivinlar yordamida changlanadi. Changlanishdan keyin boshog'i qora tusga kiradi. May iyunda gullab meva tugadi. Mevasi quruq yong‘oq meva. Urug‘i orqali ko'payadi.
Tarqalishi va o‘sish sharoiti
tahrirTabiatda juda kam tarqalgan, yakka-yakka holatda ba'zan kichik to‘plam hosil qilib o‘sadi. Qoraqalpog'iston hududida tarqalgan. Qumli va ola jinsli tuproqlarda o‘sadi. Kamayib ketishiga tabiiy omillar sabab bo‘lgan. Parazit o‘simlik bo‘lgani uchun hayot kechirishi to‘liq xo‘jayin organizmga bog‘liq[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Cynomorium songaricum“.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.