Kajetan (Kaj) Mühlmann (talaffuzi: Kayetan (Kay) Myulman; 1898 — 1958) — avstriyalik sanʼatshunos, natsional sotsialist, SS aʼzosi. Fashistlar Germaniyasi foydasiga sanʼat asarlarini talon-taroj qilgan ishtirokchilardan biri; Avstriya, Polsha va Niderlandiyadagi talonchiliklarda ishtirok etgan.

Kajetan Mühlmann
Tavalludi 26-iyun 1898-yil
Vafoti 2-avgust 1958-yil(1958-08-02)
(60 yoshda)
Myunxen, Germaniya Federativ Respublikasi
Fuqaroligi Avstriya bayrogʻi Avstriya
Kasbi siyosatchi, sanʼatshunos, kolleksioner
Turmush oʻrtogʻi Leopoldine Wojtek, Hilda Ziegler

Biografiyasi

tahrir

1898-yil 26-iyunda Avstriyaning Uttendorf shahrida tugʻilgan. Otasi oʻlimidan soʻng onasi esa otasining amakivachchasiga turmushga chiqadi. Ularning oilasida sakkiz farzand boʻlgan boʻlib, ulardan olti nafari tirik qolgan. Mühlmann oilaviy fermasida oʻsgan va Zalsburgdagi maktabda oʻqigan. 17 yoshida Mühlmann Avstriya-Vengriya armiyasiga arbiy xizmatag chaqiriladi va Birinchi jahon urushida ishtirok etadi. Mühlmann bir necha marta mukofotlangan va 1918-yilda ogʻir yardaor boʻlib, va oʻpka infektsiyasiga duchor boʻladi, bu kasallik esa umrining oxirigacha sogʻligʻiga taʼsir qilgan. Shu bilan birga Mühlmann sotsialistik partiyaga qoʻshilib, bir necha yil partiyasining aʼzo boʻlib qolgan.

1922-yildan Insbruk va Vena universitetlarida rassomlikni, keyin esa sanʼat tarixini oʻrgangan. 1926-yilda Vena universitetida Zalsburgda barokko uslubidagi favvoralar va suv sanʼati boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1926-yildan Zalsburg festivalini tashkil qilishda ishtirok etadi, festivalda Mühlmann reklama uchun mas’ul etib tayinlangan. Mühlmann festivalning asoschisi va oshpazi Maks Reynxard rahbarligida ishlagan. Ish davomida Mühlmann grafik rassom Leopoldine Wojtek (1903-1978) bilan tanishib qoladi va 1932-yilda unga uylanadi. 1941-yilda ular ajrashishadi va Mühlmann Hilda Zieglerga uylanadi, ularning uch nafar farzandi boʻlgan. Zalsburgda ishlagan davrida Mühlmann mashhur shaxsga aylanadi, bu yerda Mühlmann German Gering va Arthur Seyss-Inquart bilan tanishadi.

 
Xofburgda venalik sanʼatshunoslarning Jozef Gebbels bilan uchrashvi: Mühlmann, Gertrud Seyss-Inquart va Paula Wessely orasida oʻtiribdi, 1938-yil

Avstriyaning anshlyussidan keyin 1938-yil mart oyida Seyss-Inquart Mühlmannni federal kantsleriyada davlat kotibi, keyinroq esa Ichki ishlar va madaniyat vazirligida, shuningdek, sanʼat sohasidagi davlat siyosatining vakili etib tayinlaydi. Mühlman SSgA aʼzo boʻlib, kapitan unvonini olgan va 1942-yilda oberfürer darajasiga koʻtarilgan. Reichsstatthalterning 3-boʻlimi boshligʻi sifatida anshlyussdan oldin ham venalik yahudiylarining mulkini musodara qilishda katta rol oʻynagan.

 
Leonardo da VinchiningOq suvsar tutgan xonim“ surati Mühlmanning qoʻlidan oʻtgan[1]

Germaniya Polshaga bostirib kirgandan keyin Arthur Seyss-Inquart Polsha general-gubernatorining oʻrinbosari boʻladi va German Gering Mühlmanga sobiq Polsha hududidagi sanʼat asarlarini himoya qilish boʻyicha maxsus vakil lavozimini taklif qiladi. Asosiy vazifasi sanʼat asarlari „qoʻriqlash“, yaʼni talon-toroj qilish boʻlgan. Bosh hukumatda Mühlman ilmiy darajaga ega boʻlgan toʻqqiz nafar sanʼatshunos va ikki nafar harbiy xizmatchilardan iborat guruhni boshqargan. Guruhning vazifasi Polshadagi sanʼat obyektlarini tizimlashtirish, ularni inventarizatsiya qilish va Uchinchi Reyx manfaati uchun eng muhim asarlarni tanlash boʻlgan. Talon-toroj qilingan sanʼat asarlari Germaniyada kimga tegishli ekanligiga qarab uch toifaga boʻlingan. 1943-yil 1-oktyabrda Mühlman talon-toroj qilingan sanʼat asarlari „tarqatish“dagi harakati va bundan Uchinchi reyx rahbarlari noroziligi sababli Polsha gubernatori Xans Frank tomonidan lavozimidan ozod etilgan. Boʻshatilgunicha u Seyss-Inquart bilan birgalikda Niderlandiyada ishlashga muvaffaq boʻladi, 1940-yilda Gaagada Dienststelle Mühlmann kompaniyasiga asos soladi. Uning kompaniyasining vazifalari quyidagilardan iborat boʻlgan: mavjud sanʼat asarlari roʻyxatini tayyorlash, musodara qilingan sanʼat asarlarini baholash va ularni Germaniyaga tashish va ochiq bozorda muhim sanʼat asarlarini sotib olish[2].

1944-yil oxirida Mühlmann kompaniyasining ofisi Vena shahriga koʻchiriladi. Mühlmann 1945-yil 13-iyunda Seewalchen am Attersee shahri yonidagi Alp togʻlarida AQSh armiyasi harbiylari tomonidan hibsga olingan va ozodlikdan mahrum etilgan. Mühlmann talonchilik faoliyati boʻyicha soʻroq qilinib, soʻroq natijalar Vlugi-Reportda qayd etilgan. Biroq, ittifoqchilar tomonidan unga qarshi sud oʻtkazilmaydi. Keyinchalik, Mühlmann Nyurnberg sud jarayonlarida Uchinchi Reyxning asosiy harbiy jinoyatchilariga, shu jumladan uning sobiq rahbarlari Arthur Seyss-Inquart va Xans Frankga qarshi koʻrsatma beradi, natijada ular osib oʻldirish orqali oʻlimga hukm qilinadi[3]. 1947-yilda Mühlmann davlatga xiyonat qilishda ayblanib. da oqlangan Avstriyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Guido Schmidtning sudida ham guvohlik qilgan. Oʻsha yili Mühlmann Bavariyadagi Amerika harbiy hukumati nazorati ostida Myunxenga qaytariladi. Bu yerda u sanʼat asarlari va antiqa buyumlarni tekshirish bilan shugʻullangan. 1948-yil fevral oyida Mühlmann kasal qolib, kasalxonaga yotqizilgan va ushbu joydan qochishga muvaffaq boʻlgan. Shu paytdan boshlab Mühlmann Myunxendan 30 km uzoqlikdagi Starnberger koʻli yonidagi Alp togʻlarida yashab, sanʼat buyumlarini sotish bilan shugʻullangan. Polsha va Avstriya uni ekstraditsiya qilishga boʻlgan harakatlariga qaramay, Mühlmann Germaniyada qoladi.

1958-yilda Mühlmann Myunxenda oshqozon saratoni sababli operatsiya qilinadi va 1958-yil 2-avgustda vafot etadi. Mühlmannning bevasi uning jasadini Maxglaner Friedhof qabristoniga dafn qilish uchun Zalsburgga olib ketishga muvaffaq boʻlgan. Natsizm davrida sanʼat asarlarini oʻgʻirlashda yordam bergan oʻgay ukasi Jozef Mühlmann ham 1972-yilda ushbu qabristonda dafn qilingan.

Manbalar

tahrir
  1. „Рискованные путешествия «Дамы с горностаем»“. 2019-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-aprel.
  2. „DIE «DIENSTSTELLE MÜHLMANN»“. 2008-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-aprel.
  3. „Der Nürnberger Prozeß, Indizes, Personen-Index, M“. 2020-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-aprel.

Havolalar

tahrir