Kaklikuchar gʻori — Xoʻjaobod tumanidagi gʻor, Olay tizmasining shimoliytarmogʻi Chilmayram togʻining janubiy yon bagʻrida, 1350 m balandlikda, togʻ etagidan balandligi 160 m. Devon davriga mansub ohaktoshlarda hosil boʻlgan. Gʻorning 4 ta ogʻzi boʻlib, unga faqat birgina ogʻzidan kirish mumkin (eni 13 m, balandligi 2 m). Gʻor ichidagi katta xonadan turli tomonga yoʻnalgan bir nechta yoʻlak (har qaysisining uzunligi 12 m, eni 4 m, balandligi 2 m gacha) mavjud. Gʻor sahnida qizgʻish gillar tarqalgan. Umumiy uzunligi 164 m, maydoni 600 m2, hajmi 336 m3.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil