Kamol Turobov (1921.1.7, Toshkent) – kulol, Oʻzbekiston xalq rassomi (1974). Hunarni otasi usta Turob Miraliyevdan oʻrgangan. Toshkent badiiy oʻquvishlab chiqarish kombinatining kulollik boʻlimida oʻqigan (1935—38). Toshkentdagi „Qizil kulol“ artelida usta (1939—41, 1946—49), Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—45), Oʻzbekiston Mahalliy sanoat ministrligi Davlat maxsus konstruktorlik texnologiya byurosi kulolchilik boʻlimining mudiri (1968—95). Turobov yaratgan badiiy idishlar sifatli va nafis, pargari, islimiy naqshlar bilan chizma usulda bezatilgan. Turobov tayyorlagan idish va buyumlar xalqaro koʻrgazmalarda namoyish etilgan. „Jasorat“ medali bilan mukofotlangan (1995).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil