Kanō Jigorō
Kanō Jigorō (yaponcha: 嘉納 治五郎, 28-oktybar 1860-yil – 4-may 1938-yil) – yaponiyalik jang saʼnati ustasi, dzyudo va Kodokan maktabi asoschisi[1].
Kanō Jigorō | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavallud paytidagi ismi | yaponcha: 嘉納 治五郎 |
Tavallud sanasi |
28-oktyabr 1860-yil Higashinada-ku,Yaponiya |
Vafot sanasi |
4-may 1938-yil (77 yoshda) Tinch okeani (Hikawa Maru layneri) |
Sport | |
Qaysi sport | Dzyudo, Jiu-jitsu |
Murabbiy(lar)i | Fukuda Hachinotsuke; Iso Masatomo; Iikubo Tsunetoshi |
Hayoti
tahrirYoshligi va taʼlimi
tahrirKanō 1860-yil 28 oktyabrda Kioto yaqinidagi Mikage shahrida (yaponcha: 御影村, hozirda Higashinada-ku) tugʻilgan. 1871-yilda Kanō 10 yoshda boʻlganida onasi vafot etgan va oilasi Tokioga koʻchib oʻtadi. Kanō tillarni tez oʻrganish qobiliyatiga ega boʻlgan boʻlib, 15 yoshida Tokiodagi chet tillar maktabiga qatnay boshlagan. 1877-yilda Kanō Tokio universitetiga oʻqishga kirgan, u yerda falsafa va siyosatshunoslik boʻyicha tahsil olgan[2].
Yoshligida Kanō jismonan zaif va yaxshi tana tuzilishiga ega emas edi, bu esa uning tengdoshlari tomonidan masxara qilinishiga sabab boʻlgan. Kanō oʻzining tanasini chiniqtirish va rivojlantirishga qaror qilib, 17 yoshida jiu-jitsu bilan shugʻullana boshlagan. Jiu-jitsuoʻsha paytda jang sanʼatining Yaponiyada keng tarqalgan turi boʻlgan, ammo Meydzi islohotidan keyin bu jang sanʼat turi qiyin kunlarni boshdan kechirayotgandi. Dzyudo asosini yaratishda Kanō jiu-jitsudagi kurash usullarini olgan.
Kanō dastlab Katagiri Ryujiga jiu-jitsuni oʻrgatish iltimosi bilan murojaat qildi. Ammo birinchi jiddiy saboqlarni Fukuda Hachinosukedan olgan, uning dojosida Tenjin Shin'yō-ryū uslubini oʻrgangan. Soʻngra Kanō Iso Masamotoda saboq mashgʻulotlarini davom ettirgan va 1881-yilda usta Iikubo Tsunetoshi rahbarligida Kitō-ryū uslubini oʻrganishni boshlagan.
Kodokan maktabi va dzyudoning yaratilishi
tahrirKanō kurashda yelka osha irgʻitish usullarini rivojlantirish davomida jiu-jitsuni isloh qilish fikriga kelgan. Kanō ilmiy kuzatishlarga asoslangan yangi kurash uslubi orqali shogirdlarining aql va ruhini uygʻunlashtirishga erishmoqchi boʻlgan. Kanō jarohatlanishlarga olib keladigan xavfli usullarni dasturdan chiqarib tashlab, kurashning yangi va samarali turini yaratishga intildi.
1881-yilda Kanō universitetni tugatib, tez orada imtiyozli oila bolalari oʻqiydigan maktabda adabiyot oʻqituvchisi boʻlib ishladi. 1882-yil fevral oyida Kanō oʻzining dojosini ochadi, bu sana Kodokan dzyudosining tashkil topgan sanasi hisoblanadi. Dastlab bu dojoda Kanoning toʻqqiz nafar shogirdi va 12 tatamilik zali boʻlgan[3].
Yangi dzyudo sanʼati 1885—1888-yillarda Tokio politsiya boshqarmasi homiyligida oʻtkazilgan turnirlarda Kanō shogirdlari turli jiu-jitsu maktablari vakillari bilan oʻtkazilgan musobaqalarda bir necha bor gʻalaba qozonganlaridan keyingina ommalasha boshladi. Bunday muvaffaqiyatlar tufayli dzyudo maktabi Yaponiya boʻylab juda tez tarqala boshladi. 1907-yilda dzyudo, kendo bilan birgalikda, umumtaʼlim maktablarining oʻquv dasturiga kiritildi, keyinchalik esa u asta-sekin politsiya va armiyada ham ommalasha boshladi.
Kanō intizomga juda katta eʼtibor berardi va oʻta qattiq talabchan edi. Boshqa tomondan esa, uning shogirdlari taʼlim uchun pul toʻlamasdan, buning oʻrniga guruch va choy bilan haq toʻlashardi. Kanō hatto shogirdlariga mashgʻulot kiyimlarini oʻzi tikib bergan.
1891-yilda Yaponiyaning Koreyadagi sobiq elchisining qizi Sumako Takezoga uylanadi.
1909-yilda Kanō eng nufuzli yapon sport tashkiloti rahbari sifatida Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi aʼzosi etib saylandi[4].
1911-yilda Kanō Yaponiya sport assotsiatsiyasiga asos solgan va uning prezidenti etib saylangan.
1919-yilda Kanō Yaponiya atletika tashkilotining prezidenti etib tayinlandi.
1938-yil 4-mayda Kanō Qohira oʻtkazilgan XOQning Bosh Assambleyasidagi ishtirokidan soʻng Yaponiyaga qaytib, Hikawa Maru laynerida (Iokogama portiga kelishidan ikki kun oldin) 77 yoshida oʻpka yalligʻlanishidan vafot etgan[5][6].
Manbalar
tahrir- ↑ Kodokan. Teachings of Kano Jigoro Shihan. Accessed 2022-12-13.
- ↑ „KANO Jigoro | Portraits of Modern Japanese Historical Figures | National Diet Library, Japan“.
- ↑ Горбылёв А.М. „Очерк истории дзюдо. Начало пути“, . Додзё. Воинские искусства Японии. Научно-популярный методический сборник. Выпуск 6. М.: ООО «Будо-спорт», 2001 — 7—15-bet.
- ↑ Горбылёв А.М. Очерк истории дзюдо. От национального признания к олимпийскому виду спортаВып. 8. — С. 5—13. // Додзё. Воинские искусства Японии : Научно-популярный методический сборник. — ООО «Будо-спорт», 2001. —
- ↑ „第3章 戦争と大会返上“ (ja). 「本の万華鏡」第15回「もう一つの東京オリンピック」. 2021-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-sentyabr.
- ↑ „DR. JIGORO KANO, 78, OF OLYMPIC GROUP; Japan's Representative on the Committee Dies at Sea“. The New York Times (1938-yil 4-may). 2021-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-sentyabr.