Karaz ibn Jobir al-Fihriy yurishi
Karaz ibn Jobir al-Fihriy yurishi[3] milodiy 628-yil fevralda (hijriy 6-yilning 10-oyi) boʻlib oʻtgan[4][5]. Hujum musulmonlarni oʻldirgan 8 nafar qaroqchilarga qaratilgan. Islomiy manbalarga koʻra, sheriklarining xunini olish uchun qolgan musulmonlar qaroqchilarni tutib, ularni xochga mixlaganlar[2][6]. Qur’onning Moida surasi oyatlaridan birida ayni shu voqea haqida yer yuzida yomonlik qiluvchilarning jazosi aytib oʻtilgan[7][8].
Karaz ibn Jobir al-Fihriy yurishi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Karaz ibn Jobir al-Fihriy | Nomaʼlum |
Hujum
tahrirBanu Urayna qabilasidan 8 kishi Muhammadning oldiga kelib, Islomni qabul qilishlarini aytadi. Ular Madinada qolishga qaror qilishadi, lekin shahar iqlimi oʻzlariga mos kelmasligini koʻrib, yaqin atrofdagi yaylovlardan biriga chodir tikishlarini soʻrashadi. Keyin esa ozod etilgan qul, Muhammadning Yasar ismli choʻpniga hujum qilishadi, uni oʻldirib, koʻzlarini oʻyib olishadi va tuyalarni haydab yuborishadi.
Bu xabar Muhammadga yetib boradi va u Karaz ibn Jobir al-Fihriy boshchiligidagi 20 nafar musulmonlar guruhini ularning ortidan joʻnatadi. Musulmon askarlari ularni tutib, Muhammadning oldiga olib keladi, qoʻl-oyoqlarini kesilib, koʻzlari qizdirilgan temir bilan oʻyilib, kaltaklab, qilmishlari uchun to oʻlguncha toshloq yerga tashlab qoʻyadilar[2][9].
Musulmon olimi Muhammad ibn Abu Bakrning soʻzlariga koʻra, ayblanuvchilar 8 kishi boʻlishgan[10][11].
Ushbu voqea haqida Qur’onda Allohga qarshi urush qilish va oʻgʻirlik jazosi haqidagi oyatlar nozil boʻlgan[7].
Tanqid
tahrirMusulmon boʻlmagan tarixchi Sir Wiliam Muir tomonidan ushbu voqea qattiq tanqid qilinib, „sakkiz qaroqchining vahshiylarcha qatl etilishi“ deya taʼrif berilgan[9]. Ammo qaroqchilar Muhammadning ozod qilingan quli Yasarni oʻldirganliklari uchun tenglik qonuni ostida jazolanganlar.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Encyclopaedia of Islam“. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Mubarakpuri, Saifur Rahman Al (2005), The sealed nectar: biography of the Noble Prophet, Darussalam Publications, 396-bet (online)
- ↑ „Atlas Al-sīrah Al-Nabawīyah“. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.
- ↑ „Atlas of the Qur'an“. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.
- ↑ „List of Battles of Muhammad“. 2011-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-mart.
- ↑ „Encyclopaedia of Islam“. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.
- ↑ 7,0 7,1 „The life of Mahomet“. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.
- ↑ Muhammad Saed Abdul-Rahman, The Meaning and Explanation of the Glorious Qur’an (Vol 2) 2nd Edition, p. 392, MSA Publication Limited (2009), ISBN 1861797664
- ↑ 9,0 9,1 „The life of Mahomet“. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.
- ↑ Muḥammad ibn Abī Bakr, Ibn Qayyim al-Jawzīyah (2002), Tafsir ibn Kathir, Mubarakpuri (See start of page 57), DarusSalam, 56-bet
- ↑ „Tafsir Ibn Kathir Juz' 6 (Part 6)“. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.