Karel-Fin Sovet Sotsialistik Respublikasi
Karel-Fin Sovet Sotsialistik Respublikasi, Karel-Fin SSR (fin. Karjalais-suomalainen sosialistinen neuvostotasavalta; ruscha: Карело-Финская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. 1940-yilda tashkil topgan.[1] 1956-yil Karel Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi nomi bilan Rossiya SFSR tarkibiga kiritilgan. Karel-Fin SSR poytaxti Petrozavodsk shahri boʻlgan.
1940—1956 | |||||||||||||
Tarixiy era | XX asr | ||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||||||
Hozirda hududida quyidagilar mavjud | Rossiya |
1991-yil Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin, 13-noyabrda Karel Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Kareliya Respublikasi nomli federal subyekt oʻlaroq Rossiya Federatsiya tarkibiga kiritildi. Ayrim manbalarda Sovet Kareliyasi yoki shunchaki Kareliya deb yuritiladi.
Tarixi
tahrir9–12-asr boshida Karel-Fin SSR hududi Kiyev Rusiga, 12-asrdan Novgorodga qarashli boʻlgan. 1478-yil Rus davlatiga qoʻshib olingan. 13–17-asrlarda shvedlar bir necha marta bostirib kirgan. 17-asr boshida Kareliyaning shvedlar bosib olgan qismini 1721-yil Rossiya qayta egallagan.
Kareliyada sovet hokimiyati 1917-yil noyabr – 1918-yil aprelda oʻrnatilgan. 1920-yilning 8-iyunida Rossiya SFSR tarkibida Kareliya mehnat kommunasi tashkil etilgan. 1923-yilning 25 iyulida Mehnat kommunasi Kareliya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirildi. 1940-yilning 31-martida esa avtonom respublika Karel-Fin Sovet Sotsialistik Respublikasi nomi bilan toʻlaqonli sovet respublikasiga aylantirildi. Ammo 1956-yilning 16-iyulida respublika qaytadan Kareliya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Kareliya hududining katta qismini fashistlar Germaniyasi okkupatsiya qilib turgan.
1991-yil Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin, 13-noyabrda Karel Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Kareliya Respublikasi nomli federal subyekt oʻlaroq Rossiya Federatsiya tarkibiga kiritildi.
Manbalar
tahrir- ↑ "Kareliya ASSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 365. 5-89890-002-0.