Karen Pence
Karen Sue Pence (1957-yil 1-yanvarda tugʻilgan) — amerikalik maktab oʻqituvchisi, rassom va 2017-yildan 2021-yilgacha Qoʻshma Shtatlarning ikkinchi xonimi boʻlgan. U Amerika Qoʻshma Shtatlarining 48-vitse-prezidenti Mike Pencega turmushga chiqqan. U 2013-yildan 2017-yilgacha Indiana shtatining birinchi xonimi edi.
Karen Pence | |
---|---|
Amerika Qo'shma Shtatlarining ikkinchi xonimi | |
Mansab davri 2017-yil 20-yanvar – 2021-yil 20-yanvar | |
Vitse-prezident | Mike Pence |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Karen Sue Batten 1957-yil 1-yanvar McConell havo kuchlari bazasi, Kanzas, AQSh |
Siyosiy partiyasi | Respublikachi |
Turmush oʻrtogʻi |
Steve Whitaker (1978-yil vafot etgan) Mike Pence (1985) |
Bolalari | 3 ta |
Taʼlim | Butler universiteti (BS , MS) |
Yoshligi va taʼlim
tahrirPence 1957-yil 1-yanvarda Kanzasdagi McConnell havo kuchlari bazasida[1][2][3] dunyoga kelgan[4]. Uning onasi Lillian (1931 — 2004)[5] va otasi John M. Batten (1931/1932 — 1988), United Airlines rasmiysi edi[6]. Uning ota-onasi u juda yoshligida ajrashishdi va onasi 1967-yilda Bernard Barsioga turmushga chiqdi[7]. U Indianapolisning Broad Ripple Village mahallasida oʻsgan va u yerda Bishop Chatard oʻrta maktabini valediktor sifatida tamomlagan[8][9]. Pence yaqin atrofdagi Butler universitetida oʻqigan va u yerda oʻqituvchi boʻlish uchun tahsil olgan[10]. U Butler universitetida boshlangʻich taʼlim boʻyicha bakalavr (BS) va fan magistri (MS) darajasini oldi.
Faoliyati
tahrirPence Indianapolisdagi John Strange Elementary, Acton Elementary, Fall Creek Elementary va Orchard Schoolda dars bergan.
Birinchi farzandi tugʻilgandan keyin Pence akvarel boʻyicha saboq oldi. Bu uylar va tarixiy binolarning portretlarini chizishga olib keldi[11]. U yiliga oʻttiz beshta rasm chizgan, baʼzilari buyurtma asosida, boshqalari mahalliy sanʼat yarmarkalarida sotgan.
Eri Kongressda boʻlganida, Karen Virjiniya shtatining Springfild shahridagi xususiy xristian maktabi Immanuel Christian Schoolda oʻn ikki yil davomida sanʼat oʻqituvchisi boʻlib ishlagan[12].
Oila va shaxsiy hayot
tahrirOʻrta maktabda oʻqiyotganda u birinchi turmush oʻrtogʻi John Steven Whitaker bilan tanishdi. Ular 1978-yil 4-avgustda Texasning Brewster okrugida turmush qurishdi va keyin ajrashishdi[13][14]. Whitaker nikoh paytida tibbiyot talabasi boʻlgan.
Karen Mike Pence bilan Indianapolisdagi katolik cherkovi boʻlgan Avliyo Tomas Akvinskiy cherkovidagi Massada gitara chalayotganida tanishgan[15]. Ularning birinchi uchrashuvi Indiana shtati yarmarkasida konkida uchish edi[16]. Taxminan toʻqqiz oylik uvhrashuvdan soʻng, ular 1984-yil avgustda unashtirildilar va 1985-yil 8-iyunda turmush qurishdi[17][18]. Ularning ikkalasi ham rim-katolik boʻlgan va keyinchalik 1995-yilga kelib evangelist nasroniylikni qabul qilgan. Er-xotinning uchta farzandi bor: Michael (AQSh dengiz piyodalari korpusida xizmat qiladi)[19], Charlottae va Audrey. Pence hayotining koʻp qismini Indianada oʻtkazdi, garchi butun oila Vashingtonga koʻchib oʻtgan boʻlsa-da, oʻn ikki yil davomida eri Mike Indiana gubernatori etib saylanishidan oldin Indianadan kongressmen boʻlgan. U oʻqitilgan uchuvchi edi.
Manbalar
tahrir- ↑ Remarks by Second Lady Karen Pence to Military Spouses:Fort Carson, Colorado
- ↑ Maloney. „7 Things to Know About Karen Pence, VP Mike Pence's Wife“. Cosmopolitan (29-mart 2017-yil). Qaraldi: 11-iyun 2021-yil.
- ↑ Bixenspan, David. „Karen Pence's secret first marriage“. Death and Taxes (4-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 13-dekabr 2016-yil.
- ↑ „Meet the Future Second Lady“. Trump for America. 29-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-yanvar 2017-yil.
- ↑ „Lillian R. Barcio Obituary“. Tributes. Tributes, Inc.. Qaraldi: 13-dekabr 2016-yil.
- ↑ „John Batten dies; ex-airline official“. The Indianapolis Star (6-mart 1988-yil). Qaraldi: 13-dekabr 2016-yil.
- ↑ Neal, Andrea. Pence: The Path to Power (inglizcha). Bloomington, IN: Indiana University Press, 1-avgust 2018-yil. ISBN 9781684350384.
- ↑ „Karen (Batton) Pence, '75, Indiana's First Lady“. Bishop Chatard High School (19-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 13-dekabr 2016-yil.
- ↑ Parker, Ashley. „Karen Pence is the vice president's 'prayer warrior,' gut check and shield“. The Washington Post (28-mart 2017-yil). Qaraldi: 28-mart 2017-yil.
- ↑ Rudavsky, Shari. „Karen Pence is right at home“. The Indianapolis Star (12-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 15-iyul 2016-yil.
- ↑ Superville, Darlene. „Karen Pence, the vice president's wife, aims to raise awareness about art therapy“. The Washington Times. Associated Press (17-fevral 2017-yil). Qaraldi: 23-iyun 2017-yil.
- ↑ Rosenberg, Eli. „The school that hired Karen Pence requires applicants to disavow gay marriage, trans identity“. The Washington Post (16-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 30-sentabr 2019-yil. „the second lady had taught at the school for 12 years previously when Mike Pence was a member of Congress.“.
- ↑ „Texas Marriages, 1966–2010“. familysearch.org. Qaraldi: 5-may 2017-yil.
- ↑ „Indiana, Marriage Certificates, 1958–2005: Michael Richard Pence“. ancestry.com. Qaraldi: 13-dekabr 2016-yil.
- ↑ Boorstein, Michelle. „What it means that Mike Pence called himself an 'evangelical Catholic'“. The Washington Post (18-iyul 2016-yil). Qaraldi: 13-dekabr 2016-yil.
- ↑ Chokshi, Niraj. „Who Is Karen Pence? A Brief Introduction to the Second Lady“. The New York Times (20-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 23-iyun 2017-yil.
- ↑ „Pence-Whitaker [marriage announcement“]. The Columbus Herald (21-iyun 1985-yil). Qaraldi: 13-dekabr 2016-yil.
- ↑ Glum, Julia. „Who Is Karen Pence? Meet Mike Pence's Wife, Potential US Second Lady From Indiana“. International Business Times (14-iyul 2016-yil). Qaraldi: 15-iyul 2016-yil.
- ↑ Klein, Betsy. „Karen Pence highlights art therapy with Asia-Pacific trip“. CNN (14-aprel 2017-yil). Qaraldi: 23-iyun 2017-yil.