Karvon
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Karvon (fors.) — 1) uzoq, joylarga yuk va odam tashuvchi, qator boʻlib ketayotgan hayvonlar (tuya, eshak, xachir, otlar), aravalar va ularni boshqaruvchi shaxslar guruhi, qatori. K. uzilib qolmasligi uchun eng oldingi va oxirgi hayvonga qoʻngʻiroq osib qoʻyilgan; 2) oʻzaro yordam va xavfsizlikni taʼminlash uchun birga qoʻshilib yoʻlga chiqqan yoʻlovchilar, sayyohlar yoki elchilar guruhi. K.ni karvonboshi boshqargan; 3) daryo K.i — oʻzi suza olmagani uchun qator qilib shatakka olingan kemalar (barja, sollar); 4) uzoq masofalarga maxsus yuk tashib beradigan kemalar birikmasi; ketma-ket ketayotgan yoki ketma-ket turgan bir necha kema.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |