Kasbi (shaharcha)
Kasbi (ruscha: Касби) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Kasbi tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan[2]. Kasbi shaharchasi Kasbi tumanining maʼmuriy markazi hisoblanadi.
Shaharcha | |
38°57′0″N 65°24′0″E / 38.95000°N 65.40000°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qashqadaryo viloyati |
tuman | Kasbi tumani |
Qachondan beri shaharcha | 2009 |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Pochta indeks(lar)i | 180600[1] |
|
Tarixi
tahrirKasbi tumani 1970-yilda tashkil etilgan. Kasbi shaharchasi avvaliga qishloq boʻlib, aholi soning oshganligi sababli ham 2009-yilda shaharcha maqomini olgan.
Oʻrta asrlarda asarb solnomachi sayyohlaridan Istahriy, Somoniy, Yaqut al-Hamaviy asarlarida kasba, Bezda — Bazda — Bezdava (hozirli Fazli) singari yirik qishloq nomlari tilga olinadi. Arman manbalarida esa hudud nomi Kazbion shaklida qoʻllanilib kelingan. Ularda muqaddas hudud hajmi kattaligiga koʻra Kasbi hatto Nasaf shahridan ham katta ekanligi aytib oʻtiladi. Kasbi nomi vaqf hujjatlarida ham uchraydi.
Etimologiyasi
tahrirKasbi nomiga qasaba (a) soʻzi asos boʻlgan degan taxminlar mavjud. Mazkur soʻzning ikki xil turdagi maʼnosi bor. Bu soʻz XX — XIX asrlarda tojik xalqlari orasida qoʻllangan. Asosan katta qishloq, kichik shahar sifatida qoʻllangan. Bu soʻzning ikkinchi maʼnosi gʻarov, qamish hisoblanadi. Shunga koʻra, hududning ayni Qashqadryo daryosining quyi qismlarida qamishzor hududlarida joylashganligini asos qilish mumkin. Lekin katta qishloq va kichik shaharcha maʼnosi ancha asosli va ishonchli hisoblanadi[3].
Iqlimi
tahrirKasbi shahrining iqlimi keskin kontinental boʻlib, yozi quruq, issiq va uzoq davom etadi. bahor va kuz oylarida yogʻin u qadar koʻp kuzatilmaydi. yanvarning oʻrtacha harorati 0° darajani, iyulniki esa 28.2-31.6° darajani tashkil qiladi.
Yogʻin miqdori
tahrirShaharcha hududida yogʻin miqdori juda oz. Yillik oʻrtacha 58-60 kun davomidagina yogʻin kuzatiladi. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 270 mm ni tashkil etadi. Ammo baʼzi yillari 310-320 mm gacha yogʻin tushgani aniqlangan.
Tuzilishi
tahrirKasbi shahrida 2-sonli kasb hunar maktabi, doʻkonlar, bitta xususiy korxona faoliyat yuritadi. Shaharchaga eng yaqin aholi yashash punktlari sharqda Jizza, shimolda Doʻrmon, gʻarbda Xoʻjakasbi, shimolda Kulqishloq hisoblanadi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Qashqadaryo pochta indekslari“. goldenpages.uz. Qaraldi: 08-2023.
- ↑ POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
- ↑ To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 136-137-bet. ISBN 978-9943-354-60-9.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |