Katarmaya togʻlari — Ziyovuddin togʻlarining tarmogʻi, Samarqand viloyati hududida. Eng baland joyi 818 m, uz. 20 km chamasida. Bir necha antiklinal strukturadan iborat. Togʻ jinsi qatlamlari joylarda intruziyalar bilan murakkablashgan. Katarmaya togʻlarining janubiy yon bagʻri ancha tik va quruq soylar bilan parchalangan. Shimoliy yon bagʻri Zarafshon vodiysiga zinapoyasimon pasayib tushadi. Kuesta relyef shakllari uchraydi. Katarmaya togʻlarining oddiy va toʻq boʻz tuproqlarida shuvoq, toshloqli joylarida tikonli bodom, qumoqli tuproqlarda qoʻngʻirbosh, iloq oʻsadi, gulisafsar va bugʻdoyiq keng tarqalgan. Yaylov sifatida foydalaniladi (oʻrtacha mahsuldorligi 1—3 s/ga).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil