Kate Capshaw

amerikalik aktrisa

Kathleen Sue Spielberg (talaffuzi: Ketlin Syu Spilberg; qizlik familyasi: Nail; 1953-yil 3-noyabrda tugʻilgan)[1], professional sifatida Kate Capshaw nomi bilan tanilgan. Amerikalik rassom va nafaqadagi aktrisa[2][3]. Uning bir portret ishi Smithsonian milliy portret galereyasida namoyish etilgan. O‘shandan beri, u Dreamscape (1984), Power (1986), SpaceCamp (1986), Black Rain (1989), Love Affair (1994), Just Cause (1995) va The Love Letter (1999) kabi filmlarida ham rol o‘ynagan.

Kate Capshaw
Tavalludi
Kathleen Sue Nail

3-noyabr 1953-yil (1953-11-03) (71 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Rassom, Aktrisa
Faoliyat yillari 1981—2001-yillar
Turmush oʻrtogʻi
Bolalari 7 nafar

Yoshligi

tahrir

Capshaw Kathleen Sue Nail ismi ostida Texasning Fort-Worth shahrida, sayyohlik agenti va kosmetolog Beverley Sue (qizlik familyasi: Simon) hamda aviakompaniya xodimi Edvin Leon Naillarning qizi bo‘lib tug‘ilgan[4]. U St. Louis shahri (Missuri)ga besh yoshida koʻchib oʻtadi va 1972-yilda Hazelwood markaziy oʻrta maktabini tamomlagan.

Capshaw Missuri universitetida taʼlim darajasiga ega boʻlib, u yerda Alpha Delta Pi aʼzosi boʻlgan. U Missuri shtatining Ashland shahridagi Janubiy Bun okrugi oʻrta maktabida va Columbia (Missuri) shahridagi Rock Bridge oʻrta maktabida dars bergan.

Aktrisa 1976-yil yanvar oyida marketing boʻyicha menejer Robert Capshawga turmushga chiqadi va 1980-yilda ajrashishdan oldin ularning Jessica Capshaw ismli bitta farzandli boʻladi. Biroq, u aktrisa boʻlganida oʻzining professional nomi uchun ishlatgan Capshaw familiyasini saqlab qoldi.

Faoliyati

tahrir
 
Capshaw 1984-yil, iyun oyida

Capshaw oʻzining aktyorlik orzusini amalga oshirish uchun New York shahriga koʻchib oʻtadi va oʻzining dastlabki rolini The Edge of Night teleserialida amalga oshiradi.

A Little Sex filmidagi kichik rol uchun suhbatdan soʻng, unga yetakchi xonim rolini taklif qilishadi. Shundan keyin, u The Edge of Night filmidan ishdan boʻshatishni soʻragan.

U 1984-yilda „Dreamscape“ filmida rol oʻynaydi va keyin Windy City filmida oʻsha paytdagi yigiti Armyan Bernstein tomonidan rejissyorlik qilingan ham rol oʻynaydi[5].

2001-yilda u Showtime Cable Networkda efirga uzatilgan televizion film A Girl Thingda[6] Stockard Channing, Rebecca De Mornay va Elle Macpherson bilan rol oʻynaydi[7].

U 2001-yilda "Due East " telefilmidagi chiqishidan soʻng, aktyorlik faoliyatini yakunlaydi.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Indiana Jones and the Temple of Doom (1984) filmini suratga olish jarayonida Capshaw keyinchalik turmushga chiqqan rejissyor Steven Spielbergbilan yaqinroq munosabat quradi. Aktrisa 1991-yil 12-oktyabrda Spielbergga turmushga chiqishdan oldin yahudiylikni qabul qilgan[8][9][10].

Capshaw 2012-yilda Demokratik partiyadan AQSh prezidenti Barack Obamani qayta saylanishini qoʻllab-quvvatlaydi[11].

Filmografiyasi

tahrir

Filmlarda

tahrir
Yil Sarlavha Rol Izohlar
1982 A Little Sex Katherine Harrison
1984 Indiana Jones and the Temple of Doom Willie Scott
1984 Best Defense Laura Cooper
1984 Dreamscape Jane DeVries
1984 Windy City Emily Reubens
1986 Power Sydney Betterman
1986 SpaceCamp Andie Bergstrom
1988 Private Affairs Brunetta
1989 Black Rain Joyce
1990 Love at Large Mrs. Ellen McGraw
1991 My Heroes Have Always Been Cowboys Jolie Meadows
1994 Love Affair Lynn Weaver
1995 Just Cause Laurie Prentiss Armstrong
1995 How to Make an American Quilt Sally Dodd
1997 The Locusts Delilah Ashford Potts
1997 The Alarmist Gale Ancona
1999 The Love Letter Helen MacFarquhar Shuningdek, produser

Televizion rollari

tahrir
Yil Sarlavha Rol Izohlar
1981 The Edge of Night Jinx Avery Mallory #1 TV Film
1982 Missing Children: A Mother’s Story Elaine Rogers TV Film
1987 The Quick and the Dead Susanna McKaskel TV Film
1987 Her Secret Life Annie TV Film
1988 Internal Affairs Joanna Gates TV Film
1993 Black Tie Affair Margo Cody TV serial; 13ta epizod
1994 Next Door Karen Coler TV Film
1996 Duke of Groove Rebecka Qisqa metrajli film
2001 A Girl Thing Casey Montgomery TV Film
2001 Due East Becky Purdue TV Film

Manbalar

tahrir
  1. Pohlen, Jerome. Oddball Texas. Chicago Review Press — 89-bet. 
  2. „UNACCOMPANIED, Kate Capshaw | 2019 | The Outwin: American Portraiture Today | Smithsonianʼs National Portrait Gallery“. 24-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyul 2022-yil.
  3. „Art review: At the National Portrait Gallery, the finalists in the 2019 Outwin Boochever Portrait Competition redefine the idea of portraiture. - The Washington Post“.
  4. „Edwin Nail, Kate Capshaw’s dad, dies at 65 Actress, her husband, Steven Spielberg, attend funeral“, Fort Worth Star-Telegram, December 30, 1998
  5. Spielberg: The Man, the Movies, the Mythology
  6. „The DVD of A Girl Thing“ reviewed at Amazon
  7. „Elleʼs Sexy Lesbian Romp.“ at Cinema.com
  8. Arenson, Karen W.. „From 'Schindler's List,' a Jewish Mission“. New York Times (24-sentabr 1995-yil), s. 1001030. Qaraldi: 17-dekabr 2018-yil.
  9. Weinraub, Bernard. „Film: Steven Spielberg Faces the Holocaust“. The New York Times (12-dekabr 1993-yil). 18-fevral 2001-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2018-yil.
  10. Sanello, Frank. Spielberg: The Man, the Movies, the Mythology. Taylor Publishing Co., 1996 — 274-bet. ISBN 9780878339112. 
  11. Weinger, Mackenzie (16-iyul 2011-yil). „Hollywood stars open wallets for Obama“. Politico. 21 November 2011da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-iyul 2011-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()

Havolalar

tahrir