Katta Bolxon togʻlari
Katta Bolxon togʻlari - Turkmanistonning gʻarbidagi togʻ tizmasi. Kichik Bolxon togʻlarilan Oʻzboyning quruq oʻzani va Kopetdogʻ tizmasining gʻarbiy chekkasi ajratib turadi. Uz. qariyb 70 km, bal. 1880 m gacha (Arlon togʻi). Shim. yon bagʻri juda tik va janubiy yon bagʻri nisbatan qiya antiklinoriydan iborat. Gʻarbiy davomi Kaspiy boʻyi tekisligining eng yangi yotqiziqlari ostida qolgan. Asosan, yura va boʻr davrlarining ohaktosh va qumtoshlaridan tuzilgan. Yon bagʻirlari, ayniqsa shimoliy yon bagʻri oʻsimlik oʻsmaydigan qoyalardan iborat. Etagidan 800 m balandlikkacha choʻl, chala choʻl, togʻ dashti landshaftiga ega, siyrak archazorlar uchraydi. Jan. yon bagʻrini daralar kesib yuborgan. Kichikroq maydonlarda lalmikorlik bilan shugʻullaniladi. Bu yerda doimiy oqar suvlar yoʻq. Yaqinida neft va ozokerit konlari bor.[1]
Manbalar
tahrir