Katta Viktoriya choʻli
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Katta Viktoriya choʻli (inglizcha: Great Victoria Desert) — Avstraliyaning jan. qismidagi choʻl, 26—30° j.k.lar oraligʻida. Mayd. 300 ming km2. Sharqda Styuart tizmasidan gʻarbda Shoʻr koʻllar deb atalgan tekislikkacha 1200 km ga choʻzilgan. Kengligi 550 km gacha, oʻrtacha bal. 150–300 m. Yer yuzasi joʻyakli qumlardan iborat boʻlib, ular boshoqli oʻsimlik ildizlari bilan mustahkamlangan. Pastqam joylarida akatsiya va past boʻyli evkaliptlar oʻsadi. Yillik yogʻin 125–250 mm. Choʻlda suv deyarli yoʻq, shu sababdan yurish juda qiyin. K.V.ch.ni birinchi marta 1875-yilda ingliz tadqiqotchisi E. Jaylos kesib oʻtgan. Milliy park bor.[1]
Katta Viktoriya choʻli inglizcha: Great Victoria Desert | |
29°9′0″S 129°16′0″E / 29.15000°S 129.26667°E | |
Mamlakat | Avstraliya |
Joylashuvi | Avstraliya |
Maydoni | 422 466 km² |
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |