Kazys Grinius (talaffuzi: [kɐˈzʲiːs ˈɡʲrʲɪnʲʊs], 1866-yil 17-dekabr1950-yil 4-iyun) – Litvaning uchinchi prezidenti boʻlib, 1926-yil 7-iyundan 1926-yil 17-dekabrgacha ushbu lavozimni egallagan[1][2]. Ilgari u 1920-yil 19-iyundan 1922-yil 18-yanvargacha Litvaning beshinchi Bosh vaziri boʻlib ishlagan. Holokost paytida odamlarni qutqargani uchun vafotidan soʻng, 2016-yilda Litva hayotni qutqaruvchi xochi (inglizcha: Life Saving Cross) bilan taqdirlangan va Xalqlar orasida solih (inglizcha: Righteous Among the Nations) deb tan olingan[3].

Kazys Grinius

Grinius 1926-yilda
3-Litva Prezidenti
Mansab davri
1926-yil 7-iyun – 1926-yil 17-dekabr
Oʻtmishdoshi Aleksandras Stulginskis
Vorisi Jonas Staugaitis
5-Litva Bosh vaziri
Mansab davri
1920-yil 19-iyun – 1922-yil 18-yanvar
Prezident Aleksandras Stulginskis
Oʻtmishdoshi Ernestas Galvanauskas
Vorisi Ernestas Galvanauskas
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 17-dekabr 1866-yil
Selema, Augustów Guberniyasi, Rossiya Imperiyasi
Vafoti 4-iyun 1950-yil(1950-06-04)
(83 yoshda)
Chikago, Illinoys, AQSh.
Siyosiy partiyasi Litva xalq dehqonlari ittifoqi
Bolalari Liūtas Grinius (1989-yilda vafot etgan)
Alma mater Imperator Moskva universiteti (1893)

Hayoti

tahrir

Grinius Rossiya imperiyasining bir qismi boʻlgan Avgustuv gubernatorligidagi Marijampole yaqinida joylashgan Selema shahrida tugʻilgan. U Imperator Moskva universitetida tibbiyot fakultetida tahsil olgan. Yoshligidan Litva siyosiy faoliyatiga aralashib, Rossiya imperiyasi tomonidan taʼqibga uchragan. 1896-yilda u Litva Demokratik partiyasi (LDP) va Litva xalq dehqonlari ittifoqi (LVLS) partiyalarining asoschilaridan biri edi. Oʻsha yili u Joana Pavalkytėga uylangan. Bir muncha vaqt ular Virbalisda yashagan. 1899-yilda ularning oʻgʻli Kazys[4], 1902 yilda esa qizi Grajina tugʻildi. Birinchi jahon urushi paytida ular Kislovodskda yashagan. 1918-yilda Qizil Armiya hujumi paytida uning xotini va qizi rus terrorchilari tomonidan oʻldirilgan[2]. Ular Kislovodsk qabristoniga dafn qilingan.

1918-yilda Litva mustaqillikka erishgach, Grinius Litva xalq dehqonlari ittifoqi partiyasi aʼzosi sifatida Taʼsis majlisiga aʼzo boʻldi. U 1920-yildan 1922-yilgacha bosh vazir lavozimida ishlagan va Sovet Ittifoqi bilan shartnoma imzolagan[1][2]. U 3-chaqiriq Litva Respublikasi Seymi tomonidan prezident etib saylangan. Biroq u atigi olti oy xizmat qilgan. U Litvani egallash uchun yaqin orada kommunistik fitna borligini daʼvo qilgan Antanas Smetona boshchiligidagi toʻntarish natijasida agʻdariladi[2]. Grinius keyinchalik Kaunasda tibbiyot bilan shugʻullangan[2]. 1941-yilda fashistlar Germaniyasi Litvaga bostirib kirganida, Grinius Litvani har qanday xorijiy kuchlar tomonidan bosib olinishiga qarshi chiqqani uchun nemislar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortadi. 1944-yilda Sovet armiyasi Litvani qayta bosib olgach, u Gʻarbga qochgan va 1947-yilda AQShga koʻchib ketgan[1][5].

Kazys Grinius 1950-yilda Chikagoda vafot etgan[1][2][5]. 1990-yilda Litva mustaqillikka erishgach, uning qabri Litvaga qaytariladi va qayta dafn etiladi.

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Dr. Kazys Grinius Dies; Ex-President of Lithuania“. Evening Star (1950-yil 5-iyun), s. 12. Qaraldi: 2023-yil 29-iyun. Andoza:Open access
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 „Grinius, Former Lith President, Dies Here at 83“. Chicago Tribune (1950-yil 5-iyun), s. 59. Qaraldi: 2023-yil 30-iyun. Andoza:Open access
  3. „Apdovanoti pasaulio tautų teisuoliai“ (lt-LT). www.jmuseum.lt (2016-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 4-yanvar.
  4. „Col. Grinius Haed of Lithuanian National Council“. The Lithuanian American Week (1942-yil 10-aprel), s. 1, 2. Qaraldi: 2023-yil 1-iyul. Andoza:Open access
  5. 5,0 5,1 "Kazys Grinius". Encyclopædia Britannica. http://www.britannica.com/EBchecked/topic/246334/Kazys-Grinius. <!--->