Keles (daryo)
Keles (qozoqcha: Келес Keles) — Qozogʻistonning Jan. Qozogʻiston viloyati va Oʻzbekistonning Toshkent viloyatidagi daryo. Sirdaryoning oʻng irmogʻi. Uzunligi 241 km, havzasi mayd. 3310 km². Qorjontov tizmasidan boshlanuvchi Juzumduk va Jegergen soylarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Qoplonbek qishlogʻidan quyiroqda juda sayozlanib qoladi. Havzasi past togʻlarda boʻlganidan u qadar sersuv emas, daryoning tekislikka chiqish joyida (Gorniy qishlogʻi yonida) oʻrtacha yillik suv sarfi 5.72 m³/sek. Qor-yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Suvi fevraldan koʻpaya boshlaydi, aprelda eng koʻp, avgustda eng kam boʻladi. K.ning Uya, Qorjon, Oqparak va Koʻpak kabi irmoklari bor.[1]
Keles (daryo) | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 241 |
Suv sarfi | 6,5 m³/s |
Davlat | Qozogʻiston va Oʻzbekiston |
Manbalar
tahrir