Errou Kennet Jon (1921, NyuYork) — amerikalik iktisodchi, iqtisod doktori (1951). Chikago universitetida professor assistenti (1948-49), Stanford (1949-68) va Garvard (1968-74) universitetlarida professor AQSH Milliy Fanlar Akademiyasi, Ekonometrika jamiyati va boshqalar tashkilotlar aʼzosi. E.ning tadqiqot doirasi nihoyatda keng boʻlib, uning asarlarida boshqarish nazariyasi, ilmiytexnika taraqqiyoti iqtisodiyoti va ayniqsa, iqtisodiyotda matematik usullarni qoʻllash bilan bogʻliq masalalar qoʻproq tahlil etiladi. E. Debryo bilan birgalikda umumiy iqtisodiy muvozanat modelini ishlab chiqqan (ErrouDebryo modeli). J.Xiksning individual kutilmalarga asoslangan nazariy konsepsiyasi E. va F.Xan tadqiqotlarida davom ettiriddi va takomillashtiridsi, keyinchalik shu asosda adaptiv va ratsional kutilmalar nazariyalari (R.Lukas) yaratildi. E. umumiy iqtisodiy muvozanat va farovonlik nazariyasiga muhim hissa qoʻshdi. Asosiy asarlari: „Zaxiralar va ishlab chiqarishning matematik nazariyasi boʻyicha tadqiqotlar“, 1958; „Ijtimoiy tanlov va yakka qadriyatlar“, 1951; „Xatarlar nazariyasi ocherklari“, 1970; „Raqobatning umumiy tahlili“ (hamkorlikda), 1971. Nobel mukofoti laureati (1972; J. R. Xiks bilan hamkorlikda)[1][2].

Kenneth Joseph Arrow (1996)

Manbalar

tahrir