Basketbol

jamoaviy sport oʻyini
(Kgwele ya ntlatlanadan yoʻnaltirildi)

Basketbol (inglizcha: basket; soʻzidan olingan boʻlib, basket — savat, 'ball' — toʻp) har birida beshtadan oʻyinchi ishtirok etadigan jamoaviy sport turidir. Oʻyindan asosiy maqsad — toʻpni qoʻl bilan oʻynagan holda 3,05 m balandlikdagi shitga mustahkamlangan savatga tushirib, imkon qadar koʻproq ochko olish. Jahondagi eng kuchli basketbol ligasi ham Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi (MBA) dir. Liganing nomdor professional basketbolchilari 1992-yilgi Olimpiadadan boshlab AQSH terma jamoasi sharafini yirik musobaqalarda ham himoya qilib kelmoqda. Olimpiada oʻyinlari basketbol turnirida eng koʻp AQSH terma jamoasi gʻolib chiqqan — 12-marta, faqatgina SSSR 2-marta (1972, 1988), Yugoslaviya (1980) va Argentina (2004) Olimpiada chempioni nomini tortib olgan.

Basketbol
Eng yuqori boshqaruvchi tashkilot FIBA
Xarakteristikalari
Kontakt Yoq
Jamoa aʼzolari har tomondan 5 dona
Aralash jins Ha, alohida musobaqalar
Turkum Toʻpli sport, jamoa sporti
Anjom Basketbol toʻpi
Oʻynaladigan joy Basketbol maydoni
Olimpik oʻyin Ha, 1936-yildan
Mintaqa Butun dunyo
Michael Jordan basketbol matchida slam dunk qilmoqda.

Basketbol tarixidagi eng buyuk oʻyinchilar AQSHlik Karim Abduljabbar, Lerri Berd, Medjik Djonson, Uilt CHemberlen, Uilyam Rassel, Michael Jordan hisoblanishadi. Zamonaviy basketbol yulduzlaridan Shakil Oʻnil, Kobi Brayant, Tim Dankan, Alen Ayverson, Lebron Djeymslarni eʼtirof etish mumkin. Yevropa basketboli yulduzlaridan rossiyalik Andrey Kirilenko, germaniyalik Dirk Novitski, ispaniyalik Pou Gazol, serbiyalik Predrag Stoyakovich va fransiyalik Toni Parkerlarni eʼtirof etish mumkin. Shuningdek xitoylik Yao Min va argentinalik Emmanuel Jinobili ham Dune basketbol ixlosmandlari orasida katta nufuzga ega.

Basketbol topining og’irligi: 600–650 g

Basketbol oʻyinchilarining pozitsiyalari

tahrir
 
pozitsiyalari
 
Basketbol toʻpi

Odatda, basketbol oʻyinchilari quyidagi pozitsiyalarda oʻynashadi:

  • Hujumkor himoyachi (ing. Shooting guard, SG); uning vazifasi — uzoq masofadan toʻpni savatga tushirish. Jamoa himoyalanayotganda esa, uch ochkolik zarbalardan savatni himoya qilish. Ularni jamoaning „snayperi“ deb ham atash mumkin. Ular chaqqon va tezkor boʻlishadi. Shuningdek, yaxshi sakray olishadi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 193–201 sm ni tashkil qiladi. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, koʻplab basketbol afsonalari, masalan, Michael Jordan, Reggie Miller, Clyde Drexler, Oscar Robertson, Jerry West, Allan Houston, Allan Iverson, Kobe Bryant, Dwayne Wade kabilar aynan hujumkor himoyachi boʻlishgan. Hozirgi kunda oʻynayotgan NBA oʻyinchilaridan James Harden va Klay Thompsonni ham alohida aytib oʻtish mumkin.
  • Pleymeyker (ing. Point guard, PG); Jamoaning „miya“si. Hamma hujumlar aynan shu oʻyinchi orqali boshlanadi. U maydondagi barcha oʻyinchilarning joylashuvi vaziyatini va imkoniyatlarini oʻrganib, hujum uchun kerakli yoʻnalishni tanlaydi. Toʻp bilan muomala qilish darajasi juda yuqori. Maydonni yaxshi koʻra olishadi. Himoya vaqtida esa raqib tezkor qarshi hujumga oʻtib ketishining oldini olishadi. Jamoaning boshqa oʻyinchilariga nisbatan biroz past boʻyli boʻlishi ham mumkin. Oʻrtacha boʻyi taxminan 185-195 sm ni tashkil qiladi. Bu pozitsiyada oʻynagan eng mashhur oʻyinchi bu Magic Johnsondir. U 3-marta NBAning eng qimmatli oʻyinchisi deb eʼtirof etilgan. Bunday unvonga yana Oscar Robertson, Allen Iverson, Steve Nash va Stephen Currylar erishishgan. NBA boʻyicha eng koʻp samarali toʻp uzatishlar soni 15086 ga teng boʻlib, bu natija John Stockton ga tegishli.
  • Kichik hujumchi (ing. Small forward, SF); vazifasi hujumkor himoyachinikiga oʻxshash, lekin boʻy jihatdan biroz balandroq boʻlishadi (oʻrtacha boʻyi taxminan 195–210 sm), shuningdek, maydonning istalgan nuqtasidan savatga toʻp tashlay oladi, raqib toʻplarini qaytarish uchun blok (ing. Block shoot) qoʻyishadi. Bu pozitsiyada oʻynaydigan mashhur oʻyinchilardan LeBron James, Kevin Durant, Skotty Pippen, Carmelo Anthony va rossiyalik basketbolchi Andrei Kirilenkolarni aytib oʻtish mumkin.
  • Ogʻir hujumchi (ing. Power forward, PF); asosiy vazifasi hujum vaqtida va himoyalanishda savatdan qaytgan toʻplarni qoʻlga kiritish. Shu sababli bu pozitsiyada oʻynaydigan oʻyinchilar jismonan baquvvat va chidamli boʻlishadi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 200–215 sm ni tashkil etadi. Asosan, toʻpni savatga slem-dank koʻrinishida tushirishadi. Boshqa pozitsiyadagi oʻyinchilar, masalan, hujumkor himoyachi yoki kichik hujumchi ham bunday dankni amalga oshirishi mumkin. Lekin ogʻir hujumchilar bu zarbani mutlaqo boshqacha kuch bilan ijro etishadi. Bu pozitsiyada oʻynagan Kevin Garnett, Tim Duncan, Dirk Nowitzki, Dennis Rodman, Ben Wallace kabi oʻyinchilarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
  • Markaziy oʻyinchi (ing. Center, C); uning vazifasi — jamoa himoyalanayotganda, savatni himoya qilish va raqibga savatdan qaytgan toʻp (ing. rebound)ni qoʻlga kiritishiga yoʻl qoʻymaslik. Hujum vaqtida esa, aynan savatdan qaytgan toʻplarni raqib savatiga tushirish bilan shugʻullanishadi. Bu toifadagi basketbolchilar jamoaning boshqa aʼzolariga nisbatan boʻydorroq va jismonan baquvvatroq boʻlishadi. Jarimadan toʻpni savatga tushirishda esa, koʻrsatkichlari 70 % dan kamroq boʻladi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 210–225 sm boʻladi. Bu pozitsiyada oʻynagan eng yorqin basketbolchilardan biri — bu Uilt Chemberlendir. Uning baʼzi rekordlari haligacha ham yangilanmagan (masalan, u bitta oʻyinda 100 ochko toʻplagan yagona oʻyinchi hisoblanadi). Shuningdek, Shaquille O'Neal, Alexsander Belov, Arvydas Sabonis, Yao Min,Dwight Howard, Patric Young, David Robinson, Kareem Abdul-Jabbar kabi oʻyinchilar ham basketbol tarixidagi eng kuchli markaziy oʻyinchilar hisoblanadi.

Manbalar

tahrir