Olimpiada oʻyinlari

yirik xalqaro multisport musobaqa
(Olimpiadadan yoʻnaltirildi)

Olimpiya oʻyinlari — har toʻrt yilda oʻtkaziluvchi yirik xalqaro sport musobaqalari. Olimpiya oʻyinlari Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi vasiyligi ostida 4 yilda bir marotaba oʻtkaziladi. Olimpiya oʻyinlarining Yozgi va qishki oʻyinlari mavjud.

Tarixi

tahrir

Olimpiada oʻyinlari - 1) Yunonistonda umumyunon bayrami va musobaqalari (2 gʻildirakli aravada tez yurish, beshkurash, mushtlashish musobaqalari, sanʼat konkursi). Miloddan avvalgi 776-yildan boshlab milodiy 394-yilgacha har 4 yilda Olimpiya shahrida xudo Zevs sharafiga oʻtkazilgan. Ana shu 4 yillik davr Olimpiada deb atalgan. Oʻyinlar 5 kun davom etgan;

2) Yunonistonning Olimpiya oʻyinlarini eslatuvchi jahon sport musobaqalari. 1896-yil (Olimpiadaning 1-yili)dan boshlab oʻtkaziladi. Olimpiya oʻyinlarini oʻtkazish tartibi, qoidalari Olimpiya hartiyasida belgilab berilgan. Bu hartiyani zamonaviy olimpiya harakati asoschisi, fransiyalik jamoat arbobi Pyer de Kuberten (1863—1937) ishlab chiqqan. 1894-yil Parijda Xalqaro sport kongressi hartiyani tasdiqlagan (yangi tahriri 1999-yil qabul qilingan). Oʻyinlar Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ) tomonidan tashkil qilinadi. Oʻyinlarda musobaqalar sportning faqat olimpiya turlari boʻyicha oʻtkaziladi. Olimpiya sport turi hartiyaga binoan aniqlanib, u eng keng tarqalgan (yozgi oʻyinlarning erkaklar uchun sport turi 4 qitʼaning kamida 75 davlatida va ayollar uchun esa, 3 qitʼaning kamida 40 davlatida tarqalgan) boʻlishi kerak. Dasturga yengil atletika, gimnastika, suzish, ogʻir atletika, kurash, boks, qilichbozlik, eshkak eshish, velosport, futbol, basketbol musobaqalari kiritilgan. 1968-yildan Olimpiya oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi XOQ tomonidan tasdiqlangan madaniy dastur tadbirlarini oʻtkazib keladi. Bu tadbirlar sanʼat vositasida olimpiadaning xalqlar oʻrtasida tinchlik va totuvlik ideallarini targʻib qilishga qaratilgandir. 1924-yildan Olimpiya oʻyinlarining qishki qismi mustaqil musobaqalar sifatida oʻtkaziladi (qarang Qishki olimpiada).

Olimpiada shiori „Tezroq, balandroq, kuchliroq“ (lotincha: „Citius, altius, Fortius“) 1920-yildan olimpiada emblemasiga kiradi.

Olimpiya oʻyinlarining ramzi - besh qitʼani ifoda etuvchi beshta birikkan xalqadan iborat. 5 halqa — olimpiada harakatiga birlashgan 5 ta qitʼa ramzi. Yuqori qatordagi ranglar: havorang - Yevropa, qora - Afrika, qizil - Amerika, pastki qatorda: sariq - Osiyo, yashil - Avstraliya.

 
Beshta Olimpiya xalqasi 1913-yilda yaratilib, 1914-yili qabul qilingan va 1920-yili Antverpendagi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida deb yuritilgan

Bayroq

tahrir

Olimpiada bayrogʻi — Olimpiada timsoli (5 halqa) tushirilgan oq mato barcha Olimpiya oʻyinlarida koʻtariladi. Olimpiya oʻyinlarining anʼanaviy atributa Olimpiada mashʼalasidir. U Alfey daryosi vodiysidagi Kronos togʻ yon bagʻrida quyosh nurlaridan yondirilib, oʻyinlarning tantanali ochilishiga estafeta bilan olib kelinadi va olimpiada stadionidagi maxsus mehrobda oʻyinlar yopilguncha (16 kun) yonib turadi. Он

Olimpiya oʻyinlarining vujudga kelishi

tahrir

Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, birinchi Olimpiya oʻyinlari eramizdan avvalgi 776-yilda oʻtkazilgan. Oʻyinlar antik olimpiya xudolariga bagʻishlangan boʻlib, oʻyin musobaqalari qadimgi Olimpiya maydonlarida oʻtkazilgan. Asrlar oʻtib eramizning 393-yili Olimpiya oʻyinlari imperator Feodosiya buyrugʻi bilan toʻxtatilgan. Antik Olimpiya oʻyinlari Pelopones gʻarbiy qismida joylashgan qadimgi Olimpiyada oʻtkazilib kelingan. Grek mifalogiyasiga koʻra, Olimpik oʻyinlar asosi Pelopsa orollarida vujudga kelgan. Qadimgi Olimpiya oʻzining goʻzal tabiati, maftunkorligi bilan, shuningdek, oʻzining muhtasham ibodatxonalari va sport maydonlari bilan ajralib turadi. Eramizdan avvalgi 10-asrlarda Olimpiyada madaniy marosimlarni hamda boshqa diniy va siyosiy tadbirlarni oʻtkazishga xizmat qilgan joy hisoblangan. Olimpiyaning markazi qismida hashamatli Zevsa, uning togʻrisida esa Geri ibodatxonasi qad koʻtargan. Olimpiya oʻyinlari Zevsga sigʻinish, diniy marosimlar bilan chambarchars bogʻliq edi. Soʻzsiz oʻyinlar yuqori saviyada oʻtkazilib, grek shaharlari oʻrtasida oʻzaro munosabatlarni yaxshilashga yoʻnaltirilgan edi. Qadimgi miflarda aytilishicha, Olimpiya oʻyinlarining tugʻilishi yarimxudo Gerakl nomi bilan bogʻliq.

12 asrdan buyon qadimgi Olimpiya oʻzining qadimiy oʻyinlar oʻtkaziladigan maydoni va otchoparlarida muxlislar qalbidan joy olgan chaqqon hamda baquvvat sportchilarni namoyon qildi. Sportchilarning nomlari ularning Olimpiya gʻalabalari tarix varoqlarida muxrladi. Qadimgi Olimpiada oʻyinlarida barcha ozod erkaklar — Gretsiyada yashovchilar qatnashish huquqiga ega boʻlgan. Megardan general Orsip, choʻpon Polimnist, Rodos orolidan qirol oilasi aʼzosi Diagor, Makedoniya qiroli Aleksandr I, faylasuf Demokrit — bularning barchasi qadimgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchilari boʻlishgan.

Zamonaviy olimpiada oʻyinlari

tahrir
 
Yozgi Olimpiada o'yinlari o'tqazilgan mamlakatlar. Yashil rangda Olimpiada o'yinlariga mezbonlik qilgan mamlakatlar. Ko'k rangda olimpiya o'yinlariga ikki va undan ortiq mezbonlik qilgan mamlakatlar.

Olimpiya oʻyinlari oʻtkazilgan joylar

tahrir
  Yozgi Olimpiya oʻyinlari Qishki Olimpiya oʻyinlari
Oʻtkazilish yili Oʻyinlar Shahar Davlat Oʻyinlar Shahar Davlat
1896 I Afina (1)   Greece Yunoniston (1)
1900 II Parij (1) Fransiya (1)
1904 III Sent-Luis, Missuri shtati (1) AQSh (1)
1906 navbatsiz Afina Yunoniston
1908 IV London (1) Buyuk Britaniya (1)
1912 V Stokgolm (1) Shvetsiya (1)
1916 VI (bekor qilingan) Berlin Olmoniya
1920 VII Antverpen (1) Belgiya (1)
1924 VIII Parij (2) Fransiya (2) I Shamoni (1) Fransiya (1)
1928 IX Amsterdam (1) Niderlandlar (1) II Sankt Moris (1) Shveysariya (1)
1932 X Los Anjeles (1) AQSh (2) III Leyk Plesid, Nyu York shtati (1) AQSh (1)
1936 XI Berlin (1) Olmoniya (1) IV Garmish Partenkirhen (1) Olmoniya (1)
1940 XII (bekor qilingan) Helsinki Finlandiya (V) (bekor qilingan) Garmish Partenkirhen Olmoniya
1944 XIII (bekor qilingan) London Buyuk Britaniya (V) (bekor qilingan) Kortina d'Ampesso Italiya
1948 XIV London (2) Buyuk Britaniya (2) V Sankt Moris (2) Shveysariya (2)
1952 XV Helsinki (1) Finlandiya (1) VI Oslo (1) Norvegiya (1)
1956 XVI Melburn (1) va Stokgolm1 (2) Avstraliya (1) va Shvetsiya VII Kortina d'Ampesso (1) Italiya (1)
1960 XVII Rim (1) Italiya (1) VIII Skvo Velli (1) AQSh (2)
1964 XVIII Tokio (1) Yaponiya (1) IX Insbruk (1) Avstriya (1)
1968 XIX Mehiko (1) Meksika (1) X Grenobl (1) Fransiya (2)
1972 XX Myunhen (1) Olmoniya (2) XI Sapporo (1) Yaponiya (1)
1976 XXI Monreal (1) Kanada (1) XII Insbruk (2) Avstriya (2)
1980 XXII Moskva (1) SSSR (1) XIII Leyk Plesid, Nyu York shtati (2) AQSh (3)
1984 XXIII Los Anjeles (2) AQSh (3) XIV Sarayevo (1) Yugoslaviya (1)
1988 XXIV Seul (1) Janubiy Koreya (1) XV Kalgari (1) Kanada (1)
1992 XXV Barselona (1) Ispaniya (1) XVI Albervil (1) Fransiya (3)
1994 XVII Lillehammer (1) Norvegiya (2)
1996 XXVI Atlanta, Jorjiya shtati (1) AQSh (4)
1998 XVIII Nagano (1) Yaponiya (2)
2000 XXVII Sidney (1) Avstraliya (2)
2002 XIX Solt Leyk Siti, Yuta shtati (1) AQSh (4)
2004 XXVIII Afina (2) Yunoniston (2)
2006 XX Turin (1) Italiya (2)
2008 XXIX Pekin2 (1) Xitoy (1)
2010 XXI Vankuver (1) Kanada (2)
2012 XXX London (3) Buyuk Britaniya (3)
2014 XXII Sochi (1) Rossiya (1)
2016 XXXI Rio-de-Janeyro (1) Braziliya (1)
2020 XXXII Tokio (1) Yaponiya (1)
1 Ot sporti boʻyicha bellashuvlar Stokgolm (Shvetsiya)da oʻtkazilgan.
2 Ot sporti boʻyicha bellashuvlar Gonkongda oʻtkaziladi.
 
Xuan Antonio Samaranch Olimpiya Oltin ordenini Islom Karimovga topshirmoqda

Olimpiada oʻyinlarida Oʻzbekiston

tahrir

Oʻzbekiston sportchilari Olimpiya oʻyinlarida 1952-yildan buyon (1992-yilgacha sobiq Ittifoq va MDH sportchilari jamoasi tarkibida, 1996-yildan buyon mustaqil davlat vakili sifatida) qatnashib keladi. Olimpiada harakatini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov XOQ tomonidan Olimpiada oltin ordeni bilan taqdirlangan (1996).[1]

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil