Kiki Kogelnik
Kiki Kogelnik (22-yanvar 1935-yil, Grats — 1-fevral 1997-yil, Vena) — avstriyalik rassom, haykaltarosh, grafik rassom. Avstriyaning janubida tugʻilgan, Vena tasviriy sanʼat akademiyasida tahsil olgan va 1961-yilda Nyu-Yorkka koʻchib ketgan. Kogelnik pop art harakatidan boʻlganligiga qaramay, Avstriyaning eng muhim rassomi hisoblanadi.
Kiki Kogelnik | |
Tavalludi | 22-yanvar 1935-yil Grats |
Vafoti | 1-fevral 1997-yil (62 yoshda) Vena |
Millati | Avstriya |
Sohasi | rassom |
Taʼlimi | Vena tasviriy sanʼat akademiyasi |
Oqim | pop-art |
Hayoti va ijodi: 1960-yillar
tahrirKogelnik oʻz faoliyatini 1961-yilda Venadagi „Nächst St. Stephan“ galereyasida ab strakt asarlarni namoyish etishdan boshlagan. Oʻsha paytda unga Parij maktabidan boʻlgan Serge Poliakoff taʼsir koʻrsatadi, ammo keyinchalik Nyu-Yorkda boʻlgan vaqtida pop art harakati taʼsrida oʻzining yoʻnalishini topadi. Kogelnik avstriyalik abstrakt ekspressionist rassom Arnulf Rainer bilan unashtirilgandi.
Kogelnik yana bir amerikalik abstrakt ekspressionist rassom Sam Francis bilan yaqin munosabatda boʻlgan boʻlib, u bilan 1961-yilda Nyu-York, Santa Monika, Kaliforniyada birga vaqtini oʻtkazgan. Kogelnik 1962-yilda Nyu-Yorkka koʻchib oʻtib, bu yerda Roy Lichtenstein, Claes Oldenburg, Andy Warhol, Larry Rivers, Tom Wesselmann, Joan Mitchell, Robert Rauschenberg va Jasper Johns kabi rassomlar qoʻshilgan guruhga qoʻshildi.
1960-yillarning boshlarida Kogelnik oʻz rasmlarini yaratish uchun doʻstlarining haqiqiy oʻlchamdagi trafaretlaridan foydalana boshladi. 1965-yilda bu prototipli kesmalar vinil ilgichlarga aylandi.
Kogelnik 1966-yilda Londonda boʻlganida, uning Nyu-Yorkdagi studiyasi katta yongʻinga duchor boʻladi. Kogelnik yongʻin oldidan endigina koʻchib oʻtgan boʻlsa-da, uning pastdagi qoʻshnisi, amerikalik rassom Alfred Lesli[1] oʻzining barcha ijodiy asarlarini mahrum boʻladi. Oʻsha yili Kogelnik Londonda radiolog-onkolog doktor Jorj Shvartsga turmushga chiqadi, 1967-yilda oʻgʻli Mono tugʻiladi va tez orada u Nyu-Yorkka qaytib keladi. 1969-yilda Kogelnik Apollon 11ning oyga qoʻnishi paytida Venadagi „Galerie Nächst St. Stephan“da „Oyning sodir boʻlishi“ asarini yaratdi[2].
1970-yillar
tahrir1970-yillarda Kogelnik „Ayollar ishi“ deb nomlangan, tijorat reklamasida tasvirlangan ayol roliga oʻz eʼtiborini qarata boshlaydi. Feministik masalalarni kinoya, hazil va salqin pop estetikasi bilan birlashtirish Kogelnikning oʻsha davrdagi ijodiga xos boʻlgan. 1974-yilda vaqti-vaqti bilan keramika bilan shugʻullana boshlaydi.
1978-yilda Kogelnik Jim Carroll va boshqalar ishtirok etgan 16 mmli qora va oq rangli, qisqa metrajli filmni ishlab chiqargan va filmga rejissyorlik qilgan[3].
Oʻlimi va merosi
tahrirKiki Kogelnik 1997-yil 1-fevralda Vena shahrida saraton kasalligidan vafot etadi. Uni Blayburgda dafn qilishadi. Oʻsha yili Venadagi Österreichische Galerie Belvedere muzeyi uning asarlarining katta retrospektivini oʻtkazadi. 1998-yilda Kogelnik vafotidan keyin Avstriyaning sanʼat sohasidagi eng yuqori medali — Avstriyaning „Fan va sanʼat uchun“ faxriy nishoni bilan taqdirlandi. Oldinroq Kogelnik 1995-yilda tasviriy sanʼat boʻyicha Vena shahri mukofotiga sazovor boʻlgandi.
Rassom vafotidan keyin Vena va Nyu-Yorkda ofislari boʻlgan Amerika notijorat tashkiloti Kiki Kogelnik fondi tuzildi[4]. Fondning vazifasi Kiki Kogelnikning ijodiy merosini himoya qilish, hujjatlashtirish, tadqiq qilish va abadiylashtirishdan iborat. 2009-yildan boshlab fond Nyu-Yorkda sanʼat tarixini tadqiq qilish uchun tashkil etilgan Kogelnik asarlari maʼlumotlar bazasini saqlash va kengaytirishni davom ettirdi va Catalogue raisonné yaratishdi.
2003-yilda Avstriya pochtasi Kogelnikning „Prenez Le Temps d’Aimer“ (1973) kartinasi aks ettirilgan 55 yevrosentlik markani chiqaradi.
2015-yilda Kogelnik Tate Modernda boʻlib oʻtgan The World Goes Pop koʻrgazmasiga kiritiladi. Koʻrgazma 2015-yil 17-sentyabrdan 2016-yil 24-yanvargacha davom etgan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ „Альфред Лесли“. 2021-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-aprel.
- ↑ „Moonhappening by Kiki Kogelnik on artnet (1969)“. 2021-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-aprel.
- ↑ „KIKI KOGELNIK“. 2021-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-aprel.
- ↑ „Kiki Kogelnik Foundation“. 2021-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-aprel.
- ↑ „THE EY EXHIBITION THE WORLD GOES POP (17 SEPTEMBER 2015 — 24 JANUARY 2016)“. 2021-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-aprel.
Adabiyotlar
tahrir- Biografiya (Wayback Machine saytida 2021-04-12 sanasida arxivlangan) (KKF)
- Kiki Kogelnik / Dana Miller. — Mitchell-Innes va Nash (2020 yil 11-fevral). — 76 bet. ISBN 0998631280, ISBN 978-0998631288
- Kiki Kogelnik: Ichki hayot / Jenni Sorkin, Vendi Vogel. — Xatje Kants (24.10.2017). — 120 bet. ISBN 9783775743372