Kim Pengir
Kim Pengir (1899-yil, Koreya, Shimoliy Hamgyon viloyati, Dongsen okrugi – 1978-yil, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR[1]) – Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi „Polyarnaya zvezda“ kolxozining aʼzosi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1949)[2].
Kim Pengir | |
---|---|
Tavalludi |
1899-yil Shimoliy Hamgyon viloyati, Dongsen okrugi, Koreya |
Vafoti |
1978-yil Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirKim Pengir 1899-yilda Koreyaning Shimoliy Hamgyong viloyati, Dongsen okrugida dehqon oilasida tugʻilgan. 1910-yildan u ota-onasi bilan Rossiyaning Uzoq Sharq hududiga koʻchib oʻtadi. 1920-yillarda Uzoq Sharq oʻlkasining Vladivostok tumani Manzovka qishlogʻida dehqonchilik bilan shugʻullangan.
Kim Pengir 1937-yilda Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyatidagi maxsus posyolkaga surgun qilingan. 1939-yildan Oʻrta Chirchiq tumanidagi „Polyarnaya zvezda“ kolxozi aʼzosi hisoblanadi.
1948-yilda Kim Pengir jamoasi 6,7 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 81,2 sentner sholi yigʻib oldi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1949-yil 18-maydagi farmoni bilan „Kolxozda barcha turdagi majburiy topshiriqlar va shartnomalarni toʻliq bajargani, sugʻoriladigan yerlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, sholidan yuqori hosil olgani uchun“ Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, „1948-yilda MTS ishi uchun natura toʻlovlari va 1949-yil bahorgi ekish uchun toʻliq miqdorida barcha ekinlarni urugʻlik bilan taʼminlashdagi ishtiroki uchun“ Lenin ordeni hamda „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali topshirilgan. Unga 1945-yil 6-iyunda „1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ medali ham berilgan.
Kim Pengir 1963-yilda nafaqaga chiqqan. Kasaba uyushmasi tomonidan nafaqa tayinlangan.
Kim Pengir 1978-yilda vafot etgan. Toshkent viloyati, Oʻrtachirchiq tumani, Kim Pen Xva qishlogʻi qabristoniga dafn etilgan.
Mukofotlari
tahrir- Sotsialistik Mehnat Qahramoni
- Lenin ordeni
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1950-yil 13-iyun)
- "Mehnatdagi jasorat uchun" medali (1951-yil 13-avgust)
- „1941—1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ medali (1945-yil 06-iyun)
Adabiyotlar
tahrir- Шин Д. В., Советские корейцы Герои Социалистического труда, Алматы: Service Press, 2019
- Ким П. Г., Корейцы Республики Узбекистан, Ташкент: Узбекистон. 1993
- Ким Б. И., Корейцы Узбекистана. Кто есть кто, Ташкент, 1999
Manbalar
tahrir- ↑ „Дмитрий Шин в Новой жизни и Солдатском — Корё Сарам“. www.koryo-saram.site. Qaraldi: 20-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Герой Социалистического Труда Ким Пенгир“. www.warheroes.ru. Qaraldi: 20-noyabr 2023-yil.