Kinematografiya fidokori koʻkrak nishoni

"Kinematografiya fidokori koʻkrak nishoni" — Ozbekiston Respublikasining davlat mukofatlaridan biri hisoblanadi. 2022-yilning 31-avgust kuni hukumatning (480-son) qarori[1] bilan taʼsis etildi va nizomi tasdiqlandi.[2]

Kinematografiya fidokori ko`krak nishoni
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Turi Koʻkrak nishon
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2022-yil 31-avgust
Navbat
Toʻngʻich mukofot Mustaqillik ordeni
Kenja mukofot Amir Temur ordeni

Tavsifi

tahrir

Kinematografiya fidokori koʻkrak nishonining diametri 34 millimetr boʻlib sakkiz burchakdan iborat, mis qotishmasidan tayyorlanadi.

Kinematografiya fidokori koʻkrak nishonining old tomonida quyosh tasviri fonida kamera tasvirlangan va kamera ostida balandligi 3 millimetr boʻlgan yarim oy shaklida „Kinematografiya fidokori“ soʻzlari yozib qoʻyilgan.

Koʻkrak nishonining orqa qismida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining oʻng va chap qismi taraflarida ikkita sakkiz qirrali joylashgan. Ularning yuqori qismida „Milliy kinematografiya rivojiga“ va pastki qismida "Qoʻshgan hissasi uchun soʻzlari yarim oy shaklida yozilgan. Harflarning balandligi 2 millimetrni tashkil etadi.

Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr boʻlib undagi tasvirlar va yozuvlar qavariq shakilda yozilgan.

Koʻkrak nishonni ilgakchalar va xalqachalar yordamida qadag‘ichga ulangan. Qadag‘ichning eni — 25 millimetr boʻyi — 40 millimetrni tashkil etadi.

Koʻkrak nishon bilan taqdirlash tartibi

tahrir

Hukumat qarori (480-son) asosida tasdiqlangan nizomga koʻra koʻkrak nishoniga milliy kinomatografiyani rivojlantirish, gʻoyaviy va badiiy jihatdan yaxshi filmlarni yaratish va milliy filmlarni keng targʻib qilishga katta hissa qoʻshgan shaxslarga beriladi. Davlat organlari va nodavlat tashkilotlar tomonidan koʻkrak nishoni uchun nomzodlar boʻyicha takliflar har yilning 1-dekabrigacha Kinematografiya agentligiga beriladi.

Koʻkrak nishon har yilning 28-dekabrida Xalqaro kino kuni munosabati bilan Agentlik bosh direktori tomonidan topshiriladi.

Koʻkrak nishon bilan taqdirlanganlar bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari (1,2 mln so‘m) miqdorida pul mukofati va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.[3] Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.

Manbalar

tahrir