Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari

Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallari — Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari. Ular bilan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari mehnat va jangovar xizmatlari, samarali davlat, ijtimoiy va ijodiy faoliyatlari uchun taqdirlanishlari mumkin. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi uchun xizmat koʻrsatgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham, ayrim hollarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, ijodiy jamoalar va harbiy boʻlinmalar, Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy birliklari ham mukofotlanishi mumkin. „Davlat mukofotlari toʻgʻrisida“ Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi qonuniga koʻra, orden va medallar Oliy Majlis tomonidan taʼsis etiladi, orden va medallar bilan Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti taqdirlaydi.

Orden, medal bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash va orden, medalni topshirish qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Orden, medallar bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi farmonlar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.

Bir shaxs ayni bir orden, medal bilan, qoida tariqasida, bir marta taqdirlanadi. Orden, medallar bilan taqdirlash shaxsning vafotidan keyin ham amalga oshirilishi mumkin. Fuqarolar navbatdagi mukofotga avval mukofot bilan taqdirlangan vaqtidan keyin kamida 3 yil oʻtgach taqdim etiladilar. Favqulodda hollarda avval taqdirlangan vaqtidan qatʼi nazar taqdim etilishlari mumkin. Har bir orden va medal Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan oʻz Nizom va tavsifiga ega. Orden va medallar, orden va medallarga oid tegishli hujjat tantanali vaziyatda topshiriladi. Orden va medal bilan mukofotlangan shaxslar bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar va qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan imtiyozlardan foydalanadilar. Orden, medal bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda, orden, medal, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjat va bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallari, mukofotlari, odatda, umumdavlat bayramlari hamda boshqa bayramlar va tantanali majlislar vaqtida taqib yuriladi. Boshqa hollarda esa nishondorlar yo orden, medallarini, yoxud ularning plankalardagi lentalarini taqib yurishlari mumkin. Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallarini, plankalardagi orden lentalari, medal lentalarini taqib yurish qoidalari hamda orden va medallar lentalarining tavsifi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 6-apreldagi 1095-son farmoniga ilovada bayon qilingan. Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallaridan shaxs ogʻir jinoyat sodir etgani uchun hukm qilinganida — sudning taqdimnomasiga binoan; shaxs oʻz shaʼnini badnom etuvchi xatti-harakatlar sodir etganida — taqdirlash toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish huquqiga ega boʻlgan organning taqdimnomasiga binoan mahrum etiladi.

Davlat mukofotlari

tahrir

„Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni

tahrir
Tasvir Mukofot Joriy etilgan sanasi Taqdirlash asosi
  Oʻzbekiston Qahramoni 1994-yil 5-may Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-maydagi Qonuni bilan taʼsis etilgan[1].

Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari

tahrir
Tasvir Mukofot Joriy etilgan sanasi Taqdirlash asosi
  Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi 1996-yil 6-iyun
  Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi 1996-yil 24-aprel
  Oʻzbekiston iftixori 1998-yil 28-avgust
  Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti 1996-yil 24-aprel
  Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi 2000-yil 26-may
  Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi 1996-yil 24-aprel
  Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi 2000-yil 26-may
  Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi 1998-yil 1-may
  Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri 1996-yil 24-aprel
  Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi 1996-yil 24-aprel
  Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi 2000-yil 26-aprel
  Oʻzbekiston Respublikasida kommunal, maishiy va savdo sohasida xizmat koʻrsatgan xodim 1996-yil 24-aprel
  Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan aloqa xodimi 1996-yil 24-aprel
  Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist 1996-yil 24-aprel
  Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan geolog 1996-yil 24-aprel
  Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi 1996-yil 24-aprel
  Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist 1996-yil 24-aprel
  Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan irrigator 1996-yil 24-aprel
  Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ixtirochi va ratsionalizator 1996-yil 24-aprel
  Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi 1996-yil 24-aprel
  Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi 1996-yil 24-aprel
  Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan meʼmor 1996-yil 24-aprel
  Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan paxtakor 1996-yil 24-aprel
  Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan pillachi 1996-yil 24-aprel
  Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi 1996-yil 24-aprel
  Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi 1996-yil 24-aprel
  Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi 1996-yil 24-aprel
  Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi 1996-yil 24-aprel
  Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan transport xodimi 1996-yil 24-aprel
  Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi 1996-yil 24-aprel
  Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi 1996-yil 24-aprel
  Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan chorvador 1996-yil 24-aprel
  Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist 1996-yil 24-aprel
  Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjalik xodimi 1996-yil 24-aprel
  Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi 1996-yil 24-aprel

Ordenlar

tahrir
Tasvir Mukofot Joriy etilgan sanasi Taqdirlash asosi
  Oliy darajali doʻstlik ordeni 11-mart 2020 [2]
  Mustaqillik ordeni 5-may 1994 Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-may Qonuni bilan taʼsis etilgan.[3].
  Oliy darajali Imom Buxoriy ordeni 19-avgust 2022
  Imom Buxoriy ordeni 19-avgust 2022
  Amir Temur ordeni 26-aprel 1996 Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprel Qonuni bilan taʼsis etilgan.[4].
  Jaloliddin Manguberdi ordeni 30-avgust 2000 Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 30 avg. Qonuni bilan taʼsis etilgan.[5].
  Buyuk xizmatlari uchun ordeni 29-avgust 1996 Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgust Qonuni bilan taʼsis etilgan.[6].
  El-yurt hurmati ordeni 28-avgust 1998 Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgust Qonuni bilan taʼsis etilgan.[7].
  Fidokorona xizmatlari uchun ordeni 29-avgust 2003 Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29 avg. Qonuni bilan taʼsis etilgan.[8].
  Faxriy murabbiy ordeni 10-iyun 2020-yil [9]
  Mehnat shuhrati ordeni 30-avgust 1995 Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 30-avgustdagi Qonuni bilan taʼsis etilgan.[10].
  I va II darajali Sogʻlom avlod uchun ordeni 4 mart 1993 Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-may Qonuni bilan taʼsis etilgan[11][12].
  I va II darajali Shon-sharaf ordeni 4 mart 1993 Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 30-avgust Qonuni bilan taʼsis etilgan[13][14]
  Doʻstlik ordeni 5-may 1994-yil Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-may Qonuni bilan taʼsis etilgan[15][16]
  I va II darajali Salomatlik ordeni 26-may 2020-yil [17]
  Mardlik ordeni 11-sentabr 2012-yil Harbiy xizmatchilar va fuqarolarga, ayrim hollarda chet el fuqarolariga berilishi mumkin[18][19]

Medallar

tahrir
Tasvir Mukofot Joriy etilgan sanasi Taqdirlash asosi
 
Mard oʻgʻlon davlat mukofoti
21-Noyabr 2017
[1]
  Jasorat medali 5-may 1994 Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-may Qonuni bilan taʼsis etilgan.[20].
  Sodiq xizmatlari uchun medali 6-iyul 2007 [21].
  Kelajak bunyodkori medali 28-dekabr 2017 [22].
  Shuhrat medali 5-may 1994 [23][24].
  Sogʻlom turmush medali 26-may 2020-yil [25]

Faxriy unvonlar

tahrir

Maqtov yorligʻi

tahrir

[26].

Esdalik nishonlari

tahrir

Imtiyozli mukofotlar

tahrir

Bir martalik pul mukofotlari

tahrir
  • „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni har oylik maoshiga qo'shimcha yoki ish haqi miqdorida berib boriladi.[27]
  • „Oliy Darajali Doʻstlik“ ordeni — eng kam ish haqining 200 baravari;
  • „Mustaqillik“ ordeni — eng kam ish haqining 75 baravari;
  • „Imom Buxoriy“ ordeni — eng kam ish haqining 70 baravari;
  • „Amir Temur“ ordeni — eng kam ish haqining 70 baravari;
  • „Jaloliddin Manguberdi“ ordeni — eng kam ish haqining 60 baravari;
  • „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni — eng kam ish haqining 60 baravari;
  • „El-yurt hurmati“ ordeni — eng kam ish haqining 50 baravari;
  • Zulfiya nomidagi davlat mukofoti — eng kam ish haqining 50 baravari;
  • „Mard oʻgʻlon“ davlat mukofoti — eng kam ish haqining 50 baravari;
  • „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni — eng kam ish haqining 45 baravari;
  • „Mehnat Shuhrati“ ordeni — eng kam ish haqining 40 baravari;
  • „Faxriy murabbiy“ ordeni — eng kam ish haqining 40 baravari;
  • 1-darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni — eng kam ish haqining 40 baravari;
  • 2-darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni — eng kam ish haqining 25 baravari;
  • 1-darajali „Shon-sharaf“ ordeni — eng kam ish haqining 40 baravari;
  • 2-darajali „Shon-sharaf“ ordeni — eng kam ish haqining 20 baravari;
  • „Doʻstlik“ ordeni — eng kam ish haqining 30 baravari;
  • „Salomatlik“ ordeni — eng kam ish haqining 30 baravari;
  • „Salomatlik“ ordeni — eng kam ish haqining 25 baravari;
  • „Mardlik“ ordeni — eng kam ish haqining 15 baravari;
  • „Sodiq xizmatlari uchun“ medali — eng kam ish haqining 10 baravari;
  • „Kelajak bunyodkori“ medali — eng kam ish haqining 10 baravari;
  • „Jasorat“ medali — eng kam ish haqining 10 baravari;
  • „Sogʻlom turmush“ medali — eng kam ish haqining 10 baravari;[28]
  • „Shuhrat“ medali — eng kam ish haqining 5 baravari;
  • Oʻzbekiston Respublikasining Faxriy yorligʻi — eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida bir martalik mablagʻ toʻlanadi.

Manbalar

tahrir
  1. Закон Республики Узбекистан от 5 may 1994 года № 1038-XII «Об установлении звания «Узбекистон Кахрамони» и учреждении высшего знака отличия — медали «Олтин Юлдуз»
  2. Об учреждении ордена «Олий Даражали Дўстлик».
  3. Закон Республики Узбекистан от 5 may 1994 года № 1040 -XII «Об учреждении ордена «Мустакиллик»
  4. Закон Республики Узбекистан от 26 aprel 1996 года № 225-I «Об учреждении ордена «Амир Темур»
  5. Закон Республики Узбекистан от 30 avgust 2000 года № 110-II «Об учреждении ордена «Жалолиддин Мангуберди»
  6. Закон Республики Узбекистан от 29 avgust 1996 года № 254-I «Об учреждении ордена «Буюк хизматлари учун»
  7. Закон Республики Узбекистан от 28 avgust 1998 года № 664-I «Об учреждении ордена «Эл-юрт ҳурмати»
  8. Закон Республики Узбекистан от 29 avgust 2003 года № 526-II «Об учреждении ордена «Фидокорона хизматлари учун»
  9. https://lex.uz/ru/docs/4850455
  10. Закон Республики Узбекистан от 30 avgust 1995 года № 115-I «Об учреждении ордена «Мехнат шухрати»
  11. Perviy orden nezavisimogo Uzbekistana., 2017-06-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-08-21
  12. Указ Президента Республики Узбекистан от 4 mart 1993 года № УП-575 «Об учреждении ордена Республики Узбекистан «Соғлом авлод учун» («За здоровое поколение»)
  13. Ob uchrejdenii ordena Chest i slava. Zakon RUz.
  14. Закон Республики Узбекистан от 30 avgust 1995 года № 116-I «Об учреждении ордена «Шон-шараф»
  15. Gosudarstvennie nagradi Respubliki Uzbekistan., 2016-11-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-08-21
  16. Закон Республики Узбекистан от 5 may 1994 года № 1042-XII «Об учреждении ордена «Дустлик»
  17. https://www.norma.uz/novoe_v_zakonodatelstve/uchrejdeny_nagrudnyy_znak_orden_i_medal
  18. Ob uchrejdenii ordena Mardlik. Zakon RUz.
  19. Закон Республики Узбекистан от 11 sentyabr 2012 года № ЗРУ-332 «Об учреждении ордена «Мардлик»
  20. Закон Республики Узбекистан от 5 may 1994 года № 1044-XII «Об учреждении медали «Жасорат»
  21. Закон Республики Узбекистан от 6 iyul 2007 года № ЗРУ-98 «Об учреждении медали «Содиқ хизматлари учун»
  22. Закон Республики Узбекистан от 28 dekabr 2017 года № ЗРУ-451 «Об учреждении медали «Келажак бунёдкори»
  23. OʻzME
  24. Закон Республики Узбекистан от 5 may 1994 года № 1046-XII «Об учреждении медали «Шухрат»
  25. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
  26. Закон Республики Узбекистан от 17 dekabr 2009 года № ЗРУ-235 «Об утверждении положения о почетной грамоте Республики Узбекистан и описания почетной грамоты Республики Узбекистан
  27. https://lex.uz/docs/5319732
  28. https://lex.uz/ru/docs/4828862