Kirigami (yaponcha: 切り紙) — qaychi yordamida qogʻozdan turli shakllar va taklifnomalar yasash sanʼatidir. Kirigamining asoschisi yapon arxitektori Masahiro Chatani, kirigamining kashf etilgan sanasi esa 1980-yil hisoblanadi[1]. Ishlab chiqarish uchun qogʻoz varaqlari yoki yupqa karton ishlatiladi, ularni kesish va buklash orqali kirigami yaratiladi.

Kirigamiga misol

Vizual ravishda bu modellar uch koʻlamli taklifnomalarga qiyoslanishadi. Anʼanaviy 3D otkritkalardan farqli oʻlaroq, bu qogʻoz modellari odatda bitta qogʻoz varagʻini kesish va buklash orqali tayyorlanadi. Koʻpincha binolar, geometrik naqshlar va turli xil kundalik narsalarning qogʻoz nusxalari ishlab chiqiladi.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir