Kirna maqbarasi – Ozarbayjonning Julfa tumanidagi Kirna qishlogʻida joylashgan madaniy majmua[1].

Kirna maqbarasi
Kirnə türbəsi

Kirnaning saqlanib qolgan qismi
Joylashuvi Julfa tumani, Ozarbayjon
Turi maqbara

Kirna maqbarasi toʻrtburchak shakldagi gumbazli bino boʻlib, butun majmuaning asosiy qismini tashkil etadi. Yodgorlikning shimoliy qismidagi muqarnas kompozitsiyasi qoldiqlari va unga tutash hududning ichki qismidagi elementlar shundan dalolat beradi. U Naxchivan arxitektura maktabining minorasimon yodgorliklaridan biridir. Bir hujrali gumbazli masjidlar ham shunday meʼmoriy tuzilishga ega. Lekin mehrobdan hech nima saqlanib qolmagan. Maqbaraning umumiy koʻrinishi uning yo maqbara yoki masjid boʻlganligidan dalolat beradi. Maqbara Alinjachay sohilidagi Xonagoh inshootiga oʻxshaydi, chunki u ham kuydirilgan gʻishtdan qurilgan, gumbazli koʻrinishda va toʻrtburchak poydevorga ega. Ikkala maqbaraning tashqi qismlari piramida shaklida, 16 ta tomonga ega qilib bunyod etilgan. Yodgorlikning qurilgan sanasini aniqlash qiyin, chunki undagi atrofini qoplab turuvchi qismi buzilgan. Arxitektura xususiyatlariga koʻra, bino 13-asrga tegishli boʻlishi mumkin[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Mausoleum "Kirna"“.
  2. К.М. Мамед-заде. Строительное Искусство Азербайджана( с древнейших времен до XIX в.). Baku: Элм, 1983. 

Havolalar

tahrir