Kitaakita
Kitaakita (yaponcha: 北秋田市 Kitaakita-shi ) Yaponiyaning Akita prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 30-noyabr holatiga koʻra, shaharda 14021 ta xonadonda 31504 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 27 nafarni tashkil qilgan[1]. Shaharning umumiy maydoni 1,152,76 kvadrat kilometr (445,08 mi²) ga teng.
Kitaakita 北秋田市 | |
---|---|
Shahar | |
40°13′33.7″N 140°22′14.6″E / 40.226028°N 140.370722°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Tōhoku |
Asos solingan | 2005-yil 22-mart |
Maydon | 115,276 km2 (44,508 kv mi) |
Iqlim turi | nam kontinental |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2019-yil noyabr) |
31,504 |
Zichligi | 27 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Geografiyasi
tahrirKitaakita shimoli-sharqidagi Akita prefekturasining togʻlari, sharqda Ou togʻlari bilan oʻralgan. Shaharning bir qismi Tovada-Hachimantay milliy bogʻi chegaralarida joylashgan. Shahar hududining katta qismi oʻrmon bilan qoplangan. Ichki joylashuvi tufayli shahar qishda kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Bu prefektura poytaxti Akita shahridan taxminan 80 kilometr shimoli-sharqda oʻrin egallagan.
Qoʻshni munitsipalitetlar
tahrirIqlimi
tahrirKitaakita nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Dfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiqdan issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish fasli bu hudud iqlimiga xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etiladi. Kitaakitada oʻrtacha yillik harorat 10.5 °C (50.9 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,704.7 mm (67.11 in) boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23.7 °C (74.7 °F) atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan −1.5 °C (29.3 °F) atrofida boʻladi.
Takanosu, Kitaakita (1991−2020) iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Mutlaq maksimal, °C | 10,6 | 17,6 | 20,4 | 30,0 | 32,5 | 34,0 | 37,4 | 38,6 | 37,9 | 28,6 | 23,0 | 16,0 | 38,6 |
Oʻrtacha maksimal, °C | 1,7 | 2,9 | 7,1 | 14,3 | 20,2 | 24,4 | 27,5 | 29,0 | 24,9 | 18,2 | 10,9 | 4,2 | 15,4 |
Oʻrtacha minimal, °C | −4,7 | −4,7 | −2,1 | 2,5 | 8,7 | 14,2 | 18,7 | 19,4 | 14,6 | 7,4 | 1,8 | 2,2 | 6,1 |
Mutlaq minimal, °C | −17,6 | −17,8 | −15,3 | −9,2 | −1,9 | 4,9 | 6,7 | 9,8 | 3,0 | −1,7 | 8,8 | −14,5 | −17,8 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 116,7 | 92,4 | 97,0 | 103,4 | 116,3 | 119,8 | 214,7 | 198,1 | 164,7 | 162,7 | 167,8 | 151,4 | 1 704,7 |
Manba: Yapon Meteorologiya Agentligi[2][3] |
Aniai, Kitaakita (1991−2020) iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Mutlaq maksimal, °C | 11,1 | 16,1 | 19,0 | 28,8 | 32,0 | 33,3 | 36,3 | 37,1 | 34,3 | 27,4 | 24,3 | 18,2 | 37,1 |
Oʻrtacha maksimal, °C | 1,0 | 2,1 | 6,0 | 13,5 | 20,2 | 24,2 | 27,4 | 28,7 | 24,3 | 17,6 | 10,6 | 3,6 | 14,9 |
Oʻrtacha minimal, °C | −5 | −5 | −2,6 | 1,8 | 8,0 | 13,1 | 17,9 | 18,7 | 14,2 | 7,3 | 1,7 | −2,5 | 5,6 |
Mutlaq minimal, °C | −16,4 | −17,2 | −15,8 | −8,5 | −1,3 | 5,2 | 9,5 | 9,8 | 3,2 | −0,7 | −7,8 | −12,6 | −17,2 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 164,3 | 125,0 | 132,0 | 131,8 | 133,9 | 136,6 | 233,8 | 240,0 | 193,9 | 191,2 | 218,0 | 199,3 | 2 099,7 |
Manba: Yapon Meteorologiya Agentligi[4][5] |
Odate–Noshiro Airport, Kitaakita (2003−2020) iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Mutlaq maksimal, °C | 9,3 | 17,1 | 19,2 | 28,6 | 31,3 | 33,0 | 35,6 | 37,3 | 35,6 | 26,7 | 22,7 | 15,4 | 37,3 |
Oʻrtacha maksimal, °C | 0,9 | 2,2 | 6,4 | 13,4 | 19,8 | 24,0 | 26,8 | 28,6 | 24,3 | 17,6 | 10,6 | 3,6 | 14,9 |
Oʻrtacha minimal, °C | −5,3 | −5,5 | −2,6 | 1,5 | 7,9 | 13,1 | 18,0 | 19,1 | 14,1 | 6,5 | 1,3 | −2,9 | 5,4 |
Mutlaq minimal, °C | −15,8 | −15,8 | −12,6 | −5,2 | −1,5 | 4,3 | 9,9 | 11,3 | 4,6 | −2,5 | −7,5 | −11,5 | −15,8 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 81,1 | 72,7 | 92,7 | 109,5 | 100,7 | 112,8 | 211,9 | 211,5 | 165,6 | 160,6 | 169,0 | 130,2 | 1 603,1 |
Manba: Yapon Meteorologiya Agentligi[6][7] |
Demografiyasi
tahrirYaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[8], Kitaakita aholisi soʻnggi 60 yil ichida tez suratlar bilan kamayib bormoqda.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1950 | 64,607 | — |
1960 | 66,15 | +2.4% |
1970 | 55,601 | −15.9% |
1980 | 51,21 | −7.9% |
1990 | 46,66 | −8.9% |
2000 | 42,05 | −9.9% |
2010 | 36,397 | −13.4% |
2020 | 30,198 | −17.0% |
Tarixi
tahrirHozirgi Kitaakita hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi boʻlgan. Edo davrida, hudud Kubota domenidan viloyatning shimoliy uchdan bir qismini boshqargan Satake sulolasi nazorati ostiga berilgan. Meiji davri boshlangandan soʻng, hudud 1878-yilda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan Akita prefekturasi Kitaakita tumani tarkibiga kiritildi.
Kitaakita shahri 2005-yil 22-martda Aikava, Ani, Moriyoshi va Takanosu (barchasi Kitaakita tumanidan) shaharlarining birlashishi natijasida tashkil etilgan.
Hukumat
tahrirAisay toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 20 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Shahar Akita prefekturasi assambleyasiga ikki aʼzoni qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining 2-akita tumani tarkibiga kiradi.
Iqtisodiyoti
tahrirKitaakita iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi va mavsumiy turizmga asoslangan.
Taʼlim tizimi
tahrirKitaakita shahar hukumati tomonidan boshqariladigan oʻnta davlat boshlangʻich maktabi va beshta davlat oʻrta maktabi shuningdek, Akita prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabiga faoliyat yuritadi. Prefekturada nogironlar uchun bitta maxsus taʼlim maktabi ham bunyod etilgan. Shu bilan birgalikda, shaharda Akita universiteti — Kitaakita filiali kampusi ham mavjud
Transporti
tahrirAeroport
tahrirTemir yoʻl
tahrir- Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Ou magistral liniyasi
- Maeyama — Takanosu — Nukazava
- Akita Nairiku Jukan temir yo'li — Akita Nairiku liniyasi
- Takanosu — Nishi-Takanosu — Ogata — Ōnodai — Aikava — Kamisugi — Yonaizava — Katsurase — Ani-Maeda — Maeda-Minami — Kobuchi — Aniai — Arase — Kayakusa — Okashinai — Ivanome — Hitachinai — Okuani — Ani-Matagi
Magistral yoʻl
tahrir- Akita tezkor yoʻli
- Milliy yoʻnalish 7
- Milliy yoʻnalish 105
- Milliy yoʻnalish 285
- Milliy yoʻnalish155
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
tahrirKitaakita shahrida Yasu sharsharasi enng mashhur joylardan biri boʻlib, Yaponiyaning eng yaxshi 100 sharsharalaridan biri hisoblanadi. Yana bir ahamiyatga ega hudud — Isedotay manzilgohi esa Jomon davri arxeologik yodgorligi va milliy tarixiy yodgorlikni oʻzi mujassamlashtirgan manzilgohdir[9]
Gallereya
tahrir-
Tsuzureko an'anaviy baraban festivali har 15-iyulda oʻtkaziladi
-
Tsuzureko anʼanaviy baraban muzeyi
-
Tsuzureko jinja
-
Kitaakita yongʻin oʻchirish markazi
-
Himagate
-
Kitaakita shahar offisi
Qardosh shahar bilan munosabatlari
tahrir- Fengcheng, Liaoning, Xitoy, 1997-yil 11-sentyabrdan buyon doʻstona munosabatda
Kitaakita shahridan taniqli odamlar
tahrir- Takekaze Akira, sumo kurashchisi
- Tamezo Narita, musiqachi
- Daito Takahashi, olimpiya oʻyinlarining changʻi sakrashchisi
- Norihito Kobayashi, olimpiya oʻyinlarining changʻi sakrashchisi
- Yusuke Minato, changʻida sakrash olimpiadasi
- Fuyuko Suzuki, Olimpiya biatlonchisi
Manbalar
tahrir- ↑ Kitaakita City official statistics (yaponcha)
- ↑ „ja:観測史上1~10位の値(年間を通じての値)“. JMA. Qaraldi: 6-aprel 2022-yil.
- ↑ „ja:気象庁 / 平年値(年・月ごとの値)“. JMA. Qaraldi: 6-aprel 2022-yil.
- ↑ „ja:観測史上1~10位の値(年間を通じての値)“. JMA. Qaraldi: 6-aprel 2022-yil.
- ↑ „ja:気象庁 / 平年値(年・月ごとの値)“. JMA. Qaraldi: 6-aprel 2022-yil.
- ↑ „ja:観測史上1~10位の値(年間を通じての値)“. JMA. Qaraldi: 6-aprel 2022-yil.
- ↑ „ja:気象庁 / 平年値(年・月ごとの値)“. JMA. Qaraldi: 6-aprel 2022-yil.
- ↑ Kitaakita population statistics
- ↑ „Isedotai Site“. Jomon Archaeological Sites in Hokkaido and Northern Tohoku. Jomon Japan (2015). Qaraldi: 23-dekabr 2015-yil.
Havolalar
tahrirVikiomborda Kitaakita haqida turkum mavjud |
- Rasmiy veb -sayt (yaponcha)