Koʻchkunchixon, Koʻchim (1452—1530) - oʻzbeklarning Shayboniylar sulolasidan boʻlgan xon.
Abulxayrxon va Robiya Sulton begim (Ulugʻbek mirzoning qizi)ning farzandi. Shayboniyxon tomonidan Turkiston viloyati hokimi etib tayinlangan (1503—09). Movarounvaxr xoni (1510— 30). Shayboniylarning Movarounnahrni bosib olish uchun qilgan yurishlarida faol ishtirok etgan. K. davrida shayboniylar safaviylar bilan urushib, ikki marta (1513/14; 1529) Hirotni egallaganlar. K. davrida Bobur saltanati poytaxti Agra shahriga elchilar yuborilgan. Elchilar Bobur tomonidan tuhfalar bilan koʻtib olingan. Uning davrida koʻp asarlarni oʻzbek tiliga tarjima qilish bobida katta ishlar qilingan, bu oʻtmish tarixiga qiziqish borligidan dalolat beradi. Fors tilidan oʻzbek tiliga Rashiduddinning „Jome at-tavorix“, Sharafuddin Ali Yazdiynit „Zafarnoma“ asarlari tarjima qilingan. Kutubxonalar kengaygan, koʻpaygan. Buxoroda Abdulazizxon kutubxonasi ochilgan. Masjid, Madrasa, xonaqoxlar taʼmirlangan. K. nomi tarixda xongina emas, adabiyot, fan va madaniyat homiysi sifatida ham qolgan.
- Vosifiy Zayniddin, Badoyeʼ ulvaqoyeʼ [Nodir voqealar], T., 1979;
- Istoriya Oʻzbekistova [XVI — pervaya poloviva XIX veka], t.Z, T., 1993;
- Shayboniylar qabrtoshlaridagi bitiklar (oʻzbek, nemis, rus tillarida), Visbaden, 1997[1].
- ↑ Roziya Moʻminova. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil