Koʻmik — odam va koʻpgina umurtqali hayvonlarning suyak boʻshligʻini toʻldirib turadigan toʻqima. Qizil (qizgʻish) va sariq tusli (yogʻsimon) Ko'mik farq qilinadi. Qizil Ko'mik miyeloid toʻqimadan hosil boʻlib, asosan, tarkibida qon yaratuvchi (poyasimon hujayralar) va yetiltiruvchi hujayralarni tutgan retikulyar tuqimadan (biriktiruvchi toʻqimaning bir xili) iborat. Odam va sut emizuvchi hayvonlarda asosiy qon yaratiladigan aʼzo. Eritrotsitlar, do-vador leykotsitlar, trombotsitlar va limfotsitlar Ko'mik da hosil boʻladi. Koʻpgina sut emizuvchilar, xususan, odamda ham bola hayotining 1-yilida hamma suyaklar Ko'mik bilan toʻla boʻladi, yosh kattalashgan sari yogʻ hujayralari koʻpayishi natijasida K. ning qizil rangi keta boshlaydi va yirik suyaklar boʻshligʻidagi Ko'mik yogʻ toʻqimasi bilan almashinib, ilikka aylanadi. Qizil K. faqat gʻovak suyak moddalarida (qovurgʻalarda, toʻsh, kalla suyagining asosi, chanoq, umurtqalar va boshqalarda), shuningdek, baʼzi umurtqalilarning (kemiruvchilar, qushlarda) barcha suyak boʻshliqlarida bir umr saqlanib qoladi. Sariq K. (ilik), asosan, yogʻ toʻqimasidan iborat boʻlib, naysimon suyaklarning diafiz qismini toʻldirib turadi. Organizm koʻp qon yoʻqotganda ilik K.ga aylanib, qon hujayralari ishlab chiqara boshlaydi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil