Koʻkchatov togʻlari
Koʻkchatov togʻlari (Koʻkchatov qirlari) — Qozogʻiston past togʻlarining shimolidagi togʻlar. Koʻkchatov shahridan 50 km janubi-sharqda. Oʻz. 20 km. eng baland joyi — Koʻkcha togʻi, 947 m. Asosan, granitlardan tashkil topgan. Tevarak atrofidan keskin koʻtarilgan — nurashning koʻpgina jilvador shakllari mavjud. Yon bagʻirlarida qaragʻay oʻsadi. Bir necha kul bor. Shulardan Borovoye kulining sohilida Borovoye (hozirgi Shchuchinskiy) kurorti faoliyat kursatadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |