Koʻpayish
Koʻpayish (biologiyada) — barcha mavjudotlarning oʻziga oʻxshash organizmlar hosil qilish orqali oʻz hayoti uzluksizligi va uzviyligini taʼminlash xususiyati. Koʻpayish jinssiz va jinsiy boʻladi. Jinssiz Koʻpayish 2-marta yoki koʻp marta boʻlinish, yaʼni shizogoniya (bir hujayralilarda); spora hosil qilish (tuban va sporali oʻsimliklarda); vegetativ koʻpayish (organlar bir qismining aj-ralib chiqib, yangi organizm hosil qilishi) va kurtaklanish (koʻp hujayralilarda) orqali sodir boʻlishi mumkin. Boʻlinish va spora hosil qilib Koʻpayishda organizm jinsiy jihatdan ixtisoslashmagan bitta xujayradan rivojlanadi. Vegetativ Koʻpayishda esa yangi organizm ova organizmning bir qismidan hosil boʻladi.
Jinsiy Koʻpayish 2 xil jinsiy hujayraning koʻpayishi, yaʼni urugʻlanish yoki partenogenez (tuxum hujayraning urugʻlanmasdan rivojlanishi) orqali roʻy beradi. Koʻpchilik hayvonlarning hayot siklida Koʻpayishning turli shakllari, mas, jinssiz va jinsiy, urugʻlanish va partenogenez, urugʻlanish va vegetativ koʻpayish qonuniy almashinib turadi. Oʻsimliklarning Koʻpayishi ham jinssiz (spora hosil qilish) va jinsiy (Gametalarning qoʻshilishi-urugʻlanish) naslning gʻallanib turishi orqali boradi. Koʻpayish muddati va tezligi harorat, kun uzunligi, oziq miqdori va tashqi muhitning b. omillari bilan bogʻliq. Yuksak hayvonlarda Koʻpayish organlari faoliyati nerv sistemasi va ichki sekretsiya bezlari tomonidan boshqarib turiladi.[1]
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |