Kobbie Mainoo
Kobbie Boateng Mainoo (talaffuzi: Kobbi Boateng Meynu) – angliyalik professional futbolchi. Angliya Premyer-ligasining Manchester United futbol klubi va Angliya milliy futbol terma jamoasi aʼzosi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Kobbie Boateng Mainoo | ||
Tavallud sanasi | 19-aprel 2005-yil | ||
Tavallud joyi | Stockport, Angliya | ||
Boʻyi | 1.82 m | ||
Ampluasi | yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Manchester United | ||
Raqami | 37 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Cheadley & Gatley | |||
–2022 | Manchester United | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2022– | Manchester United | 25 | (3) |
Milliy terma jamoa | |||
2021–2022 | Angliya U-17 | 5 | (1) |
2022–2023 | Angliya U-18 | 2 | (0) |
2023– | Angliya U-19 | 6 | (0) |
2024– | Angliya | 9 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Mainoo Manchester United akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2023-yilda „Yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi“ uchun beriladigan Jimmy Murphy mukofotiga loyiq koʻrilgan. Mainoo asosiy tarkibdagi oʻzining debyut oʻyinini 2023-yil yanvar oyida Angliya liga kubogi doirasida amalga oshirgan.
Yoshligi
tahrirKobbie Mainoo[1] 2005-yil 19-aprel kuni[2] Stockport, katta Manchesterda[3] ganaliklar oilasida dunyoga kelgan[4]. Uning katta akasi Jordan Mainoo-Hames Love Island serialining 5-qismida ishtirok etgan[5]. Kobbie Stockport chekkasidagi Cheadle Hulme hududida katta boʻlgan[6] va futbol oʻynashni Cheadle & Gatley Junior futbol klubida boshlagan[7]. 6 yoshida u Manchester United skautlari eʼtiboriga tushgan[8] va 9 yoshida akademiyaga qabul qilingan[9][7].
Klubdagi faoliyati
tahrirManchester United
tahrirMainoo 2022-yil may oyida Manchester United bilan ilk prefessional shartnomasini imzolagan[10]. Oʻyinlardagi koʻrsatgan natijasi unga oktyabr oyida asosiy jamoa mashgʻulotlarida ishtirok etish imkoniyatini yaratgan[11].
Mainoo ilk marotaba Premyer liga doirasidagi Newcastle United F.C.ga qarshi oʻyin uchun jamoa zaxirasiga kiritilgan[12]. U Manchester United safidagi ilk oʻyinini 2023-yil 10-yanvar kuni Angliya liga kubogi doirasida Charlton Athletic F.C. klubiga qarshi amalga oshirgan[13]. Premyer ligadagi debyut oʻyinini 19-fevral kuni Leicester City F.C. klubiga qarshi boʻlgan oʻyinda oʻtkazgan[14].
2023–2024: Erishgan yutuqlari
tahrirMainoo asosiy jamoa bilan AQShda boʻlib oʻtgan mavsumoldi mashgʻulotlariga jalb qilingan[15]. Biroq u mavsumoldi mashgʻulotlari davomida jarohat olgan va mavsum boshlanishini oʻtkazib yuborishga majbur boʻlgan[16]. Jarohati tuzalgandan soʻng, mavsumdagi ilk uchrashuvini 2023-yil 26-noyabr Everton jamoasiga qarshi amalga oshirgan va oʻyin yakuniga koʻra uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan[17]. 29-noyabr kuni Kobbie Galatasaray klubiga qarshi oʻyinda UEFA Chempionlar ligasidagi oʻzining debyut oʻyinini amalga oshirgan[18].
2024-yil 28-yanvar kuni, Angliya kubogi doirasidagi 4-2 hisobida United foydasiga hal boʻlgan Newport Countyga qarshi oʻyinda Kobbie klub safidagi oʻzining ilk golini urgan[19]. 1-fevral kuni esa Wolverhampton Wanderers klubiga qarshi kechgan 4-3 hisobidagi dramatik oʻyinda Premyer ligadagi ilk golini va uchrashuvning hal qiluvchi golini kiritgan[20]. Ushbu gol keyinchalik fevral oyining eng yaxshi goli deb eʼtirof etilgan[21]. 7-aprel kuni boʻlib oʻtgan Liverpoolga qarshi uchrashuvda Kobbie Old Trafforddagi oʻzining ilk golini kiritgan[22].
Angliya kubogi finalida Manchester City bilan boʻlgan oʻyinda Kobbie Mainoo Manchester Unitedga gʻalaba olib kelgan golni kiritgan[23]. U final oʻyinida gol urgan Steve MacKenziedan soʻnggi ilk oʻspirin va John Sissonsdan soʻnggi eng yosh futbolchiga aylangan[24]. Oʻzining oʻyini bilan Kobbie koʻpchilikning maqtoviga sazovor boʻlgan va Premyer ligada mavsumning eng yaxshi yosh oʻyinchisi sovrini uchun nomzodlar qatoridan joy olgan[25].
Xalqaro faoliyati
tahrirKobbie turli yillarda Angliya U-17, Angliya U-18, Angliya U-19 va Angliya milliy futbol terma jamoasi sharfini himoya qilgan.
2024-yil mart oyida Kobbie Angliya terma jamoasining Braziliya va Belgiya terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun jamoaga jalb qilingan[26]. Terma jamoa safidagi debyut oʻyinida, 23-mart kuni Conor Gallagher oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan[27]. Asosiy tarkibdagi ilk oʻyinini Belgiya terma jamoasi bilan boʻlgan oʻyinda amalga oshirgan va uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchi deb topilgan[28].
6-iyun sanasida Kobbie Angliya terma jamoasining UEFA Yevro 2024 uchun 26 kishilik tarkibiga kiritilgan[29]. Musobaqadagi oʻzining debyut oʻyinini Angliya terma jamoasi uchun ilk uchrashuvda, Serbiya bilan kechgan 1-0 hisobidagi gʻalabali oʻyinda Jude Bellinghamning oʻrniga zaxiradan maydonga tushib boshlagan[30]. 25-iyun sanasida, guruh bosqichining yakuniy uchrashuvida Kobbie Sloveniya jamoasiga qarshi oʻyinda 2-taymdan boshlab Conor Gallagher oʻrniga oʻyinga qoʻshilgan[31]. Slovakiyaga qarshi pley-off bosqichining 1/16 final oʻyinida Angliya terma jamoasi safida pley-off bosqichida asosiy tarkibda maydonga tushgan uchinchi eng yosh futbolchiga aylangan va jamoasining 2-1 hisobidagi gʻalabasiga oʻz hissasini qoʻshgan[32]. 10-iyul sanasida boʻlib oʻtgan va 2-1 hisobida Angliya gʻalaba qozongan Niderlandiyaga qarshi yarim final oʻyinida Kobbie Angliya termasi safida yarim final bahsida ishtirok etgan eng yosh futbolchiga aylangan[33]. 4 kundan soʻng u Ispaniyaga qarshi final oʻyinida ham asosiy tarkibda maydonga tushgan. Ushbu bahsda Angliya terma jamoasi Ispaniyaga 2-1 hisobida magʻlubiyatga uchragan[34].
Oʻyin uslubi
tahrirKobbie maydonda asosan markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi, shunga qaramay u tayanch yarim himoyachisi yoki hujumkor yarim himoyachi sifatida ham oʻynay oladi[35]. Aqlli va hushyor, toʻpni oldinga uzatishda va raqiblarni aldashda oʻzining dribbling qobiliyatlaridan foydalanadi[36][37][38]. Manchester Unitedning sobiq oʻyinchisi Rio Ferdinand Mainooning oʻyin uslubini Clarence Seedorf uslubi bilan taqqoslagan[39]. Jamoa bosh murabbiyi Erik ten Hag uning yuqori darajadagi oʻyinlarga tez moslashuvchanligi va doimo katta ishtiyoq bilan mashgʻulotlarda qatnashishini taʼkidlab oʻtgan[40][41].
Statistikasi
tahrirKlub tarkibida
tahrir- 2024-yil 25-may holatiga koʻra:
Klub | Mavsum | Liga | Angliya kubogi | Angliya liga kubogi | Boshqa | Umumiy | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Uchrashuvlar | Gollar | Uchrashuvlar | Gollar | Uchrashuvlar | Gollar | Uchrashuvlar | Gollar | Uchrashuvlar | Gollar | ||
Manchester United U–21 | 2022–2023[42] | — | — | — | — | 3 | 0 | 3 | 0 | |||
2023–2024[43] | — | — | — | — | 1 | 0 | 1 | 0 | ||||
Umumiy | — | — | — | 4 | 0 | 4 | 0 | |||||
Manchester United | 2022–2023[42] | Angliya Premyer-ligasi | 1 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 |
2023–2024[43] | Angliya Premyer-ligasi | 24 | 3 | 6 | 2 | 0 | 0 | 2 | 0 | 32 | 5 | |
Umumiy | 25 | 3 | 7 | 2 | 1 | 0 | 2 | 0 | 35 | 5 | ||
Faoliyati umumiy | 25 | 3 | 7 | 2 | 1 | 0 | 6 | 0 | 39 | 5 |
Terma jamoa tarkibida
tahrir- 2024-yil 14-iyul holatiga koʻra[44]:
Terma jamoa | Yil | Uchrashuvlar | Gollar |
---|---|---|---|
Angliya | 2024 | 9 | 0 |
Umumiy | 9 | 0 |
Yutuqlari
tahrirManchester United U–18
- FA Youth Cup: 2021–2022[45]
Manchester United
- FA Cup: 2023–2024[23]
Individual
Manbalar
tahrir- ↑ „2022/23 Premier League squads confirmed“. Premier League (2022-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 26-dekabr.
- ↑ „Kobbie Mainoo: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2024-yil 23-mart.
- ↑ „K. Mainoo: Summary“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 2024-yil 23-mart.
- ↑ Blanche, Phil. „Stockport star shining for Man Utd – England's latest call-up Kobbie Mainoo“ (2024-yil 19-mart). Qaraldi: 2024-yil 23-mart.
- ↑ Kenmare, Jack „Fans are only just discovering who Kobbie Mainoo's older brother is“. SPORTBible (2023-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 19-dekabr.
- ↑ Whitwell, Laurie. „The making of Kobbie Mainoo: 'United and City were chasing him when he was six'“. The Athletic (2024-yil 1-mart). Qaraldi: 2024-yil 23-mart.
- ↑ 7,0 7,1 Fay, Richard. „Manchester United might be about to unleash their own future midfield star vs Cadiz“ (2022-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
- ↑ Bartram, Steve „Must read: The rise and rise of Kobbie Mainoo“. Manchester United F.C. (2024-yil 27-mart). Qaraldi: 2024-yil 12-iyul.
- ↑ Whitwell, Laurie. „The making of Kobbie Mainoo, United's 'special' teenage talent“. The Athletic (2024-yil 1-mart). Qaraldi: 2024-yil 12-iyul.
- ↑ Fay, Richard. „Manchester United starlet Kobbie Mainoo signs first professional deal“ (2022-yil 17-may). Qaraldi: 2022-yil 16-oktyabr.
- ↑ „Kobbie Mainoo | Player profile | Man Utd“. Manchester United F. C.. Qaraldi: 2024-yil 14-iyul.
- ↑ Railston, Steven. „Who is Kobbie Mainoo? Meet the Manchester United youngster named on the bench vs Newcastle“ (2022-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 16-oktyabr.
- ↑ Stone, Simon. „Manchester United 3–0 Charlton Athletic“. BBC Sport (2023-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
- ↑ Kerr, Joshua. „Manchester United 3 Leicester City 0“. Manchester United F.C. (2023-yil 19-fevral). Qaraldi: 2023-yil 20-fevral.
- ↑ Luckhurst, Samuel. „Manchester United confirm pre-season tour squad“ (2023-yil 19-iyul). Qaraldi: 2023-yil 19-iyul.
- ↑ Mamaniyat, Abdullah „Erik Ten Hag provides Kobbie Mainoo injury timescale“. Red Devil Armada (2023-yil 18-avgust). Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Kobbie Mainoo: Man Utd youngster's full Premier League debut against Everton praised by Gary Neville and Roy Keane“. Sky Sports (2023-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 27-noyabr.
- ↑ Glendenning, Barry. „Galatasaray 3–3 Manchester United: Champions League – as it happened“ (2023-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 29-noyabr.
- ↑ McNulty, Phil „FA Cup: Newport County 2–4 Manchester United avoid upset at Rodney Parade“. BBC Sport (2024-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 28-yanvar.
- ↑ Smith, Emma. „Wolverhampton Wanderers 3–4 Manchester United: Kobbie Mainoo scores 97th-minute winner in thriller“. BBC Sport (2024-yil 1-fevral). Qaraldi: 2024-yil 1-fevral.
- ↑ 21,0 21,1 „Mainoo's late stunner wins Budweiser Goal of the Month award“. Premier League (2024-yil 8-mart). Qaraldi: 2024-yil 8-mart.
- ↑ McNulty, Phil „Manchester United 2–2 Liverpool: Mohamed Salah scores late penalty to snatch point for Reds“. BBC Sport (2024-yil 8-aprel). Qaraldi: 2024-yil 8-aprel.
- ↑ 23,0 23,1 Yew, Oliver. „Man City 1–2 Man Utd: Erik ten Hag's side end season on high with stunning FA Cup final win at Wembley“. Sky Sports (2024-yil 26-may). Qaraldi: 2024-yil 26-may.
- ↑ Opta Analyst.. „Manchester City 1–2 Manchester United Stats: Teenage Dreams for United As They Win FA Cup Final“. theanalyst.com (2024-yil 25-may). Qaraldi: 2024-yil 26-may.
- ↑ Carney, Sam „Mainoo nominated for Young Player of the Season“. Manchester United F.C. (2024-yil 9-may). Qaraldi: 2024-yil 7-iyun.
- ↑ „Kobbie Mainoo: Man Utd midfielder handed first England call-up after being drafted in from Under-21s“. Sky Sports (2024-yil 19-mart). Qaraldi: 2024-yil 19-mart.
- ↑ McNulty, Phil. „England 0–1 Brazil: Teenager Endrick scores late winner at Wembley“. BBC Sport (2024-yil 23-mart). Qaraldi: 2024-yil 23-mart.
- ↑ McNulty, Phil „England 2–2 Belgium: Late Jude Bellingham goal saves hosts from second successive Wembley defeat“. BBC Sport (2024-yil 26-mart). Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
- ↑ „Eze & Wharton named in England squad for Euro 2024“. BBC Sport (2024-yil 6-iyun). Qaraldi: 2024-yil 6-iyun.
- ↑ „Serbia 0–1 England LIVE: UEFA Euro 2024 – score, updates & reaction“. BBC Sport. Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
- ↑ „England vs Slovenia | Line-ups | UEFA EURO 2024“. UEFA.com. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
- ↑ Bostock, Adam „Kobbie Mainoo makes first tournament start as England beat Slovakia in Euro 2024 last-16 tie“. Manchester United F.C. (2024-yil 30-iyun). Qaraldi: 2024-yil 1-iyul.
- ↑ Segar, David. „Netherlands 1–2 England Stats: Super Sub Watkins Fires Three Lions Into Euro 2024 Final“. theanalyst.com (2024-yil 11-iyul). Qaraldi: 2024-yil 14-iyul.
- ↑ McNulty, Phil. „Spain 2–1 England: Heartbreak for England in Euro 2024 Final“. BBC Sport (2024-yil 14-iyul). 2024-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-iyul.
- ↑ Unwin, Will. „Local hero: Kobbie Mainoo bringing cheer at troubled Manchester United“ (2023-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 2-fevral.
- ↑ Clarke, Adrian „How Mainoo has brought control to Man Utd's midfield“. Premier League (2024-yil 22-fevral). Qaraldi: 2024-yil 29-may.
- ↑ Bate, Adam „Kobbie Mainoo's Manchester United magic explained: How does the teenager find time and space that others cannot?“. Sky Sports (2024-yil 19-mart). Qaraldi: 2024-yil 29-may.
- ↑ Manship, Jack „England 2024: Overlooked players - data analysis“. totalfootballanalysis.com (2024-yil 19-mart). Qaraldi: 2024-yil 29-may.
- ↑ Smith, Emma; Stone, Simon. „Wolves 3–4 Man Utd: Kobbie Mainoo continues rise to stardom with 'dream' winning goal“. BBC Sport (2024-yil 2-fevral). Qaraldi: 2024-yil 2-fevral.
- ↑ Peach, Simon „Erik ten Hag expects Kobbie Mainoo to handle the hype after star England debut“. The Independent (2024-yil 29-mart). Qaraldi: 2024-yil 30-mart.
- ↑ Hemingway, Rob „Erik ten Hag exclusive: Manchester United boss opens up on Kobbie Mainoo and Alejandro Garnacho 'incredible progress'“. Eurosport (2024-yil 2-fevral). Qaraldi: 2024-yil 2-fevral.
- ↑ 42,0 42,1 „Games played by Kobbie Mainoo in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2024-yil 23-mart.
- ↑ 43,0 43,1 „Games played by Kobbie Mainoo in 2023/2024“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2024-yil 25-may.
- ↑ „Kobbie Mainoo: Internationals“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 2024-yil 17-iyul.
- ↑ „Man Utd 3–1 Nottingham Forest: Homeside clinch FA Youth Cup in front of record crowd at Old Trafford“. Sky Sports (2022-yil 11-may). Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
- ↑ Ganley, Joe „Kobbie Mainoo named Jimmy Murphy Young Player of the Year 2022 23“. Manchester United F.C. (2023-yil 25-may). Qaraldi: 2023-yil 25-may.