Kobe
Kobe (yapon tilida: 神戸市, Kōbe-shi) — Yaponiyadagi shahar, Hyogo prefekturasi poytaxti bo'lib 1.5 million aholiga ega Yaponiyaning mashhur port shahrlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Ushbu shahar Kansai regioni, Osaka shahrining g'arbida joylashgan. Kobe Yaponiyaning 17ta belgilangan shaharlaridan biri bo'lib Osaka-Kobe-Kyoto metropoliteni davomidir. Xonsyu orolning janubi-gʻarbiy qismida. Osaka qoʻltigʻi sohilida. Xiogo prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,5 mln.kishi (1990-yillar oxiri). Muhim temir yoʻl tuguni. Yaponiya gʻarbidagi yirik sanoat markazi. Metallurgiya, transport mashinasozligi, jumladan, kemasozlik (mamlakatda qurilayotgan kemalar hajmining 1/3 qismi K. hissasiga toʻgʻri keladi), oziq-ovqat va harbiy sanoat korxonalari bor. Elektr energiya, toʻqimachilik va kimyo sanoati mahsulotlari ishlab chiqariladi. K. porti Yaponiyadagi eng yirik portlardan biri (yillik yuk ortib-tushirish 150 mln. t.). Metropoliten qurilgan. K.da chet el banklarining yirik filiallari, savdo va sanoat firmalari joylashgan. Universitet, oliy tijorat instituti, tex. kolleji, rasadxona, badiiy muzey mavjud. K. — xalqaro turizm markazlaridan biri. Shahar atrofida kurortlar va milliy bogʻlar bor.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |