Kodeks (lotincha codex) — 1) ijtimoiy munosabatlarning muayyan bir turdagi sohasini tartibga soluvchi sistemalashtirilgan yagona qonun hujjati (Fuqarolik Kodeksi, Jinoyat Kodeksi va hokazo). Davlatlarning koʻpchiligida mehnat, oila, jinoyat protsessi, fuqarolik protsessi boʻyicha kodekslar eng koʻp amalda boʻlgan qonunlar majmui hisoblanadi; 2) qadimgi kitob shakllaridan; Qadimgi Rimda paydo boʻlgan. Dastlab pergament yoki papirus, keyinroq qogʻozni daftar tarzida buklab, tikib tayyorlangan. VI asrdan kitobning asosiy shakliga aylangan. Kitobda mavjud boʻlgan muqova, sahifa va ularni bezash tartibi (sahifali miniatyura, unvon va boshqalar) hozirgi kitoblarda ham saqlangan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil