Kofirun surasi (arabcha: سورة الكافرون, nomining maʼnosi — Kofirlar[8][9]) — Qurʼonning 109-surasi. Makkiy suralardan biri, 6 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 603[10]-sahifasida va 30-juzida joylashgan. 18-boʻlib nozil boʻlgan.

Nasr    109–sura   Kavsar
Kofirun surasi — سورة الكافرون
Qurʼon nusxalaridan biridagi Kofirun surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 6, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 109, qora rangda - Kofirun surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 18, 3. Rukuʼsi soni - 1; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:109, 3. Nozil boʻlish tartibi:18, 4. Rukuʼsi:1, 5. Oyati:6, 6. Porasi (Juzi):30 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Kofirlar[1][2]
Tasnifi Makkiy sura[3]
Statistika
Sahifasi 603[4]
Juz 30
Sura raqami 109
Oyatlar soni 6
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 1[5]
Muqattaot harflari yoʻq[6]
Soʻzlar soni 27
Harflar soni 95
Nozil boʻlish tartibi 18[7]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Nasr surasi  Keyingisi 109 Oldingisi  Kavsar surasi
Nozil boʻlish tartibi
Fil surasi   Keyingisi 18 Oldingisi  Moun surasi
                                   
سورة الكافرون

Asosiy maʼnosi

tahrir

Bu surada Islom dini kuchayib, tarqalib ketayotganini koʻrib, xavotirga tushib qolgan kofirlar paygʻambar alayhis-salomni ham, sahobalarni ham bu Toʻgʻri yoʻldan chalgʻitish gʻarazida u kishining oldilariga kelib: „Ey Muhammad, kel, bizlar sening xudoyingni tan olib, unga ham ibodat qilaylik, sen ham oʻz xudoyingga qoʻshib, bizlarning butlarimizga ham sigʻingin“, deyishganida nozil boʻlgandir. Bu suradan koʻzda tutilgan maqsad — Paygʻambar alayhis-salomni ham, u zotning to Qiyomatgacha keladigan barcha ummatlarini ham kofirlarning bunday nayranglariga uchmaslikka va yolgʻiz Alloh taologagina ibodat qilishga daʼvat etishdir.

Tarjimasi

tahrir

Alouddin Mansur tarjimasi

tahrir

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. (Ey Muhammad), ayting: „Ey kofirlar!
  2. Men sizlar ibodat qilayotgan narsalarga ibodat qilmasman.
  3. Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qilguvchi emasdirsizlar.
  4. Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qilguvchi emasman.
  5. Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qilguvchi emasdirsizlar.
  6. Sizlarning diningiz oʻzlaringiz uchun, mening dinim oʻzim uchundir!“

Abdulaziz Mansur tarjimasi

tahrir

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. (Ey, Muhammad,) ayting: "Ey, kofirlar!
  2. Men sizlar ibodat qilayotgan narsaga ibodat qilmasman.
  3. Sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qiluvchi emassizlar.
  4. Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qiluvchi emasman.
  5. Sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qiluvchi emassizlar.
  6. Sizlarning diningiz sizlar uchun, mening dinim men uchundir.[11]

Manbalar

tahrir
  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  6. Qurʼondan koʻrilgan.
  7. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  8. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  9. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  10. 604 sahifali Qurʼonda.
  11. Kofirun surasi, 2016-03-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-06-13
Keyingisi: Nasr surasi   109-sura — arabcha matni Oldingisi: Kavsar surasi