Komil Jalilov

Oʻqituvchi, taʼlim boʻyicha mutaxassis

Komil Jalilov (1979-yil 18-dekabr, Samarqand, OʻzSSR) — oʻqituvchi, taʼlim boʻyicha mutaxassis[1].

Komil Jalilov
Tavalludi 18-dekabr 1979-yil (1979-12-18) (44 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi 1996-2000 — Samarqand davlat chet tillar instituti (bakalavr)
2000-2002 — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (magistratura)
Kasbi Oʻqituvchi

Hayoti

tahrir

Komil Jalilov 1979-yil 18-dekabrda Samarqand shahrida tavallud topgan[2].

Taʼlimi

tahrir

Dastlab, 1996–2000-yillarda Samarqand davlat chet tillari instituti bakavr darajasi boʻyichada tahsil olgan. Soʻng 2000–2002-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini va 2017–2018-yillarda London universiteti kolleji Taʼlim institutida (inglizcha: „UCL Institute of Education“, toʻliq: inglizcha: „University College London UCL Inistitute of Education, UK“) Chevening dasturi bo‘yicha “O‘quv dasturlarini ishlab chiqish, pedagogika va pedagogik baholash” mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasini olgan[3]. Bundan tashqari 2007–2008-yillarda AQShning Columbia universitetida „Pedagogik psixologiya va tillarni o‘qitish metodikasi“ yoʻnalishida va 2011–2013-yillarda Toshkent xalqaro Vestminster universitetida „Taʼlim berish va o‘qitish nazariyasi va amaliyoti“ yoʻnalishi boʻyicha malaka oshirgan[2][4].

Faoliyati

tahrir

Komil Jalilov 2001–2005-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi akademik litseyda oʻqituvchi sifatida, 2009–2012-yillarda Toshkent xalqaro Vestminster universiteti huzuridagi akademik litseyda direktor oʻrinbosari lavozimida, 2012–2014-yillarda M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filialida oʻqituvchi sifatida, 2013–2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test Markazi Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasida baholovchi va test topshiriqlarini ishlab chiquvchi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida, 2016–2019-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida oʻqituvchi sifatida[2], 2021–2022-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligida metodika bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 2021-yildan Toshkent shahridagi Webster universitetida faoliyat yuritmoqda[5].

Ilmiy faoliyati

tahrir

Komil Jalilov faoliyati davomida bir qancha kitob va qoʻllanmalar yozgan[6].

  • 2011-yil — „Ingliz tilidan mavzulashtitrilgan testlar to‘plami“ (“Abituriyent-2011” loyihasi turkumidan);
  • 2014-yil — „English: Key to Success“ (2 tomli);
  • 2016–2018-yillar — „Exam Skills for Teachers and Learners of English“;
  • 2018-yil — „Practice Tests for Exam Skills for Teachers and Learners of English“;
  • 2020-yil — „Baholar nazariyasi asoslari“[7].

Maktab darsliklari mojarosi

tahrir

Komil Jalilov 2022-yilda yangi maktab darsliklari yozishda muallif boʻlgan. Lekin ijtimoiy tarmoqlarda darsliklar yuzasidan eʼtirozlar kelib tushgan. Darslik mualliflari Shavkat Mirziyoyevga murojaat bilan chiqishgan[8][9][10].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir