Kondratiy Bilyutin
Kondratiy Vasilyevich Bilyutin (ruscha: Кондратий Васильевич Билютин; 1899-yil 21-sentyabr — 1975-yil 11-iyun) — sovet ofitseri, Rossiyada fuqarolar urushi, Sovet-Polsha urushi va Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (19.06.1943).
Kondratiy Bilyutin | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Asl ismi | ruscha: Кондратий Васильевич Билютин | |||||
Tavalludi |
21-sentyabr 1899-yil Milovidovo, Belskiy tumani, Tver viloyati | |||||
Vafoti |
11-iyun 1975-yil (75 yoshda) Moskva | |||||
Fuqaroligi | SSSR | |||||
Qoʻshin turlari | piyoda askarlar | |||||
Xizmatdagi yillari | 1917-1947-yillar | |||||
Unvoni | ||||||
Jang/urush |
Rossiyada fuqarolar urushi Sovet-Polsha urushi Ikkinchi jahon urushi | |||||
Mukofotlari |
|
Hayoti
tahrir1899-yil 21-sentyabrda Milovidovo qishlogʻida (Belskiy tumani, Tver viloyati), koʻp farzandi (11 nafar) kambagʻal dehqon oilasida tugʻilgan. Toʻliqsiz oʻrta maktabni tugatgan.1923-yil aprelda Turkiston frontiga yuborildi[1].
1917-yil dekabrda Belskiy tumani partiya qoʻmitasi qoshidagi Qizil gvardiya maxsus otryadiga qoʻshildi va banditizmga qarshi kurashda qatnashdi. 1919-yil fevralda RKP(b) (keyinchalik Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) safiga kirdi. 1919-yil may oyida u Qizil Armiya safiga qoʻshildi va Smolenskda tuzilgan 1-kommunistik batalyonga qoʻshildi. Rossiyada fuqarolar urushi qatnashchisi. U batalon bilan Sharqiy frontga yuborildi va Aleksandr Kolchak qoʻshinlariga qarshi janglarda qatnashdi.
1926-yilda 6-Turkiston oʻqchilar polkidagi sovet partiya maktabini tugatdi. 1928-yil sentyabrdan Shimoliy-Kavkaz harbiy okrugida xizmat qildi. 1931-yil yanvardan harbiy komissarlar tizimida xizmat qildi. 1941-yil apreldan — Andijon viloyat (OʻzSSR) harbiy komissarligining 3-qism boshligʻi.
Ikkinchi jahon urushi boshida Oʻrta Osiyo harbiy okrugida harbiy bilim yurtlarining oʻqituvchilari va kursantlari tarkibidan 35-alohida kadetli oʻqchilar brigadasini shakllantirish boshlandi, 1941-yil oktyabr oyida mayor Bilyutin u yerda batalyon qoʻmondoni etib tayinlandi. 1942-yil fevraldan boshlab, u Oʻrta Osiyo harbiy okrugida (Semipalatinsk) tashkil etilgan 1366-oʻqchilar polkiga (407-o‘qchilar diviziyasi) boshchilik qildi. 1942-yil may oyidan Bilyutin Moskva harbiy okrugida tashkil etilgan 78-gvardiya oʻqchilar polkiga (25-qizil bayroq gvardiya o‘qchilar diviziyasi) boshchilik qildi. 1943-yil 19-fevral kuni 25-gvardiya o‘qchilar diviziyasi (3-tank armiyasi) ixtiyoriga topshirildi, fevral oxirida u Taranovka — Zmievning mudofaa chizigʻini egalladi. Bu polki nemislarning hujumlarini 5 kun davomida qaytarib turib, 30 ga yaqin dushman tankini yoʻq qildi. Aynan oʻsha vaqtda Pyotr Shironin jangchilari misli koʻrilmagan jasorat koʻrsatishdi, ular 16 ta tank va zirhli mashinalar hamda 100 ga yaqin dushman askarlarini yoʻq qilgan holda, Taranovkani ushlab qoldilar. Shironinning 16 jangchisidan 6 nafari tirik qoldi, ularning barchasi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boʻlishdi[2].
Polkning boshqa boʻlinmalari ham mardonavor jang qildilar. Polk qoʻmondoni barcha boʻysinuvchilariga jasorat namunasi koʻrsatdi. Ushbu janglarning shiddati va ogʻir kechganligini 1943-yil fevral oyidagi Bilyutinning rasman bedarak yoʻqolgan deb tan olinganligi ham dalolat beradi. Ushbu janglardagi harakatlari uchun Kondratiy Bilyutin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga nomzod qilib berildi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 19-iyundagi farmoni bilan „Polkni mohirlik bilan boshqarganligi hamda koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun“ gvardiya polkovnigi Kondratiy Bilyutin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan[3].
1943-yil dekabrda Bilyutin oʻqishga yuborildi. 1944-yil may oyida u Klim Voroshilov nomidagi Oliy harbiy akademiyaning tezlashtirilgan kursini tugatdi va Chernovtsi viloyati harbiy komissari etib tayinlandi. Uning keyingi xizmati toʻliq ushbu lavozimda oʻtdi. 1947-yil avgust oyida u polkovnik unvoni bilan zaxiraga oʻtkazildi.
Kondratiy Bilyutin Moskvada yashagan, 1975-yil 11-iyunda vafot etgan. Vvedenskiy qabristoniga dafn etilgan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ Geroi Sovetskogo Soyuza: Kratkiy biograficheskiy slovar / Pred. red. kollegii I. N. Shkadov. — M.: Voenizdat, 1987. — T. 1 /Abaev — Lyubichev/. — 911 s. — 100 000 ekz. — ISBN ots., Reg. № v RKP 87-95382.
- ↑ war-heroes.uz. „BILYUTIN KONDRATIY VASILYEVICH“.
- ↑ warheroes.ru. „Билютин Кондратий Васильевич“.
- ↑ Введенские горы (ru) Артамонов М. Д.: . М.: Московский рабочий, 1993 — 122-bet.