Kongo Demokratik Respublikasida davlat toʻntarishiga urinish (2024)
2024-yil 19-mayda Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) davlat toʻntarishiga urinish boʻlib oʻtgan[3]. Prezident Félix Tshisekedi va uning Iqtisodiyot vaziri Vital Kamerheni nishonga olgan kuchli qurollangan bosqinchilar Palais de la Nation va Kamerhe qarorgohiga hujum qilishgan. Bu bilan bir vaqtda Kongo Respublikasi (RCh) poytaxti Brazzavilda portlagan jangovar snaryadlar ham bir nechta halokatlarga sabab boʻlgan.
2024-yilgi Kongo Demokratik Respublikasi davlat toʻntarishiga urinish | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Félix Tshisekedi Vital Kamerhe |
Christian Malanga †[1] | ||||||
Harbiy birliklar | |||||||
Kongo Demokratik Respublikasi
|
Yangi Zair (surgundagi hukumat)
| ||||||
Kuchlar | |||||||
Nomaʼlum | 50+ | ||||||
Yoʻqotishlar | |||||||
2 ta politsiya hodimlari oʻldirildi | 4 ta oʻlim 50 ta asir[2] | ||||||
bir qancha aholi jarohatlandi |
Toʻntarishga harakatlar xavfsizlik kuchlari tomonidan tezda toʻxtatilgan. Toʻntarishning asosiy boshqaruvchisi, asli kongolik Amerika fuqorosi Christian Malanga 2010-yilda AQShda roʻyxatdan oʻtgan Birlashgan Kongo partiyasiga asos solgan va 2017-yilda Belgiyada oʻzini Yangi Zair hukumatining prezidenti deb eʼlon qilgan. U urunishlar paytida oʻldirilgan.
Kelib chiqishi
tahrirDavlat toʻntarishiga urinish prezident Félix Tshisekedining hukmron partiyasini qamrab olgan siyosiy inqiroz davrida yuz beradi. Inqiroz avvaliga 2024-yil 18-mayga belgilangan, ammo keyinroq kechiktirilgan. Bunga parlament rahbariyati uchun oʻtkazilgan saylovlar sabab boʻlgan[3]. Nishonga olingan siyosatchilardan biri Tshisekedining ittifoqchisi, Milliy Assambleya prezidentligi uchun daʼvogarlik qilayotgan[1] iqtisodiyot vaziri Vital Kamerhe edi[4].
Voqealar
tahrirPoytaxt Kinshasada 19-may taxminan soat 04:30 da[5][6] hujumchilar kirishga muvaffaq boʻlgan Palais du Peuple yaqinida[7][8] avtomatlar tutgan, kamuflyaj kiygan erkaklar va xavfsizlik kuchlari[1] oʻrtasidagi toʻqnashuvlar boʻlayotganligi haqida xabar berilgan[9]. Boshqa tarafdan yigirma kishi[10] Vital Kamerxening Gombe kommunasida joylashgan[11] Tshatshi Boulevard[5] qarorgohiga hujum qiladi va qoʻriqchilarning qarshiligiga duch kelishadi[3][5][12]. Shuningdek, prezident qarorgohi kirish qismi boʻlmish Palais de la Nation yaqinida ham[11] otishma ovozlari eshitiladi[13].
Kamida 50 kishi, jumladan 3 nafar AQSh fuqarosi davlat toʻntarishiga urinishda ayblanib hibsga olingan[14]. Ulardan baʼzilari oʻzi bilan Kanada pasportini ham olib yurgani xabar qilingan[15].
Hujumchilar Mobutu diktaturasi davrida maʼlum boʻlgan Zaire bayroqlarini koʻrsatishgan. Hujumchilarning baʼzilari kiyimida AQSh bayrogʻi tushirilgan yamoqlar borligi aytilmoqda[16]. Ular rejim oʻzgarishini koʻrishni istashlarini maʼlum qilishgan[15]. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan suratlarda, AK47 bilan qurollangan harbiy uchoqdagi, ingliz tilida „yoʻqolsin Tshisekedi“ (inglizcha: Tshisekedi out) deb hayqiyotgan erkaklar aks etgan[9]. Christian Malanga oʻzining Facebook sahifasida Palais de la Nation kiraverishida Zair bayrogʻini tutib olgan, kamuflyaj kiygan erkaklar tasvirlangan videoni joylagan[16].
Keyinchalik Kongo armiyasi zirhli mashinalar bilan Kinshasaga kirib borgan[4][15]. Palais du Peuple va poytaxtning boshqa qismlarida yoʻl toʻsiqlari oʻrnatilgan[9].
Qurbonlar
tahrirKamerhe qarorgohini qoʻriqlayotgan ikki politsiyachi[5] va toʻrt nafar jangchi, jumladan, ularning rahbari Christian Malanga toʻntarishga urinish vaqtida oʻldirilgan[17]. Kongo Demokratik Respublikasi poytaxti Kinshasadan otilgan snaryad Kongo daryosi boʻylab uchib oʻtib, Kongo Respublikasining poytaxti Brazzavilga tushishi natijasida bir necha kishi jarohatlangan[11].
Tekshiruvlar
tahrirDastlabki maʼlumotlarga koʻra, bosqinchilarning Christian Malanga bilan bogʻliqligi aniqlanmaguncha Kongo harbiylari aʼzolari boʻlgan degan taxminda boʻlishgan[18]. Malanga 1990-yillarning oxirida Kongo Demokratik Respublikasidan Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtgan va armiya ofitseri sifatida xizmat qilish uchun Kongo Demokratik Respublikasiga qaytishdan oldin Yuta shtatida avtomobil sotuvchisi boʻlib ishlagan[19]. Malanga 2012-yilda oʻtgan yili KDRdagi davlat toʻntarishiga urinishdan keyin surgun qilingan edi[19]. Surgunda u oʻzini „Yangi Zair“ prezidenti deb eʼlon qiladi va Kongo Birlashgan partiyasiga asos solib, uni „surgundagi muxolifat siyosiy partiyasi“ deb ataydi[19]. Kongo armiyasi vakili dastlab Malanga fuqarolikka qabul qilingan AQSh fuqarosi ekanligini aytib oʻtgan[19]. Ammo AQSh Davlat departamenti Malanga AQSh fuqaroligini olganiga hech qanday dalil yoʻqligini taʼkidlagan[20].
Munosabatlar
tahrirAfrika Ittifoqi komissiyasi rahbari Moussa Faki davlat toʻntarishiga urinishni keskin qoralab, Kongo xavfsizlik kuchlari tomonidan bostirilganligini ajoyib ish sifatida eʼtirof etishgan[21].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Congolese army says it has foiled a coup. Self-exiled opposition leader threatens president“ (en). Associated Press (2024-yil 19-may). 2024-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-may.
- ↑ „3 Americans among 50 detained after failed coup in DR Congo“. New York Post (2024-yil 19-may). 2024-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-may.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Malkia, Christina; Asadu, Chinedu „Congolese army says shootout in the capital is failed coup, perpetrators arrested“ (en). AP News (2024-yil 19-may). 2024-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-may.
- ↑ 4,0 4,1 „RDC: situation confuse à Kinshasa autour de la résidence de Vital Kamerhe“ (fr). RFI (2024-yil 19-may). Qaraldi: 2024-yil 19-may.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 „Gunfire rings out in Congo's capital as men in military uniform clash with politician's guards“ (en). The Indian Express (2024-yil 19-may). 2024-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-may.
- ↑ Schlindwein, Simone. „Kalaschnikow im Livestream“. Die Tageszeitung (2024-yil 20-may). Qaraldi: 2024-yil 20-may.
- ↑ Kappès-Grangé, Anne. „En RDC, une tentative de coup d'État « étouffée dans l'œuf »“. Jeune Afrique (2024-yil 19-may). 2024-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-may.
- ↑ „Coup in DR Congo: Congolese army confirm shootout in di capital na failed coup“. BBC News Pidgin (2024-yil 19-may). 2024-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-may.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 Makumeno, Emery; Msochi, Mbelechi „Attaque à Kinshasa : ce que l'armée congolaise a dit sur "une tentative de coup d'Etat"“ (fr). BBC News Afrique (2024-yil 19-may). 2024-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-may.
- ↑ „DR Congo army says it has thwarted attempted coup“ (en). France 24 (2024-yil 19-may). 2024-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-may.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 „DR Congo army says it has thwarted attempted coup in Kinshasa“ (en). France 24 (2024-yil 19-may). 2024-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-may.
- ↑ „RDC : l'armée affirme avoir déjoué un coup d'État“ (fr). Actualite.cd (2024-yil 19-may). 2024-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-may.
- ↑ „Kinshasa resumes normalcy following presidential palace attack“ (en). Africanews (2024-yil 21-may). 2024-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 21-may.
- ↑ „DRC: Coup attempt leader killed by Congolese army“ (en). Africanews (2024-yil 20-may). 2024-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-may.
- ↑ 15,0 15,1 15,2 Jacques, SIKA Jean „RDC : la Garde républicaine a interpellé un groupe d'assaillants qui ont attaqué la résidence de Vital Kamerhe et ont fait une incursion au Palais de la nation“ (fr-fr). Les Echos du Congo Brazzaville (2024-yil 19-may). 2024-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-may.
- ↑ 16,0 16,1 Schipani, Andres „Congolese forces claim to have thwarted coup 'involving foreign nationals'“. Financial Times (2024-yil 19-may). 2024-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-may.
- ↑ „Six killed in a 'foiled coup' in Congo, the army says“ (en). Associated Press (2024-yil 20-may). 2024-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-may.
- ↑ US-Amerikaner und Briten laut Armee an Putschversuch beteiligt (Wayback Machine saytida 21 May 2024 sanasida arxivlangan), Die Zeit, 20 May 2024
- ↑ 19,0 19,1 19,2 19,3 Tad Walch, Former Utah car salesman killed, son arrested after failed Congo coup, Desert News (May 23, 2024).
- ↑ Department Press Briefing – May 28, 2024, U. S. Department of State.
- ↑ „African Union 'Strongly Condemns' DRCongo Coup Bid“ (en-US). Barron's. 2024-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-may.